Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika. Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi


Download 110.5 Kb.
bet7/21
Sana16.11.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1778529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
umumiy

Turizm sig‘imi tushunchasi

Turizm sig’imi deganda mamlakatning chet ellik va milliy turistlarni qabul qila olish qobiyati tushuniladi. Qancha miqdorda turistlarni qabul qilish va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun mamlakatda yetarli imkoniyat bo‘lishi kerak. Bu, eng avvalo, milliy turizmning moddiy-texnika bazasi bilan bog‘liq. Rivojlangan mehmonxona, transport va aloqa tizimini, umuman turizm infratuzilmasini yaratish, shunga muvofiq keladigan malakali kadrlar korpusiga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgani, katta turistik salohiyatga ega mamlakat bo‘lganligi uchun ham chet ellik turoperatorlarning diqqatini o‘ziga tortib keladi. Ichki turizm ham tez rivojlanmokda. Mamlakatimiz Markaziy Osiyoning turistik markazi sifatida tan olingan.
Ammo kelgan ketgan chet ellik sayohatchilarning aniq soni to’g‘risida bojxona xizmati milliy turizm ma’muriyati va ma’lumotlari bir-biriga muvofiq kelmaydi. Chunki birinchisi respublikaga kelganlar sonini qayd etsa, milliy turistik tashkilot "O‘zbekturizm" xizmat ko‘rsatilgan turistlarni etiborga oladi. Individual keluvchilar va ularga xususiy xizmat ko‘rsatish ko‘p hollarda nazardan chetda qoladi.
Qabul qilingan tashqi va ichki turistlar to‘g‘risida yagona va aniq ma’lumotlarning yetishmasligi sayohatchilar oqimini boshqarish va bu sohaga oid puxta chora-tadbirlarni ishlab chiqarishni qiyinlashtiradi.
Agar 2019 yilda O’zbekistondan 12932,6 ming kishi chet elga chiqqan bo‘lsa, chet ellardan kelganlarning soni 8279,0 ming kishini tashkil etdi. Ular o‘rtasidagi nisbat muvofiq ravishda 0,64 ga teng.
Albatta, pandemiya bu boradagi raqamlarga ham, ular o‘rtasidagi nisbatga ham jiddiy o‘zgarishlar kiritdi. Shubhasiz, pandemiya tufayli vujudga kelgan iqtisodiy inqirozdan turizm soxasi tezda chiqib oladi, dinamik o‘sayotgan tarmoqlardan biriga aylanadi, sayohat industriyasini rivojlantirish bo’yicha qabul qilinayotgan dasturiy chora-tadbirlari ana shuni hisobga olishi lozim.



Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling