Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika. Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi


Download 110.5 Kb.
bet1/21
Sana16.11.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1778529
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
umumiy


1-Mavzu: Turizmning rivojlanish mezon va ko’rsatkichlari
Reja:

  1. Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi?

  2. Turistik statistika.

  3. Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi.

  4. Turistik faoliyatning asosiy birliklari.

Turizm jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan muhim faoliyat turlaridan biridir. U avval milliy va jahon iqtisodiy xayotida muhim o’rin tutadi. Butunjahon turizm tashkiloti (BTT)ning ma’lumotlariga ko‘ra turizm jahon milliy mahsulotining 10 foizini, xalqaro investitsiyalarning 11 foizini beradi. Jahon ishlab chiqarishidagi har o‘ninchi o‘rin xuddi shu sohaga tugri keladi. Pandemiyagacha jahon turizmining o‘rtacha yilik o‘sishi 6 foiz atrofida edi. Bu jahon yalpi ichki mahsuloti o‘sishidan ancha yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.


Hozirgi zamon turizmi qator yillar mobaynida xalqaro xizmatlarning yirik, yuqori daromadli va dinamik rivojlanayotgan segmentlaridan biri bo‘lib keldi. Undan keladigan daromad neft va neft mahsulotlari hamda avtomobil eksportidan keyingi barqaror uchinchi o‘rinni mustahkam egalladi. Buning ustiga turizm uglevodorodlardan farqli o‘laroq qayta tiklanadigan, tabiatga jiddiy shikast yetkazmaydigan faoliyat turlaridan biri.
Turizmning o’sish tendensiyalari yaqin kelajakda o’z pozitsiyasini saqlab qoladi, degan taxminlar mavjud. Ammo pandemiya boshqa sohalar qatori turizm industriyasi rivojiga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu ofatdan eng katta zarar ko‘rgan soha ham, shubhasiz, turizm bo‘ldi. Chunki, milliy chegaralar yopildi, odamlar o‘z uylariga qamalib qoldi, moddiy va ma’naviy manfaatdorlik pasayib ketdi. jamg‘armalarning salmog‘i kamaydi. Ammo COVID-19 tufayli yuzaga kelgan tushkunlikdan birinchi bulib turizm chiqib ketadi degan taxminlar ham yo‘q emas. Chunki, kishilar tabiatan sayohat qilishga, hordiq chiqarishga, ilmiy madaniy saviyasini orttirib borishga doimo moyil.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bir chet ellik turistdan keladigan daromad jahon bozoriga 9 tonna toshko‘mir yoki 15 tonna neft, 2 tonna yuqori sifatli bug‘doy chiqarishga teng. Chet ellik turistning mamlakatda bo‘lishi soatiga 17,5 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Ammo xomashyoni sotish mamlakat yer va energiya resurslarini qashshoqlashtiradi, ekologik vaziyatni keskinlashtiradi. Turizmning iqtisodiy ahamiyati shundan iboratki, birinchidan, u chet valyutasining mamlakatga oqimini ta’minlash orqali to‘lov balansi va yalpi eksportga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ikkinchidan, ish bilan bandlikni oshirishga yordam beradi, uchinchidan, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Turizmning iqtisodiyot lokomotivi sifatidagi ahamiyati ham katta. Gap shundaki, 30 dan ortiq iqtisodiy tarmoqlar, masalan, transport, savdo, bank, sug‘urta va boshqalar turizm bilan to‘g‘ridan to’g’ri yoki bilvosita bog‘liq..
Rivojlangan turizm milliy sektorini barpo qilish oson yumushlardan emas, albatta. Buning uchun turizm industriyasi va infratuzulmasini yaratish, shunga muvofiq zamonaviy kadrlar korpusini shakllantirish lozim. Shuningdek, bu sohani rivojlantirishda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning ham ahamiyati beqiyos. Iqtisodiy parokandalik siyosiy boshboshdoqlik hukm surayotgan hududlarga tashrifdan sayoxatchilarning o‘zini tiyishi tabiiy. Bunga ko‘plab misollarni keltirish mumkin.
Rivojlangan turizm segmentiga erishish uchun unga iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri sifatida qaralmogi, soha bilan davlat darajasida shug‘ullanish zarur. Kompleks bashoratlash, uzoq muddatli rivojlantirish, turizmni hududiy tashkil qilishga e’tiborni kuchaytirish, nodavlat turistik strukturalarni rivojlantirish. sohada institutsional o’zgarishlarni amalga oshirib borishning ahamiyati katta.
Turizmning iqtisodiy ahamiyati katta, shuning uchun ham uni qoldiq prinsipi asosida moliyalashtirish maqsadga muvofiq emas. Turizm eng avvalo iqtisodiyot, kishilarning sayohatga, hordiq chiqarishi va dam olishiga, dunyoni o‘rganishi, bilimini oshirishi, sog’ligini mustahkamlashi va madaniy rivojlanishiga xizmat qiladigan o‘ziga xos tarmoqdir.
Har qanday iqtisodiy tizim kabi uning mahsuloti bozor kondalariga asoslanadi. Talab va taklif turistik industriya faoliyati asosini tashkil qiladigan omillardandir.
Turizmning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini belgilovchi mezon va ko‘rsatkichlarni aniqlash murakkab muammolardan biridir. BTT tasnifiga ko‘ra "O‘zbekturizm"ning mamlakat yalpi ichki mahsulotini shakllantirishdagi ulushi 1 foiz atrofida. Boshqa statistik manbalarda bu ko‘rsatkich 2 foizga teng. Ammo bu raqamlarni mutloq deb hisoblash qiyin, chunki, “O’zbekturizm" tarkibiga kiradigan sub’ektlar mamlakat turizm industriyasining faoliyatini to‘la qamrab olmaydi. Turizm iqtisodiyotning bir necha o‘nlab tarmoqlari rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Turizm industriyasi iqtisodiyotning boshqa sohalariga qaraganda yanada kuchli multiplikator samarasini berishga qodir sohadir.
Turizmning oddiy savdodan farqi shundan iboratki, savdoda tovar iste’molchiga yetkazib berilsa, turizmda aksincha, turist tovarga yetkazib bariladi. Turizmda "shartli sof daromad" (SHSD) degan tushuncha mavjud. Bu ko‘rsatkich turmahsulot eksporti va importi o‘rtasidagi farq orqali aniqlanadi. Agar chet ellik sayyohlar mamlakatimizga kelsa, demak, ular mahalliy turmahsulotlarni iste’mol qiladi (eksport), agar o‘zbekistonliklar boshqa mamlakatlarga chiqsa, ular chet el maxsulotlarini iste’mol qiladi (import).
Mamlakatimizga kelib ketadigan turistlar sonini aniq hisoblash ham ancha qiyin muammolardan. Chunki, bojxona, chegara, ichki ishlar, diplomatik vakolatxonalar, transport kompaniyalari va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar diyorimizga keluvchi va chiquvchilar soni to‘g‘risida turli xil raqam keltiradilar. Aslida yagona migratsion yondashuv bo‘lib, yagona umumlashgan reestr yuritilishi kerak. Qolib ketuvchi sayyohlar sonini aniq bilmasdan turib ularning xarajatlari miqdori, bundan korxona va aholi qancha mablag’ topishini hamda davlat daromadlarini aniq xisoblab chiqish mumkin. Turistik faoliyatdan byudjetga tushumlarni aniq hisob-kitob qilish yanada mushkul ish. Chunki, savdo, ovqatlanish, dam olish, avtotransport tashkilotlari milliy iste’molchilar va chet ellik turistlarni farqlamaydi. Ularga farqi yo’q kimga xizmat ko‘rsatishning. Ayniqsa, turistlarga xizmat ko‘rsatadigan hunarmandlar, musiqachilar, taksi xaydovchilar, sartaroshlar va boshqalarning hissasini aniqlash juda qiyin.

Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling