Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika. Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi


Turizmning yangi ixtisoslashgan shakllari


Download 110.5 Kb.
bet14/21
Sana16.11.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1778529
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
umumiy

Turizmning yangi ixtisoslashgan shakllari

Keyingi yillarda turizmning yangi ixtisoslashgan shakllari tez suratlarda rivojlanmoqda. Ulardan biri sarguzasht turizmidir. Buning sababi BTT ekspertlarining fikriga ko‘ra, turizm bozorining diversifikatsiyalashuvi sayohat qilishga yangi rag’batlar (motivatsiya)ning paydo bo‘lishidir. Turizmning ixtisoslashgan turi deganda, tashrifchilarning odatda kichik guruhlarda, u yoki bu mintaqaning o‘ziga xos harakterli jihatlari bilan tanishishi, ularni o‘rganishi maqsadlaridagi sayohati tushuniladi. Bu yo’nalish turistlarning havaskorlik va professional qiziqishlari bilan ham bog‘liq. Turizmning ixtisoslashgan turi sayohatchilarning keng doiradagi qiziqishlariga kiradi. Bu madaniyat sohasida raqs, ashula, musiqa, teatr. tasviriy san’at, Hunarmandchilik, me’morchilik, arxeologiya, tarix va tarixiy marshrutlar, an’anaviy turmush tarzi, iqtisodiy faoliyatning orginal turlari bo‘lishi mumkin.


Tabiiy yo‘nalishdagi qiziqishlar mintaqaning flora va faunasi, geologiyasi, landshaft ko‘rkamligi, milliy bog‘lari suv ekotizimi bilan bog‘liq.
Professional qiziqish turdosh ixtisoslik bo‘yicha tajriba va g‘oyalar almashish maqsadida amalga oshiriladigan tashriflar bilan bog‘liq. O‘qish (ta’lim) bo‘yicha turlarni ham ixtisoslashgan turizm shakliga kiritish mumkin.
Sarguzasht turizmi shunday turistik mashg‘ulot turlarini o‘z ichiga oladiki, bunda sayohatchi o‘z oldiga jiddiy, ba’zan esa jismoniy jihatdan murakkab, shaxsiy jihatdan xavfli bo‘lgan vazifalarni qo‘yadi. Bunga safari, uzoq hududlardagi trekking (murakkab yo’lni piyoda bosib o‘tish), alpinizm, tog‘ daryolarida rafting, saxro va muz joylarni kesib o‘tish, ov va baliq tutish ham turizmning ixtisoslashgan va sarguzasht turiga kiritish mumkin.
Misol uchun Dubay shahzodasi qator yillardan beri O‘zbekistonga kelib Navoiy viloyatida lochin bilan tuvaloq qushini ov qilishni xush ko‘radi. Ov ishqibozlarini hisobga olib Navoiy viloyatida tuvaloq qushlarini yetishtiradigan markaz ham tashkil etilgan. Navoiy shahridan 50 km uzoklikdagi cho‘l hududida 300 ga yer maydonini egallagan "Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi" (AYTAM) tashkil etilgan. Markaz Dubay amiri tashabbusi bilan 2008 yilda barpo bo‘lgan. AYTAMning asosiy maqsadi O‘zbekistonda Osiyo yo‘rg‘a tuvalog‘ining barqaror populyatsiyasini qo‘llab-quvvatlash, ularni ko‘paytirish, asrash hamda har yili kuzda qushlarni yovvoyi tabiiy muhitga qo‘yib yuborishdan iborat. Hozirgacha 10 mingdan ortiq tuvaloq yovvoyi tabiatga uchirilgan. Karnavallar, masalan, Yevropa, Janubiy va Markaziy Amerikada bo‘sh vaqt va hordiq chiqarishning an’anaviy turi hisoblanadi. Osiyoda ziyorat turizmi kuchli rivojlangan. Afrika, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Janubiy Amerika va Yaqin Sharqda etnik turizm yaqqol ko‘zga tashlanadi. Sifatli yo‘llarning mavjudligi Yevropada avtoturizmni rivojlantirish imkonini beradi. Osiyo va Afrika yo‘nalishida esa sahroda mashina poygasi sport sarguzasht turizmining bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Qishloq turizmida an’anaviy, ko‘pincha uzoq qishloq va ovullarda yoki ularning yon-atrofida joylashadigan turistlar va guruhini tashkil qilish tushuniladi. Bunda sayohatchilar mahalliy aholi hayoti bilan tanishadi, infratuzulmadan foydalanadi, mahalliy mahsulotlar bilan oziqlanadi. Qishloq yoki ovul aholisining o‘zi turistlar uchun kerakli ob’ektlarni taklif qiladi va bu faoliyatdan bevosita daromad oladi. Shuni ta’kidlash joizki, qishloq turizmining rivojlanishi investitsiya talab qilmaydi, ammo ushbu katta turmahsulotni iste’molchilarga takdim etishda puxta o‘ylangan biznes reja zarur bo‘ladi. Albatta, mahalliy aholining o‘zi ham bunday turistik ob’ektlarni boshqarish hamda boshqa madaniyat vakillari bilan muloqotga, mavjud muammolarni yechishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Ekspertlar bergan xulosalarga ko‘ra, hali O‘zbekistonda xalqaro turizmning bu shakli ommaviy emas. Tashrifchilardan ayrimlarigina qishloq xo‘jalik turizmi bilan qiziqadi va qishloq joylarda yashashga rozi bo‘ladi. Demak, bu turmahsulot chet elda kam tanilgan. G‘arbda esa agroturizm yetakchi turizm shakllaridan biri sifatida qabul qilingan. Yildan yilga shahardan tashqarida dam olish, o‘ziga xos qishloq madaniyati bilan tanishishni xohlaydiganlar ortib bormoqda. Fermer (dehqon)chilik turizmi qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun agroturizm ham deyiladi, ammo qishloq turizmidan farq qiladi. Bu alohida, turizmning o‘ziga xos turi bo‘lib, unda tashrifchilar fermerlarning oilasi (uy, ferma, rancho, plantatsiya, bungalo, chayla (shalash))ga yoki mehmonlar uchun tayyorlangan alohida xonaga joylashish mumkin. Turistlar tashrif davomida nafaqat fermerlik faoliyati bilan tanishadi, balki bu faoliyatda bevosita ishtirok (xosilni yig‘ib olishda yoki baliq ovlashda) etadi. Bundan tashqari, ayrim fermerlar o‘z xududida kemping tashkil qilishi, baliq ovlash yoki ov qilishga ruxsat berishi mumkin. Bu vaqt davomida turistlarga fermer xo‘jaligi baza bo‘lib xizmat qiladi, ular bundan foydalanib tuman xududi bo‘ylab safar qiladi, qishloqlarning turmushi bilan yaqindan tanishadi. O‘zbekistonda dehqonchilik turizmining rivojlanishiga yaxshi imkoniyat va sharoitlar bor. Mamlakat aholisining yarmi qishloqlarda istiqomat qiladi. Bir necha yuz minglab fermer, dehqon xo’jaliklari faoliyat yuritadi. Ular orasida baquvvat, moliyaviy barqaror xo‘jaliklar ko‘p. Fermer turizmini rivojlantirishi uchun mamlakatimizda mustahkam asos mavjud. Faqat turoperatorlarning fermerlar bilan turizm bo‘yicha jiddiy shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi. Fermer (dehqon) turizmining foydali tomoni shundaki, bunga alohida moliyalashtirish, kreditlash talab etilmaydi. Chunki turistlar ma’lum vaqt davomida fermerlar yashaydigan uyda yashashga tayyor, ular bu xaqda oldindan ogohlantiriladi. Shuning uchun ularning qishloqda kanalizatsiya o‘tkazilmagan degan vaj bilan shikoyat qilishi amri mahol. Ammo eng zaruriy sharoitlar bo‘lishi lozim. Piyoda va velosipeddagi turlar ham ommalashib bormoqda. Xaltani yelkaga solib olib piyoda yoki velosipedda (ikki oyoqda) sayohatga chiquvchilar kecha va dam olishni yo‘l chetidagi mehmonxona, yotoqxona, pansionat yoki xususiy uylarda o‘tkazib, mahalliy aholi turmushi, madaniyati, atrof-muhit bilan tanishadi. Mahalliy jamoalarga yordam ko‘rsatish dasturi bu Afrika, Lotin Amerikasi Osiyoning ayrim va muvoffaqiyatli foydalaniladigan mintaqalarida turizmning gumanitar turidir. Uning mohiyati shundan iboratki, turistlarning uncha katta bo‘lmagan guruhi (vrachlar, muhandislar, irrigatorlar, veterinarlar va boshqa mutaxassislar) ko‘pincha o‘z mamlakatlarida jamg‘armalar, ijtimoiy tashkilotlarning a’zolari sifatida qaysidir hududdagi mahalliy aholiga yordam ko‘rsatish maqsadida tashrif buyuradilar. Ular tashrif davomida ma’lum bir loyihani amalga oshirishga, masalan, arzon uy-joy qurish, qishloqni suv bilan ta’minlashni yaxshilash va tibbiy yordam ko‘rsatishga ko‘maklashadi.
90-yillarda O‘zbekistonda gumanitar xarakterdagi masalalar bilan shug‘ullanadigan guruhlar yopirilib kirib kelgan edi. To‘g‘ri, ularning ko‘pchiligi missionerlar va diniy sektalarning vakillari, shuningdek, turli missiyalarning malakasiz xodimlari bo‘lgan. Ulardan farqli o‘laroq, Yaponiyaning "LSA", AQShning Xalqaro tinchlik korpusi, Ko‘ngilli ekspertlar korpusi maqsadli va ixtisoslashgan shakldagi yordam ko‘rsatib kelmokda. Suv transportidagi turizm - chuqur tarixiy ildizga ega bo‘lib, daryo, kanal va ko‘llar, shuningdek, okean va dengizning xushmanzara qirg‘oqlarida hamda orollarda rivojlangan. Bunga kruizlarni misol qilib keltirish mumkin. Bunda turistlarga xizmat kemaning o‘zida ko‘rsatiladi, shu bilan birga, yerdagi ekskursiya xizmatiga ham alohida e’tibor beriladi. Kruiz va dengiz turizmi butun dunyoda rivojlanmokda. Ilgari sayohatning bu turi Osiyoda keng ommalashgan edi. Ekspertlarning xulosalariga ko‘ra, suvda vaqt o‘tkazish stresslarni oladi. Kruiz turizmida sayohatchilarning 60 foizdan ziyodrog’ini Shimoliy Amerika, 22 Foizini Yevropa mamlakatlari fuqarolari, 17 foizini esa boshqa mamlakatlar aholisi tashkil etadi. Buning sababi - xalqaro turizmning asosiy yo‘nalishi AQSh akvatoriyasi va Karib basseyniga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda kruiz turizmini rivojlantirishga jiddiy asoslar mavjud emas. Chunki ochiq dengiz yo‘q, Orol dengizi qurimoqda, daryolar kam suvli. Mamlakatimizda ko’l turizmini rivojlantirish mumkin. Bu yerda sersuv Arnasoy, Chorvoq va boshqa o‘nlab suv omborlari bor. Aviaturizm aeromaydon infratuzulmasi rivojlangan mamlakatlarda mavjud va turizm bozorining tor ixtisoslashgan segmenti hisoblanadi. Bu turxizmatning qimmat shakli bo‘lib, unda sayohatchilarning cheklangan qismi qamrab olingan. Yevropa va AQShda bu faoliyat bilan shug‘ullanishga ixtisoslashgan firmalar faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekistonda va butun Markaziy Osiyo bozorida turizmning bu shakli deyarli yo‘q. Dala hovli turizmi - ta’til va nafaqaga chiqqandan keyin shahardan tashqarida tashkil qilingan, yashash uchun muvofiq keladigan, kommunal ob’ektlar obodonlashtirilgan turli turdagi bilan yashash ta’minlangan va joylari, uylar qurilishini bildiradi. O‘zbekistonda dala hovli (dacha) turizmi nafaqat dam olish, shu bilan birga, xo‘jalik faoliyati shakli ham hisoblanadi. Bir milliondan ortiq kishi dala hovli maydonlariga ega. Amalda bu shaxsiy yordamchi xo‘jalik, undan shaharliklar o‘zlarining iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda foydalanadilar.
Kemping va karavaninglar odatda ommaviy diqqatga sazovor joylar yoki rekreatsion hududda avtotransport vositalari (karavaning) to‘xtash joylari, katta magistral yo‘l yoqalarida tashkil etiladi. Mahalliy aholi maydonlar, treylerlarni ijaraga berish va turistlarga sanoat tovarlari va ozi-qovqat, hunarmandchilik mahsulotlari sotish orqali daromadga ega bo‘ladi. Transportga yo‘naltirilgan turizm - bu eng avvalo, tranzit yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxona va boshqa turistik ob’ektlardir. Ular odatda yirik transport vositalari, asosan, aeraport va temir yo‘l stansiyalariga yaqin joylarda faoliyat ko’rsatadi.. Temir yo‘l turizmida sayohatchilar vagonlarda uxlaydi, dam oladi, uzoq va yaqin masofalarga sayohat qiladi. Bu tur Yevropa va Osiyoda ommalashgan. Sayohatchilar odatda 12 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lib, barcha ijtimoiy qatlamlarni qamrab olgan. "O‘zbekiston temir yo‘llari" DAK milliy va chet ellik turistlarga buyurtma bo‘yicha Germaniyada ishlab chiqarilgan maxsus turistik vagonlarda respublika shaharlari bo‘ylab sayohat qilishni taklif qiladi. Magistral temir yo‘llarning umumiy uzunligini 7 ming km.ga yaqin deb hisoblaydigan bo‘lsak, bu turizmning mamlakatimizda rivojlanish imkoniyatlari yuqori. Yoshlar turizmi 35 yoshgacha bo‘lganlarni qamrab oladi, ko‘pincha maktab o‘quvchilari va talabalardan iborat bo‘lib, ta’lim olish, sport, rekreatsiya maqsadlarida amalga oshiriladi. Bu turizm ancha vaqtdan buyon rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda keng tarqalgan. Yoshlar turizmi shunisi bilan harakterliki, uning uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan mexmonxonalar qurish, qimmatbaho xizmatlar ko‘rsatish talab etilmaydi. Yoshlar yotoqxona, xususiy uylar, palatka, bungalo va xatto chaylaga joylashishi ham mumkin. Bizning mamlakatimizda yoshlar turizmi ichki va mavsumiy ahamiyatga ega. Talabalar yozgi ta’tilda oliy o‘quv yurti dam olish bazalarida hordiq chiqarishi mumkin. Masalan, Chorvoq suv ombori atrofi rekreatsion hudud bo‘lib, undan foydalanuvchilarning karyib 50 foizini yoshlar tashkil etadi. "Chimyon" zonasida yozgi musiqa festivali o‘tkaziladi.




  1. Download 110.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling