To’lov talabnomasini shakllantirish
Download 25.86 Kb.
|
амалий бух
To’lov talabnomasini shakllantirish Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida har kuni bir necha yuz minglab naqd pulli va naqd pulsiz operatsiyalar amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalarning 85 – 90 foizi, ayrim rivojlangan mamlakatlarda 98 – 99 foizi naqd pulsiz ko‘rinishida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar tijorat banklarining ichki va tashqi vakillik hisobraqamlari orqali, elektron to‘lov tizimi yordamida, mijozlarning hisobvaraqlarida buxgalteriya yozuvlari ko‘rinishda amalga oshiriladi. Mamlakatimiz bank tizimida 1997 yil mart oyida joriy etilgan elektron to‘lov tizimi banklararo amalga oshirilayotgan to‘lovlarni juda qisqa daqiqalar ichida amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bu davlat idoralari va korxonalari, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi to‘lovlarni naqd pulsiz ko‘rinishda amalga oshirishga juda keng qulayliklar yaratilganligidan dalolat beradi. To‘lov talabnomasi hisob-kitob hujjati bo‘lib, mol yetkazib beruvchi (yuk jo‘natuvchi) va vositalarni boshqa oluvchilarning to‘lovchiga muayyan summani bank orqali to‘lash to‘g‘risidagi talabini o‘z ichiga oladi. To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish zarurati O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan, yuzaga kelgan moliyaviy vaziyatdan va to‘lovlarni ta’minlash zaruratidan kelib chiqib belgilanadi. To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilishda vositalarni oluvchi unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka inkassa uchun to‘lovchidan muayyan summani bank orqali to‘lash talab qilingan hisob-kitob hujjatini taqdim etadi. To‘lovchilarning akseptli yoki akseptsiz talabli hisob-kitoblari korxonalar o‘rtasida yuklab jo‘natilgan (berilgan) tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, boshqa to‘lovlar bo‘yicha esa – amaldagi qonunlar yoki shartnomada ko‘zda tutilgan hollarda qo‘llanadi, talabnomada mazkur to‘lov shaklini belgilagan tegishli me’yoriy hujjat, shartnoma bandiga, albatta, havola qilinishi kerak. Olingan aksept belgilangan hisob-kitoblarda talabnoma aksept muddati tugagan kunning ertasiga to‘lanadi. Naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda qator tamoyillar bajarilishi lozim. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish maqsadga muvofiq: – naqd pulsiz hisob – kitoblar jarayonida ishtirok etayotgan har ikkala tomonning ham bankda tegishli hisobvaraqlari mavjud bo‘lishi lozim; – mijozning hisobvarag‘idan mablag‘larni boshqa manzilga o‘tkazish va kirim qilish Markaziy bank tomonidan qa’tiy belgilangan to‘lov hujjatlari asosida hamda ulardagi rekvizitlarni to‘liq to‘ldirilgan holda amalga oshiriladi; – bank mijozning pul mablag‘larini o‘tkazish haqidagi topshirig‘ini uning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lgandagina qabul qiladi. Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan holatda uning hisobvarag‘idan undirish to‘g‘risida inkasso topshiriqnomasi (o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar va Davlat byudjetiga o‘tkaziladigan soliqdan tashqari to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib olishda soliq idoralari tomonidan, byudjetdan tashqari fondlar – o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lovlarni undirib olishda, agarda bu qonuniy hujjatlarda ko‘zda tutilgan holatlarda), to‘lov talabnomalar kartoteka 2 ga kirim qilinadi va belgilangan tartibda to‘lovlar amalga oshiriladi; – bank naqd pulsiz hisob – kitoblarni faqat mablag‘ egasining topshirig‘i asosida belgilangan maqsadlar uchun o‘tkazadi, hisobvaraq egasining hisobida mablag‘lar yetarli bo‘lmagan holatlar bundan mustasno; – mablag‘lar to‘lovchining hisobvarag‘idan o‘chirilgandan so‘ng mablag‘ oluvchining hisobvarag‘iga kirim qilinadi; – to‘lovlarni amalga oshirish Markaziy bank tomonidan belgilangan naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakllarini qo‘llagan holda, tegishli to‘lov hujjatlari orqali amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakli va to‘lovlarni amalga oshirishning tartibi tovar sotuvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot hamda uni sotib oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada aniq va batafsil belgilab qo‘yiladi. Bankda mablag‘larni kirim qilish yoki hisobdan chiqarish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarning elektron nusxalari mijozning hisobvarag‘i xizmat ko‘rsatadigan buxgalteriya xodimi tomonidan imzolanadi hamda to‘lashga qabul qilish va to‘lash sanalari ko‘rsatilgan holda o‘ziga biriktirilgan shtamp bilan tasdiqlanadi. Yuqorida qayd etganimizdek, mamlakatimiz pul aylanmasi tarkibida naqd – pulsiz hisob – kitoblarning ulushi ayrim mamlakatlarga nisbatan yuqoriroq miqdorni tashkil etadi. Pul aylanmasi tarkibida naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmini oshirishga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan: 1.Yuridik va jismoniy shaxslarning banklarga bo‘lgan ishonchining yuqoriligi. Agar yuridik va jismoniy shaxslar banklarga nisbatan ishonchi yuqori darajada bo‘lmasa, banklarga naqd pullarni topshirishga bo‘lgan moyilligi pasayadi, hisob – kitoblarni naqd pullarda amalga oshirishga intiladi. 2.Iqtisodiyotda monetizatsiya koeffitsienti darajasining tegishli me’yori ta’minlangan bo‘lishi lozim. Iqtisodiyotning yetarli darajada pul bilan ta’minlanganlik darajasi monetizatsiya koeffitsienti asosida aniqlanadi. Monetizatsiya koeffitsienti mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan aniqlanib, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va ekspertlarning fikrlariga ko‘ra uning miqdori, o‘tish iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda 45-60 foizdan iborat bo‘lishi lozim. Agar mamlakatda monetizatsiya koeffitsienti ushbu miqdordan past bo‘lsa iqtisodiyotda pul taqchilligi, tijorat banklarida likvid mablag‘lar va resurslarning yetishmasligi, kreditlar va omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarining yuqoriligi kuzatiladi. Bularning barchasi naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi; 3.Tijorat banklarining resurslarga bo‘lgan ehtiyojining yetarli ravishda qondirilmasligi. Ma’lumki, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan pullar o‘zining boshlang‘ich nuqtasiga qaytib kelmasligi banklarning resurs bazasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning oqibatida tijorat banklarining real sektorni kreditlash uchun yo‘naltirayotgan resurslarning taqchilligi, omonatlarga to‘lanadigan to‘lovlar miqdorining oshib ketishi, bu esa o‘z navbatida naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmini pasayishiga olib keladi. Download 25.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling