To’lov talabnomasini shakllantirish
To’lov talabnomalarining qo’llanishi
Download 25.86 Kb.
|
амалий бух
To’lov talabnomalarining qo’llanishi
To‘lov talabnoma xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakli hisoblanadi. O‘zbekiston tijorat banklari o‘rtasida to‘lov talabnomalar hisob – kitoblarning qo‘llanilishi juda keng tarqalmagan. Buning asosiy sabablaridan biri to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarda hujjatlarning aylanishi juda ko‘p vaqt oladi va ortiqcha sarf xarajatlar talab qiladi. To‘lov talabnoma – mol sotuvchi tomonidan belgilangan summani bank orqali olish haqidagi talabini o‘z ichiga olgan hisob – kitob hujjatidir. Talabnomalar asosan aktseptli va aktseptsiz bo‘lishi mumkin. Aktseptli to‘lov talabnomalarda bank avval to‘lovchining mablag‘ni to‘lash haqidagi roziligini oladi, so‘ngra to‘lovni amalga oshiradi. Aktseptsizda esa avval to‘lov amalga oshirilib, so‘ngra mijozga to‘lov hujjatlarini beradi. Tijorat banklarining yagona vakillik hisobvaraqlariga o‘tishi to‘lov talabnomalar bilan amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni rasmiylashtirish va hujjatlarning aylanish jarayonlarini bir qadar yengillashtirdi. Aktseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblar. Ta’kidlaganimizdek, aktseptli to‘lov talabnomalar sotib oluvchining bankiga kelib tushgandan so‘ng, bank dastlab to‘lovni amalga oshirish yuzasidan to‘lovchining roziligini oladi. Buning uchun bank tomonidan to‘lovchilarga talabnomalarni quyidagicha aktseptlash muddati o‘rnatiladi: – bir shahar ichida joylashgan mijozlar uchun – talabnomalarni bankka kelib tushgan kunni hisobga olmagan holda, uch ish kuni; – boshqa shaharlarda joylashgan mijozlar uchun talabnomalarni bankka kelib tushgan kunni hisobga olmagan holda, besh ish kuni; – to‘lovchining asosli iltimosiga ko‘ra 10 kungacha. Aktseptlash tartibida to‘lanadigan aktseptli to‘lov talabnomalar muddatini kutayotgan davr davomida to‘lovni kutayotgan hujjatlar kartotekasi (1 – kartoteka)da hisobga olib boriladi. To‘lovchi belgilangan muddatda yozma ravishda unga xizmat qiluvchi bank bo‘limiga aktseptlashni qisman yoki to‘liq rad qilish huquqiga ega (tovar – material qimmatliklarini jo‘natishda, xizmatlar ko‘rsatishda va boshqa holatlarda shartnoma shartlariga amal qilinmaganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga asosan). Belgilangan muddatda korxona yozma ravishda aktseptlashni rad etmasa, talabnoma aktseptlangan hisoblanadi. Talabnomani aktseptlashdan qisman bosh tortganda, to‘lovchi tomonidan aktseptlangan summa bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi. Agar to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar bo‘lmaganda aktseptli to‘lov talabnomalar 2 – kartotekaga joylashtiriladi. Bunda bank to‘lovchi tomonidan aktseptlashni qisman rad qilinganligi to‘g‘risida mahsulot yetkazib beruvchining (mablag‘ oluvchining) bankiga yozma ravishda xabar beradi. Bank 2 – kartotekadagi hisob – kitob hujjatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lovchilarga penya hisoblash va oluvchilar foydasiga o‘tkazish huquqiga ega, agar bu bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada kelishilgan bo‘lsa. Bank to‘lovchilardan mablag‘larni oluvchilar foydasiga muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar bo‘yicha har bir kun uchun qonunda belgilangan miqdorda penya undiradi.Agar ushbu holat bank va mijoz o‘rtasida hisob – kitob va bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha sharotnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa. Quyidagi shartli chizmada aktsiyadorlik tijorat Agrobankning ikkita bo‘limi mijozlarining aktseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblar amalga oshirilganda hujjatlar aylanishini shartli misolda ko‘rib chiqamiz. Mol sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatish haqida shartnoma tuziladi, ushbu shartnomada to‘lov shakli ham kelishiladi, sotuvchi tovarlarni jo‘natagandan yoki xizmatlarni ko‘rsatgandan keyin aktseptli to‘lov talabnomani bankka taqdim etadi , bankning mas’ul buxgalteri to‘lov talabnomalar belgilangan tartibga javob berishini nazoratdan o‘tkazgandan keyin pochta orqali sotib oluvchining bankiga jo‘natadi , sotuvchining banki to‘lov talabnomani aktseptlash uchun sotib oluvchiga jo‘natadi , sotib oluvchi yozma ravishda to‘lovni rad etmasa uning hisobidan mablag‘ni sotuvchi hisobiga o‘tkazish haqidagi elektron to‘lov talabnomani respublika bankiga jo‘natadi . Agrobankning Koson bo‘limi sotuvchining hisobvarag‘idan mablag‘ni ko‘chirgandan so‘ng bu haqda unga xabar qiladi, o‘z navbatida respublika Agrobanki elektron to‘lov talabnoma bilan Koson bo‘limining vakillik hisobvarag‘idan mablag‘ni Oqtosh bo‘limiga o‘tkazadi, Agrobankning Oqtosh bo‘limi mablag‘ni sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkazadi va bu haqda sotuvchiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi. Aktseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirganda to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmaganda to‘lov hujjatlari bankning ikkinchi kartotekasiga kirim qilinadi. Aktseptsiz to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblar. Aktseptsiz to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarda bank to‘lovchining roziligisiz uning hisobvarag‘idagi mablag‘ni oluvchining hisobiga o‘tkazib beradi. Tijorat banklari aktseptsiz to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishni ayrim sub’ektlarga ruxsat beradi. Xususan ular jumlasiga quyidagi tashkilotlar kiradi: 1.Issiqlik energiyasi uchun hisob – kitoblarda. Bu holda talabnoma va ajratilgan elektr va issiqliq energiyasi uchun hisobvaraq – faktura mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan bevosita iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. To‘lov talabnomasining maqsadida issiqlik energiyasining o‘lchov asboblari yoki ta’rif asosida foydalanilgan miqdori yozuvda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim; 2.Qarzdor tomonidan tan olingan summa haqidagi javob xatining asl nusxasi ilova qilingan holda. Talabnomaga boshqa hujjatlar ilova qilinganda aktseptsiz hisobdan chiqarishga qabul qilinmaydi; 3.Qarzdor boshqa banklarda ochilgan ikkilamchi hisobvaraqlari bo‘yicha kreditlarni vaqtida uzmaganda banklar tomonidan ham qo‘yiladi. Amaliyot (operatsion) kun tugagandan keyin kelib tushgan aktseptsiz talabnomalarda "kechki" degan shtamp qo‘yiladi va ular keyingi ish kuni to‘lanadi yoki to‘lovchining hisobraqamida mablag‘ bo‘lmaganda 2 – kartotekaga kirim qilinadi. To‘lov talabnomasi bilan hisob – kitoblarning amaliyotda nisbatan kam qo‘llanilishining asosiy sababi, uning kamchiliklari afzalliklariga nisbatan ko‘pligidadir. Jumladan, uning asosiy kamchiliklari sifatida quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiq: – mablag‘ oluvchi tovar jo‘natgandan va xizmatlarni ko‘rsatgandan so‘ng to‘lov talabnomasini bankka taqdim etishi natijasida, mablag‘ni to‘lovchiga tovar va xizmatlarning sifati to‘liq qoniqtirmagan hollarda to‘lovdan voz kechishi turli ziddiyatli holatlarni keltirib chiqaradi; – to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ning bo‘lmasligi yoki yetarli miqdorda emasligi banklarda debitor va kreditorlik qarzlarining ortib ketishiga olib keladi; – to‘lov hujjatlarining aylanishi va rasmiylashtirish jarayoni to‘lov topshiriqnomalariga nisabatan qo‘shimcha vaqt va ortiqcha mehnatni talab etadi. Afzallik jihatlari shundan iboratki, to‘lovchining hisobraqamida mablag‘ bo‘lmagan hollarda ham jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Umuman olganda, to‘lov talabnomasi bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish mablag‘ni oluvchi va beruvchi uchun hamda bank uchun ham qo‘shimcha vaqt va ish jarayonini talab etadi. Shu bois bo‘lsa kerak, hisob – kitoblarning mazkur shakli amaliyotda boshqa hisob – kitob shakllariga nisbatan kamroq qo‘llaniladi. Download 25.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling