«muxandislik kommunikatsiyalari»


Download 170.92 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi170.92 Kb.
#1506548
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1.КУРС иши услубий ХК


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
«MUXANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI» KAFEDRASI
SUV TA’MINOTI VA OQOVA SUVLAR EKSPLUATATSIYASI”
FANIDAN KURS (ISHI) LOYIHASINI BAJARISH UCHUN

USLUBIY KO'RSATMA



5610100 -Xizmatlar sohasi (uy-joy, kommunal va maishiy xizmatlar) yo’nalishi
JIZZAX -2021 y.
Uslubiy ko‘rstma 5610100 -Xizmatlar sohasi (uy-joy, kommunal va maishiy xizmatlar) yo’nalishi yo’nalishlari uchun “Suv ta’minoti va oqova suvlar ekspluatatsiyasi” fani bo’yicha kurs loyixasini bajarish uchun ishlab chiqilgan.

Uslubiy qo’llanma “Muxandislik kommunikatsiyalari” kafedrasining 2021 yil “____” _____dagi ____-sonli yig’ilishida muhokama qilingan va ma’qullangan.


Muxandislik kommunikatsiyalari”
kafedrasi mudiri: A.Sultonov
Uslubiy qo’llanma Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” fakulteti Kengashining 2021 yil “_____” ______dagi ____-sonli yig’ilishida muhokama qilingan va maqullangan.
Arxitektura va qurilish”
fakulteti dekani: dots. A. Berdiqulov
Uslubiy qo’llanma Jizzax politexnika instituti Kengashining 2021 yil “_____” _____ dagi _____-sonli majlisida ko’rib chiqilgan va nashrga tavsiya etilgan.


Jizzax politexnika instituti
Ilmiy-uslubiy Kengashi raisi: dots. G’. Egamnazarov


Tuzuvchi: kata o’qituvchi M.Xajimatova

Taqrizchilar: Viloyat “Issiqlik manbai”DUK muxandisi - O’.Tajiboyev


MK” kaf.dotsenti - A.Usmonkulov

© Jizzax Politexnika instituti


KIRISH

O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy bozor islohotlarini takomillashtirish va amalga oshirish hamda mamlakat salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarishda, oliy ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali va zamonaviy, raqobatbardosh talablarga javob beradigan mustahkam nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash vazifasini qo‘yadi.


O‘zbekiston Respublikasining shahar xududlarinin obodonlashtirish, tabiatni qo‘riqlash va asrash, ekologik holatini saqlab qolish va yaxshilish hamda aholisini sog‘lomlashtirishda suvning mohiyati kattadir.
Respublikada shahar xududlari, sanoat va qishloq xo‘jaligining yuksalishi, aholi turmush sharoitining o‘sishi, shahar va qishloqlarning obodonlashib borishi, ichimlik suviga va uning sifat ko‘rsatkichlariga bo‘lgan talablarni ham oshirib boradi.
Shahar aholini etarli miqdorda toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda ularni suv orqali yuqumli kasalliklarni tarqalishidan himoya qilish, sotsial va sanitar gigienik jixatdan muxim axamiyatga ega bo‘lib, suv ta’minoti va kanalizatsiya xo‘jaligi mutaxassislari oldiga, suv qabul qilib olish, uni tozalash va ishlov berish samaradorligini oshirishdek muammolarni echishdek dolzarb vazifalarni qo‘yadi.
Shahar suv ta’minoti - bir-biriga uzviy bog‘langan manbaadan suvni qabul qilib olish, talab qilingan masofaga va balandlikka ko‘tarib berish, uni tozalab sifatini yaxshilash orqali aholi, sanoat korxonalari, transport va shu kabi boshqa iste’molchilarni suv bilan ta’minlash inshootlarining majmui hisoblanadi. Suvni tozalash va uni sifatini yaxshilash uchun ishlov berishdek qiyin va murakkab masalalarni yechishdek ma’suliyatli vazifani o‘z zimmasiga oladi.
Uslubiy ko‘rsatmada – Suv ta’minoti tizimlari ishini tashkil etish, suv ta’minoti inshootlaridan foydalamish, suvning sifat ko‘rsatgichlarini ta’minlashning yangi usullari, samarali jarayonlar va texnologik tasvirlar, oxirgi yillarda qabul qilingan me’yoriy hujjatlar va ko‘rsatmalar asosida - aholi iste’moli bilan bogliq barcha muammolarga to‘liq echimlar: uslub va texnologik shakllar ; suvdagi loyqaliklarni koagulyasiyalash ,suvni tindirgichlardan o‘tkazib tindirish, filtrlab iste’molchining talab darajasiga keltirish va zararsizlantirish usullari keltirilgan va ishlab chiqilgan.
Kurs loyixaning maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar xosil qilish, bevosita ishlab chiqarishdagi real sharoitlarga mos texnik yechimlar qabul qilish va zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini xosil qilishdir.

Download 170.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling