Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika. Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi
-mavzu: Turizm industriyasi rivojlanishining ekologik muammolarini boshqarish
Download 110.5 Kb.
|
umumiy
7-mavzu: Turizm industriyasi rivojlanishining ekologik muammolarini boshqarish
Reja: 1. Turistlar sig‘imi salohiyati. 2. Turistik markazlar tabiati. 3. “Turizm – tabiat” munosabatlari. 1. Turistlar sig‘imi salohiyati Atrof muhitni himoya qilish, tabiiy resurslar va madaniy meros ob’ektlarini asrab avaylash, saqlashning global xamda milliy aspektlari mavjud. Barqaror turizm uchun bir tomondan turistlarga optimal, imkoni bo‘lsa maksimal xizmat ko‘rsatish, ikkinchi tomondan, tabiiy va sun’iy resurslarning sig‘imi, salohiyati meyorlaridan oshib ketmasligiga rioya qilish zarur. Turistik destinatsiya yoki ob’ektning sig‘imini aniqlash ancha murakkab albatta. Turistlar sig‘imi me’yori atrof muhitni muhofaza qilishda va turizmning barqaror rivojlanishini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Turistlar sig‘imi me’yori deganda barcha joylar (mehmonxona, memoriy obidalar, muzeylar, tabiat bog‘lari, kurortlar va dam olish maskanlari)dan resurslarga, turistlarning qoniqish darajasini pasaytirmasdan, jamiyat, iqtisodiyot va o‘sha hudud madaniyatiga salbiy ta’sir o‘tkazmasdan ob’ektlardan maksimal foydalanishni tushunish lozim. Turizm sig‘imi me’yorini uch guruhga ajratish mumkin: 1. Biofizik (ekologik): 2. Ijtimoiy madaniy (mahalliy aholi va madaniyatta tasir): 3. Maishiy (sayohatdan zavqlanish). Sayoxatchilar sigimi me’yorlari mavsumga shuningdek, tashrifchilarning fe’l-atvor streotiplari, ob’ektlarning konstruktiv xususiyatlari va ularni boshqarish usullari, atrof muxitning dinamik xarakteristikasi va mahalliy aholining munosabatlariga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Turizmning barqaror rivojlanishi jarayonida atrof muhitning sifatini saqlash, turistlarning qoniqish darajasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turizm sig‘imi me’yorlari ko‘rsatkichlarini hisobga olish zarur. Chunki turmahsulot sifatining yomonlashuvi oxir oqibatda turizmda pasayishga, sayohatchilarning ushbu mintaqa, qaysiki mamlakatga qiziqishining yo‘qolishiga olib keladi. Turistlarni qabul qilish imkoniyatlari chegarasini iloji boricha oshiqroq baholash ham tabiat, ham ijtimoiy muhit, ham infratuzilma nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Turistik manzil yoki ob’ektga sayohatchilarni ratsional me’yorlardan ortiqcha darajada qabul qilinadigan bo‘lsa, turmahsulotning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, natijada bozorda unga talab susayadi, atrof-muhitga va mahalliy jamoatga ham bosim kuchayadi. Xo’sh, bunday negativ holatga yo‘l qo‘ymaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim: Turistlarni qabul qilish (o’tkazish) salohiyatini oshirish. Bunga kommunal xizmat (suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya) quvvatlashni oshirish evaziga erishish mumkin. Bu borada transport va yo‘l qurilishi imkoniyatlarini yaxshilashning ham ahamiyati muhim. Masalan, qalin qor tushganida Toshkent yaqinidagi Amirsoy changi uchish, xordiq chiqarish maskanida kelib ketuvchilar va kirib chiqadigan shaxsiy avtomobillar soni cheklanadi. Tashrif buyuruvchilar oqimini bir tekis taqsimlash tadbiri yangi diqqatga sazovor ob’ektlarini qurib ishga tushirish orqali amalga oshiriladi. Agar, bitta hududda turistlarni qabul qilish salohiyatini oshirish imkoniyati bo‘lmasi va boshqa hududda xuddi shunday tabiiy va madaniy resurs mavjud bo‘ladigan bo‘lsa u joylarda yangi ob’ektalar (Disneylend, Akvopark, atraksionlar) qurib ishga tushirish mumkin. Yangi turistik mavzeylarning ochilishi nafaqat mavjud joylarga bosimni kamaytiradi, balki qo‘shimcha iqtisodiy foyda keltiradi, yangi ish joylarini yaratadi. Tabiiyki, bunday loyiha katta investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun davlatning xohish irodasini taqazo qiladi. Turistlarni qabul qilish quvvatlarini ularning tarixiy, madaniy yodgorliklar va tabiat bog‘larga tashriflari davomida ham hisobga olish zarur. Ularning cheklanganligi ommaviy taklif uchun turmahsulotni shakllantirishda ko‘pincha jiddiy tormoz bo‘ladi. Shuning uchun yilning turli davrlarida mamlakatning turistlarni qabul qilish imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga olish zarur. Gap shundaki ishlab chiqarish korxonalari hamma vaqt bir xil quvvatda ishlamaydi. Qishda mehmonxonalarni isitish kerak, bu esa qo‘shimcha elektr energiyasi va yoqilg’ini talab qiladi, natijada hamkor korxonalarning xarajatlari ortadi. Ikkinchi tomondan mamlakatga notekis keladi, bu esa mavsumiy tebranishlardan darak beradi. Ekspertlar guruhi ma’lumotlariga ko‘ra Chorvoq zonasiga turistik mavsumning eng faol pallasi aprel-iyun, sentyabr oktyabr, ya’ni besh oyga to‘g‘ri keladi. Bu davrda O‘zbekistonga yillik chet ellik turistlarning 60 foizi kelib ketadi. Noyabr-fevralda turistik oqimning pasayishi kuzatiladi. Bu bosqichda asosan turistlar individual tashrif buyurishadi, bu davrga barcha tashrifchilarning 20 foizi to‘g‘ri keladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib u yoki bu ob’ektning qabul qilish imkoniyatlarini mavsum bo‘yicha hisoblash lozim. Turoperatorlar ko‘proq foydalanadigan usullardan biri turistik mavsumning uzaytirishdir. Masalan, arxeologik va madaniy yodgorliklarni yil davomida kuzatish mumkin, ammo mavsumdan tashqari vaqtda tur mahsulotga baho siyosatining egiluvchan usulidan, kelib ketishga imtiyozlar berishdan foydalanish mumkin. Bu sun’iy tadbirlar mintaqa yoki turistik ob’ektning sayohatlarni qabul qilish salohiyati darajasini ushlab turish imkoniyatini beradi. Kirishni cheklash turistlar oqimining eng yuqori nuqtasiga yetganda qo‘llaniladi. Bu usul ham taklifni sun’iy pasaytirishdan boshqa narsa emas. Unga erishish mumkin: cheklash tadbirlani qabul qilish, masalan, mehmonxona yoki kirish chiptalari bahosini oshirish; tashrif qilish mumkin bo‘lgan ayrim joylarni vaqtincha yopib qo‘yish (masalan, xayvonlar ko‘payadigan vaqt oralig‘ida); joylashtirishning maksimal miqdorini o‘rnatish; tashriflarning maksimal sonini belgilash; shaxsiy avtomobillar parkovka joyini qisqartirish va boshqalar. Qabulda kirishni cheklash avtomatik tarzda sodir bo‘ladi. Buning uchun mehmonxonalardagi barcha joylar, turoperatorga chiptalar oldindan bron qilingan bo‘lishi kerak. Shunda turistlar boshqa hududlarga e’tiborini qaratadi. Yil davomida bir necha marta qisqa muddatli ta’tilga chiqish ham turistik manzillardan foydalanish imkoniyatlarini baravarlashtirishga xizmat qiladi. Download 110.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling