Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika. Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi


Download 110.5 Kb.
bet20/21
Sana16.11.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1778529
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
umumiy

4. Turistik marshrutlar marketingi
Turistik marshrutlar O‘zbekiston Respublikasi bo’ylab chet ellik turistlarning harakatlanishini hisobga olib turoperatorlar tomonidan ishlab chiqiladi. Xalqaro ekspertlarning fikricha Markaziy Osiyo mintaqasida turistik bozorning uchta segmenti shakllangan:

  • butun tashrif vaqtini O‘zbekistonda o‘tkazadigan turistlar;

  • Markaziy Osiyoga sayohatning bir qismini o‘tkazadigan turistlar: O‘zbekistonda;

  • ishbilarmonlik safarini dam olish va ko‘ngil ochish bilan qo‘shib olib boradigan bizneschilar;

  • Xalqaro bozorda O‘zbekiston "Buyuk ipak yo‘li" reklamasi orqali sotiladigan turlar bilan ko‘proq tanilgan

  • Toshkent-Samarqand-Buxoro-Urganch-Toshkent;

  • Toshkent-Samarqand-Shahrisabz-Buxoro-Urganch Toshkent turistik markazlari ancha ommalashgan.

Ular orasida, shuningdek bir necha kunlik kichik turlar ham mashhur. Ular asosan chet ellik tashrifchilarning hobbisi (masalan, ov qilish, yovvoyi tabiatni o‘rganish va boshqalar) va kasbiy qiziqishlarini hisobga olib taklif qilinadi. Ko‘pchilik holatlarda O’zbekiston xalqaro turizm bozorida narx omilidan yutqazadi. Xitoy, Eron, BAA kabi mamlakatlard turdosh turlar narxi sezilarli arzon. Shu bilan birga ko‘pchilik mamlakatlar reklama va marketing tadqiqotlariga katta mablag sarflaydilar.
Shundan kelib chiqib mamlakatimizda ham raqobatbardoshli turmahsulotlar shakllantirilishi kerak. Chunki turmahsulot narxi chet ellik turistlarning boy bo‘lmagan qatlamlari uchun ham hamyonbop bo‘lishi lozim. O‘zbekiston tashqi bozorda "Buyuk ipak yo’li"ning chorrahasida joylashganligi omilidan ham faol foydalanishi mumkin. Shuningdek milliy turizm sohasi va tashqi iqtisodiy aloqalarda foydalanish uchun o‘zining samarali logosini ishlab chiqishi va uni keng tashviqot qilishi va tarqatishi zarur. Irlandiya uchun logo "Yashil orol", Xitoy uchun "Sariq ajdaho", Yaqin va O‘rta Sharq uchun "Savdo karvoni", Hindiston uchun "Jangovor fillar", Tayland uchun "Buddaning oltin ko’zi" bo’ladigan bo‘lsa, O‘zbekiston uchun milliy ramz, o‘zbek xalqining turmushi, an’analari va madaniyatini ifodalovchi, masalan "Semurg‘ qushi", "Yashil gumbazlar mamlakati", "Sharq darvozasi" bulishi mumkin.
O’zbek turizmining jahon va mintaqaviy bozorda munosib o‘rin egallashini milliy turmahsulotni faol reklamasiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu yo‘nalishda turoperatorlar kreativ nashriyotlar va dizaynerlar bilan hamkorlikda mamlakatning diqqatga sazovor joylari to‘g‘risida bukletlar, broshyuralar, plakatlar bilan turizm bozorini to‘ldirib tashlashlari lozim bo’ladi. Videoroliklar, kinofilmlar yaratilib ular haqida xabarlar va reportajlar mahalliy va chet el matbuotidan keng joy olishi muhim. Masalan, arab sharqi, Hindiston, Turkiya o‘zining kinofilmlari orqali o‘z mamlakatlaridagi turmush tarzi, tarixi, madaniyati va urf-odatlarini keng targ‘ib qiladi. Bu esa potensial turistlarda katta qiziqish uygotadi.

Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling