Milliy turizm rivojlanishi qanday o’lchanadi? Turistik statistika. Turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi
Download 110.5 Kb.
|
umumiy
2. Turistik markazlar tabiati
Turistik markaz bu hudud bo‘lib, turistlarni jalb qilishga muvofiq keladigan ob’ekt va xizmatlar, unsurlar to‘plangan joydir. "Turistik markaz" atamasi "Turistik resurslar" va "Turistik zona" atamalariga yaqin tushunchadir. O’zbekiston Respubliksining "Turizm to’g’risida"gi qonuniga muvofiq "Turistik resurslar muayyan chegaraga ega bo‘lgan, bir yoki bir necha turistik resurslar (tabiiy, tarixiy, ijtimoiy-madaniy, davolash sog‘lomlashtirish ob’ektlari, shuningdek, turistlar ekskursantlarning ehtiyojlarini qondira oladigan boshqa ob’ektlar) joylashgan" hududdir. Turistik markazlarning har bir kategoriyasi o‘zining ekologik sezuvchanligi bilan harakterlanadi, masalan: Kirg‘oq xududlari (plyaj, dengiz zonalari bilan) ko‘pchilik plyajlar turizmning nisbatan katta miqdori uchun qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, shu vaqtning o‘zida turizmning ommaviy turlariga ham mos keladi. Qirg‘oq ravilarda qulayroq maydonlarni egallash uchun raqobat keskin kechadi. Tog’ va o‘zlashtirilmagan hududlar. Tog‘lar, o‘rmonlar, saxrolar, savannalar va boshqa o‘zlashtirilmagan joylarga tabiatni yaxshi ko‘radigan hamda alpinizm, spleologiya, yovvoyi landshaft kabi faol dam olishni yoqtiradiganlar tashrif buyuradi. Bunday joylarning ekosistemasi turistik sigimning mo‘rtligi, loyihalarni amalga oshirish va ko‘pchilikka qabul qilish imkoniyatining cheklanganligi bilan xarakterlanadi. Misol uchun ko‘pchilik turistlarni o‘ziga tortadigan tog‘ chang‘isi sportini oladigan bo‘lsak, dam olishning bu shakli jiddiy rejalashtirishni taqazo qiladi, chunki unga muvofiq keladigan infratuzilma ob’ektlari xizmat ko‘rsatish zonasi, atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan ko‘rib chiqish yo‘llari bilan bog‘liq. Ichki qishloq hududlariga pichanzorlar, o‘rmonli joylar, ko’l, daryo bo’yi, uncha katta bo‘lmagan kurort va dam olish zonalari, shahardan tashqari hovlilar qurishga mo‘ljallangan joylar kiradi. Bu joylardan foydalanishda xam turistik sig’im salohiyatini hisobga olish zarur. Chunki turistik ob’ektlarning qurilishi qishloq xo‘jaligi tasarrufidagi yerlarga o‘rmonlarga salbiy ta’sir o‘tkazmasligi, suv havzalarini ifloslantirmasligi muhim. Shahar hududlari. Bu hududdagi turistik sig‘imni hisobga olish muzeylar, do‘konlar, hunarmandchilik korxonalari, teatrlar va sport inshoatlari faoliyati bilan bog‘liq. Madaniy tadbirlar (festivallar, kongreslar, bayramlar) nafaqat tor ixtisosli turistlarni balki mahalliy aholi turmushi va an’analari bilan qiziqadiganlarning keng doirasini o‘ziga tortadi. To’g’ri, poytaxtda yetarli qabul imkoniyati bo‘lishi mumkin, ammo uncha katta bo‘lmagan shaharlarda ortiqcha tirbandlikka, atrof-muhitning ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Ko’pchilik turistlar atmosferasi va suvi jiddiy ifloslangan, shovqinli, didsiz binolar, yo’llari doimiy tiqilinchli, jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarni hush ko’rmaydi. Shu ma’noda qishloq rayonlari bir qadar ustunlikka ega bo’lishi mumkin. Download 110.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling