Milliy universiteti jizzax filiali psixologiya fakulteti


Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari


Download 366.96 Kb.
bet6/9
Sana22.04.2023
Hajmi366.96 Kb.
#1380369
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
institutsional 1-mustaqil ish

4. Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari




Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi keyingi davr neoinstiutsional hamda yangi institutsional bosqichlardan iborat. Bosqichlarning nomlanishidagi o`xshashlilikka qaramay, institutlar tahlilida prinsipial jihatdan turli konsepsiyalar mavjud. Birinchi nomlanish neoklassikaning qat’iy negizini o`zgarishsiz qoldiradi. Institutlar tahliliga yangi unsurni kiritish neoklassika nazariyasining «himoya qobig`i» to`g`risidagi fikrlarga tuzatishlar kiritish hisobidan yuz beradi. Aynan shuning uchun neoinstitutsional iqtisodiyot «iqtisodiy imperializm»*ga misol sifatida keltiriladi: an’anaviy mikroiqtisodiy quroldan voz kechmagan holda
«imperialistlar» ilgari neoklassik nazariyaga tashqi bo`lgan omillar – mafkura, xatti-harakat normalari, qonunlar, oila va hokazolarni tushuntirishga intilishadi. Ikkinchi nomlanish, aksincha, institutlarning neoklassikaning ilgarigi qoidalari bilan bog`liq bo`lmagan yangi nazariyasini yaratishga urinishni aks ettiradi.
Ronald Kouz «Firmaning tabiati» (1937) «Ijtimoiy xarajatlar muammosi» (1960) kabi maqolalarida birinchi bor neoinstitutsionalizmning tadqiqot dasturini shakllantirgan edi. Ushbu dasturda neoklassik nazariyaning “himoya qobig`i”ga quyidagi o`zgarishlar kiritilgan.
Birinchidan, xususiy mulk bilan bir qatorda mulkchilikning jamoaviy, davlat, aksiyadorlik shakllari tahlil qilinadi va ularning bozorda bitimlarni

ta’minlashdagi qiyosiy samaradorligi taqqoslanadi. Ya’ni, mulkchilik shakllari va shartnoma shakllarining keng doirasi ko`rib chiqilib, ular asosida almashuv amalga oshiriladi Mulkchilik huquqlari nazariyasi (R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich) va optimal shartnoma nazariyasi (J.Stiglits, Y.Maknil)ning tadqiqot dasturi ana shunday. Bu yerda mulkchilik huquqlarining o`rnatilishi va samarali himoyalanishi uchun mas’ul bo`lgan davlat nazariyasi, ijtimoiy tanlov nazariyasi (J.Byukenen, G.Tallok), shuningdek, ijtimoiy tanlov nazariyasidan hosil bo`lgan konstitutsiyaviy iqtisodiyot (V.Vanberg) ajralib turadi. Ayniqsa, konstitutsiyaviy iqtisodiyotning vazifasi neoklassika, «eski» institutsionalizmning tarkibiy qismi hisoblangan


«tartib nazariyasi» hamda “ijtimoiy tanlov” unsurlarini uyg`unlashtirishdan iborat.
Ikkinchidan, neoklassik modelga axborot xarajatlari, ya’ni bitim to`g`risidagi va bozordagi vaziyat to`g`risidagi axborotni qidirish va olish bilan bog`liq xarajatlar tushunchasi kiritiladi. Axborot nazariyasi (J.Stigler) neoinstitutsionalizm rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatdi.
Uchinchidan, ishlab chiqarish xarajatlari bilan bir qatorda transaksiya xarajatlari mavjudligi neoinstitutsionalistlar tomonidan ta’kidlandi. Transaksiya xarajatlari nazariyasi (R.Kouz, O.Uilyamson) uchun markaziy bo`lgan ushbu atama zamirida bitimlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha xarajatlar tushuniladi. Transaksiya xarajatlari nazariyasi va mulkchilik huquqlari nazariyasini qo`llash natijasida Yangi iqtisodiy tarix (D.Nort) deb nomlangan tarixiy tahlil paydo bo`ldi.
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi ikkinchi bosqich o`yinlar nazariyasi (J. fon Neyman, O.Morgenshtern, J.Nesh)ning neoklassikadagi umumiy muvozanat modeliga nisbatan bildirgan tanqidiy xulosasi bilan boshlandi.
Aynan o`yinlar nazariyasi yangi institutsional iqtisodiyot modellarining tilini shakllantirdi. O`yinlar nazariyasi quyidagi taxminlarga asoslanadi:

  1. bir necha muvozanat nuqtalari mavjud bo`lishi mumkin;

  2. muvozanat nuqtalari Pareto bo`yicha optimum nuqtalariga mos kelishi shart emas;

Download 366.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling