O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA
INNOVATSIYA VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
PSIXOLOGIYA FAKULTETI
SIRTQI BO’LIMI
INSTITUTSIONAL IQTISODIYOT
FANIDAN
NAZORAT ISHI
Mavzu: Mulkchilik huquqlarining iqtisodiy asoslari. Mulkchilik huquqlarining tasniflanishi
924-20 guruh talabasi: Xuddiyev E
Qabul qildi: Muxtorov B
Jizzax-2023
Reja
Kirish
Institutsional nazariyalarning paydo bo`lishi va rivojlanishi tarixi
Institutsionalizmning metodologik asoslari va institutsional tahlilda boshlang`ich nuqta masalasi
Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati
Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar.
Kirish
Har qanday jamiyat institutsional muhitini tashkil etuvchi ma’lum bir institutlar doirasida faoliyat yuritadi va rivojlanib boradi.
O`zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilidan boshlab besh tamoyil asosida1 bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar jarayonida ijtimoiy- iqtisodiy hayotning barcha sohalarida o`zgarishlarga erishildi, iqtisodiyotning yangi xo`jalik yurituvchi sub’ektlari – yirik aksiyadorlik jamiyatlari, xolding kompaniyalar va xususiy mulkchilikning turli shakllari barpo etildi. Shu bilan bir vaqtda ular faoliyat yuritishini belgilovchi rasmiy qoidalar (konstitutsiya, qonunlar, farmonlar va b.)ni hamda milliy qadriyatlar, urf-odatlar va boshqa norasmiy normalarni o`z ichiga oluvchi institutsional asoslar yaratildi. Ana shular jamiyatda mulkchilik, ishlab chiqarish va taqsimot munosabatlarini takomillashuviga, moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga kuchli ta’sir ko`rsatadi.
Shu bois institutsional muhitni faollashtirish, faoliyat ko`rsatayotgan iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlarini bilish, uni modernizatsiya qilish yo`llarini tanlash va xavf-xatarning oldini olishning samarali vositasi zarur. Ana shunday vositalardan biri bo`ib intistutsional iqtisodiyot hisoblanadi.
Institutsional iqtisodiyot – bu iqtisodiy nazariya va xo`jalik amaliyotini institutsional o`zgarishlarning o`zaro bog`liqligida o`rganuvchi zamonaviy iqtisodiy fikrlarning ilmiy yo`nalishlaridan biridir. Ushbu yo`nalish G`arb mamlakatlari iqtisodiyoti rivojlanishi, talab va taklif qonunlarining ishlashi, xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning hulq-atvori, bozor va ma’muriy mexanizmlarning faoliyat ko`rsatishi, iqtisodiy o`sish va shu kabi boshqa bir qator jarayonlar va hodisalarni o`rganishda keng tatbiq etib kelinmoqda.
Shularni hisobga olganda ushbu nazariyani keng o`rganish va undan O`zbekiston iqtisodiyotida institutsional islohotlarni kengaytirish hamda barqaror iqtisodiy o`sishni ta’minlashni muhim nazariy asosi sifatida foydalanish mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda institutsional iqtisodiyot fani iqtisodiy nazariyaning uzviy bir yo`nalishi sifatida dadil maydonga chiqdi. Ushbu fan Rossiya, Ukraina, Boltiq bo`yi va boshqa qator o`tish iqtisodiyotiga ega bo`lgan mamlakatlarning iqtisodiyot yo`nalishida kadrlar tayyorlovchi oliy o`quv yurtlarida keng o`qitilmoqda va mazkur fan bo`yicha kafedralar tashkil etilgan.
E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur ma’ruzalar matnida neoinstitutsional nazariyaning metodologik asoslariga, asosiy qoidalariga, tamoyillariga, ushbu yo`nalish vakillarining ilmiy qarashlariga, jamiyatdagi rasmiy qoidalar va norasmiy normalarni muvofiqlashtirish muammosiga, norasmiy institutlarning roliga muhim ahamiyat berilgan.
Shuningdek, ma’ruzalar matnida institutsional iqtisodiyotning tadqiqot usuli sifatida o`yinlar nazariyasi va modellashtirish tavsifiga, reja va bozor institutlari
faoliyati normalari hamda shartnomalar xillariga e’tibor qaratilgan. Transaksiya va transaksiya xarajatlari nazariyasi, transformatsion yondashuvning o`ziga xos xususiyatlari va uning ahamiyati hamda tahliliy usullari izohlab berilgan. Qo`llanmada institutlarni yangi institutsional muhitga joriy etish jarayonlarini o`rganishga keng o`rin ajratilgan.
Ushbu ma’ruzalar matnining asosini T.Veblen, R.Kouz, D.Nort, O.Uilyamson, T.Eggertson kabi institutsionalizmning jahonda tan olingan asarlariga tayangan Mustaqil davlatlar hamdo`stligi mamlakatlari olimlarining so`nggi yillar mobaynida chop etilgan neoinstitutsional nazariya doirasidagi tadqiqotlarning yangi yo`nalishlarini belgilab bergan ilmiy ishlari tashkil etadi. Bu yerda gap, birinchi galda, Rossiyalik olimlar A.N.Oleynik, R.I.Kapelyushnikov, V.M.Polterovich, V.L.Tambovsev, A.Ye.Shastitko hamda O`zbekistonda o`tish davri iqtisodiyotida mulkchilik huquqi, institutsional islohotlar, transaksiya va shartnomalar, xufyona va norasmiy iqtisodiyot nazariyalari bilan bog`liq bo`lgan X.Abulqosimov, A.Bekmurodov, I.Butikov, A.Rasulev, A.Ortiqov, T.Shodiyev, Sh.Shodmonov, A.Isaxodjayev, N.Yusupova, R.Yaushev, A.Qodirov, S.G`ulomov va boshqalarning ishlari haqida borayapti.
Ushbu ma’ruzalar matnining paydo bo`lishida ko`p jihatdan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kutubxonasida jamlangan institutsional iqtisodiyot bo`yicha xorijiy, xususan, Rossiyada chop etilgan ilmiy monografiyalar, darsliklar va o`quv qo`llanmalardan keng foydalanish imkoniyati muhim rol o`ynadi. Ma’ruzalar matnining mazmun-mohiyatini yanada boyitish va uni takomillashtirish yuzasidan bildirilgan xolisona fikrlarni muallifga DSQ Soliq akademiyasi “Iqtisodiy fanlar” kafedrasiga yo`llashingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |