Milliy uyg’onish davri adabiyotining o‘rganilishi


Download 218.65 Kb.
bet2/3
Sana29.03.2023
Hajmi218.65 Kb.
#1306365
1   2   3
Bog'liq
abdirimova Saida

Millatdan milliyatgacha bo'lgan yo'l uzun va murakkab yo'l, albatta. Lekin shunisi aniqki, Demokritdagi natio—millatdan XVIII asr Fransiyasidagi "National" — milliyatgacha bo'lgan davr bo'm-bo'sh bo'lgan emas. Millat-milliyat masalalari Sharqda ham ishlangan. Va agar bunga to'xtash lozim bo'lsa, gapni "Qur'on"dan boshlamoq kerak bo'ladi. Masalan "Qur'oni Karim"da bu so'z 11 surada 14 oyatda uchraydi. Jumladan, 2 (Baqara)-, 12 (Yusuf)-, 7 (A'rof)- suralarining har birida 2 martadan tilga olinadi va ularning ettitasida "millati Ibrohima" ("va man yarg'abau an millati Ibrohima...", 2-sura, 130-oyat) shaklida keladi va ma'lum bo'lganidek, din, shariat, mazhab ma'nolarini anglatadi. Qolgan etti o'rinda Hazrati Ibrohim tilga olinmasa-da, ahli tavhid bilan ahli mushrikni ajratish uchun ishlatiladiki, bu ham uning din-mazhab doirasida qolganini ko'rsatadi.

  • Millatdan milliyatgacha bo'lgan yo'l uzun va murakkab yo'l, albatta. Lekin shunisi aniqki, Demokritdagi natio—millatdan XVIII asr Fransiyasidagi "National" — milliyatgacha bo'lgan davr bo'm-bo'sh bo'lgan emas. Millat-milliyat masalalari Sharqda ham ishlangan. Va agar bunga to'xtash lozim bo'lsa, gapni "Qur'on"dan boshlamoq kerak bo'ladi. Masalan "Qur'oni Karim"da bu so'z 11 surada 14 oyatda uchraydi. Jumladan, 2 (Baqara)-, 12 (Yusuf)-, 7 (A'rof)- suralarining har birida 2 martadan tilga olinadi va ularning ettitasida "millati Ibrohima" ("va man yarg'abau an millati Ibrohima...", 2-sura, 130-oyat) shaklida keladi va ma'lum bo'lganidek, din, shariat, mazhab ma'nolarini anglatadi. Qolgan etti o'rinda Hazrati Ibrohim tilga olinmasa-da, ahli tavhid bilan ahli mushrikni ajratish uchun ishlatiladiki, bu ham uning din-mazhab doirasida qolganini ko'rsatadi.

Alisher Navoiy ham "millat" atamasini deyarli shu doirada qo'llaydi. Chunonchi: "Iso alayhissalom osmondin ingay, dag'i Dajjolni halok qilib, soyir milal ahlin xotimai nubuvva millatig'a dalolat qilg'ay". ("Tarixi anbiyo va hukamo"dan, 15-jild, 236-b.). Yoki: Gushtasp Zardo'sht dinin ixtiyor qilib, elni ham ul millatg'a kiyurdi. ("Tarixi muluki Ajam"dan. 14-jild,196-197-bb.).

  • Alisher Navoiy ham "millat" atamasini deyarli shu doirada qo'llaydi. Chunonchi: "Iso alayhissalom osmondin ingay, dag'i Dajjolni halok qilib, soyir milal ahlin xotimai nubuvva millatig'a dalolat qilg'ay". ("Tarixi anbiyo va hukamo"dan, 15-jild, 236-b.). Yoki: Gushtasp Zardo'sht dinin ixtiyor qilib, elni ham ul millatg'a kiyurdi. ("Tarixi muluki Ajam"dan. 14-jild,196-197-bb.).

Download 218.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling