Milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlik


Download 5.83 Mb.
bet1/3
Sana30.10.2023
Hajmi5.83 Mb.
#1734485
  1   2   3
Bog'liq
MMIX

Milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlik

SUYUNOV NARZULLA

MIH-81


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

Globallashuv jarayonlarining mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligiga ta’siri

Globallashuv jarayonlarining mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligiga ta’siri

XX asrning oxirgi choragida jahon hamjamiyatining iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalardagi rivojlanishi globallashuv jarayonlari ta’sirida amalga oshdi. Globallashuvning iqtisodiy mazmuni va mohiyati birinchi navbatda xo’jalik taraqqiyotining manbalari, omillari va shakllari bilan bog’liqdir. Bu yerda gap sarmoyalar, texnologiyalar, ishchi kuchi, intellektual va moliyaviy resurslar, boshqaruv va boshqalar to’g’risida ketmoqda. Ushbu jarayonlar xalqaro savdo va investitsiya hajmlarining o’sishi, jahon moliya bozorlari va ishchi kuchi bozorlarining misli ko’rilmagan tarzdagi diversifikatsiyasi, jahon xo’jalik aloqalarida transmilliy korporatsiyalar rolining oshishi, global raqobatning keskinlashuvida namoyon bo’lmoqda.

Globallashuv iqtisodiy taraqqiyotning industrial bosqichidan postindustrial bosqichiga o’tish davrining mahsuli bo’lib hisoblanadi. Demak, globallashuv jahon hamjamiyatining bugungi kundagi taraqqiyoti bosqichini ifodalovchi jarayondir. Jahon banki ma’lumotlariga ko’ra, 1995-yildayoq dunyo aholisining 90 foizi globallashuv jarayonlariga tortilgan.

“Globallashuv” iborasi birinchi marta 1983-yilda T. Levitt tomonidan qo’llangan. U “ko’pmillatli yirik korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan alohida mahsulotlar bozorlarining qo’shilib ketish hodisasini” globallashuv iborasi bilan ifodalagan.

Globallashuv – baynalmilallashuvning eng yangi bosqichi bo’lib, unda dunyo xo’jaligi yagona iqtisodiy organizmga aylana boshladi. Mamlakatlararo tovar va xizmatlar, kapital va axborot oqimlarining, xalqaro miqyosda mehnat resurslari harakatchanligining keskin o’sib borishi globallashuvning xarakterli xususiyatlaridan biridir. Keyingi davrlarda ishlab chiqarishning milliy bozorlarga emas, ko’proq dunyo bozorlariga yo’naltirilganligi dunyo iqtisodiyoti globallashuvining hozirgi bosqichini harakatlantiruvchi kuchi bo’lib hisoblanadi.


Download 5.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling