Milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlik
Download 5.83 Mb.
|
MMIX
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat
Beshinchi xususiyati – iqtisodiy jarayonlarning global muammolar, jumladan, resurslarning cheklanganligi, demografik vaziyatning va oziq-ovqat muammolarining keskinlashuvi, rivojlangan mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi texnologik va intellektual salohiyatdagi tafovutning chuqurlashuvi, daromadlar bo’yicha differensiatsiyaning kuchayishi, ekologik muammolarning keskinlashuvi bilan bog’liqligidir. Globallashuv tarafdorlari ushbu jarayonda ishtirok etadigan barcha mamlakatlar undan foyda ko’radi, degan fikrni bildiradilar. Lekin real hayotda global munosabatlarning ustunliklaridan asosan rivojlangan mamlakatlar manfaat ko’rmoqdalar, degan fikrlar ham mavjud.Globallashuv ma’lum ma’noda iqtisodiyotning qutblashuvini kuchaytiradi. Mashhur venger iqtisodchisi M.SHimaining hisob-kitoblariga ko’ra, 1995 yilda jahon YAIMning 80 foizi dunyo aholisining 14,5 foizi yashaydigan 24 mamlakat tomonidan, 15 foizi dunyo aholisining 31,5 foizi to’g’ri keladigan 63 mamlakat tomonidan o’zlashtirilgan. Jahon YAIMning bor yo’g’i 5 foizi dunyo aholisining yarmidan ko’pi, ya’ni 55,5 foizi istiqomat qiladigan 45 mamlakat tomonidan o’zlashtirilgan. 2005-yilda dunyo bo’yicha olingan daromadning bor yo’g’i 39 foizi dunyo aholisining 84 foizi yashaydigan jon boshiga eng past va o’rtacha daromadli mamlakatlar ulushiga to’g’ri kelgan. MDH hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotning bor-yo’g’i 4,1% to’g’ri keladi, yeI mamlakatlarining ulushi esa 24%ni tashkil etadi. .Globallashuv sharoitida mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligi – ko’p qirrali tushuncha bo’lib, hozircha uning yagona talqini qabul qilinmagan. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish va tashqi iqtisodiy aloqalar jadallik bilan chuqurlashib, milliy iqtisodiyotlarning baynalmilallashuvi kuchayib bormoqda. Bunday sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash nafaqat mamlakat darajasida, balki mintaqa darajasida ham eng muhim masalalardan biriga aylanib boradi.Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bir vaqtda, milliy iqtisodiyotlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan xavf-xatar va tahdidlarni ham vujudga keltiradi. Globallashuv jarayonlari kuchayib borgan sari bunday tahdidlar miqyosi kengayib, ularni bashorat qilish va bartaraf etish qiyinlashib boradi. Bir paytning o’zida ham dunyo hamjamiyatiga, ham alohida olingan konkret mamlakatga tahdid soladigan yangi global xavf-xatarlar vujudga keladi.E’tiboringiz uchun rahmatSUYUNOV NARZULLAMIH-81Download 5.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling