Milliy valyuta barqarorligini taminlashda markaziy bank tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar
International Conference on Developments in Education
Download 160.25 Kb. Pdf ko'rish
|
International Conference on Developments in Education
Hosted from Amsterdam, Netherlands https: econferencezone.org April 30 th 2022 92 1. Iqtisodiyotni pul-kredit dastagi yordamida boshqarish; 2. Hisob-kitob va pul oʻtkazish operasiyalarini bajarishni yoʻlga qoʻyish; 3. Tijorat banklari faoliyatini boshqarish va nazorat qilish; 4. Tijorat banklarining kassa zahiralarini jamgʻarish va saqlash; 5. Rasmiy oltin-valyuta zahiralarini saqlash; 6. Hukumat uchun hisob-kitob va kredit operasiyalarini bajarish; 7. Tijorat banklariga kredit berish; 8. Pul emissiyasi. Markaziy bank hukumatning rasmiy pul-kredit instituti sifatida namoyon boʻladi. Markaziy bank orqali davlatning iqtisodiy siyosati, yanada aniqrogʻi davlatning monetar siyosati olib boriladi. Monetar siyosat – pul-kredit tizimining iqtisodiyotni faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishiga jiddiy tarzda taʼsir koʻrsatish qobiliyatiga tayanadigan iqtisodiy siyosat boʻlib hisoblanadi. Monetar siyosat valyuta kursiga, foiz stavkalariga, bank tizimining umumlikvidlilik hajmiga va tabiiyki butun iqtisodiyotga taʼsir oʻtkazish uchun yoʻnaltiriladi. Bu vazifalarni echishda iqtisodiyotni barqaror oʻsishini hamda ishsizlik va inflyasiyani kamayishini taʼminlash maqsadi yotadi. Markaziy bank monetar siyosati ikkita asosiy siyosatdan iborat boʻlib, bular: pul-kredit siyosati va valyuta siyosatidir. Oʻz navbatida valyuta siyosati pul-kredit siyosatiga bevosita bogʻliq boʻlib, ikkala siyosat ham davlat iqtisodiy siyosatining ajralmas qismidir. Koʻpgina rivojlangan davlatlarda valyuta va pul-kredit siyosatini ajratishmaydi va bittagina termin – “Monetar siyosat” deb atashadi. Monetar siyosatning asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini taʼminlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona oʻrnatish asosida inflyasiya surʼatlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va iqtisodiyotning barqaror oʻsishini taʼminlashdan iborat. Monetar siyosatning asosiy maqsadidan kelib chiqib oraliq va pirovard maqsadlarni ajratish mumkin. Monetar siyosatni amalga oshirishning oraliq maqsadlari milliy valyuta kursining barqarorligini taʼminlash, muomaladagi pul massasi hajmini tartibga solish, moliya tizimining barqarorligini taʼminlash boʻlsa, pirovard maqsadlari iqtisodiy oʻsish, toʻliq bandlikni, baholarning hamda toʻlov balansining barqarorligini taʼminlashdan iborat. Monetar siyosatning oraliq maksadlariga erishish orqali pirovard maqsadlarga erishishni mumkin. Download 160.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling