Milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini toʻliq yoki qisman qayta tashkil etish


Download 34.44 Kb.
bet3/7
Sana02.04.2023
Hajmi34.44 Kb.
#1319988
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PUL ISLOHOTLARI

Kreditning foiz stavkasi.
Hozirgi kunda ko`pgina tijorat banklari qayta moliyalash stavkasini va jalb qilgan resurslarining bahosini hisobga olgan holda o`zlarining kredit siyosatiga muvofiq mustaqil o`rnatadi.
Kreditni qaytarish muddati.
Shartnomaga asosan kreditdan foydalanish muddati kelganda kredit olgan korxona muddatida kreditni qaytarmasa, muddati o`tgan qarz hisob raqamiga chiqariladi. Har oyning birinchi kuniga har oy uchun olinadigan foiz summasini o`z vaqtida to`lab bormasa, muddati o`tgan foiz hisoblanib boriladi. Kredit uchun olinadigan foiz bir necha marta muddati o`tgan foiz hisob raqamiga chiqsa, bank kreditni muddatidan oldin yopishga farmoyish beradi. Barcha ssuda operatsiyalari shu hisob raqam orqali olib boriladi. Kredit summasi bankning o`z mablag`lari hisobidan vakillik hisob raqami orqali to`lab beriladi.
Respublikamizda qisqa muddatli kreditlash va umuman tijorat banklari tomonidan kredit berish "Banklar va bank faoliyati to`g`risida"gi Qonunga asosan olib boriladi. Banklar tomonidan kredit berish kreditlashning asosiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Ular quyilagilardan iborat:

  1. Kreditning maqsadliligi.

  2. Kreditning ta`minlanganligi.

  3. Kreditning muddatliligi.

  4. Kreditning qaytarilishi.

  5. Kreditning to`lovliligi.

Kreditning ushbu tamoyillari va mijozning balansi asosida moliyaviy ahvoli va kreditga layoqatliligi aniqlanib mijoz bilan bank o`rtasida kredit shartnomasi tuziladi.
Kredit shartnomasi huquqiy jihatdan bir qator xususiyatlarga ega. O`zining huquqiy tabiatiga ko`ra kredit shartnomasi tomonlarning maqsadlarini va shu maqsadlarning amalga oshishini birlashtiradi. Maqsad sifatida kredit shartnomasi bankning ma`lum shartlar asosida ssuda berish roziligi va qarz oluvchining uni ma`lum davrdan so`ng qaytarib berishga tayyorligini aks ettiradi. Maqsadlarning bajarilishi sifatida kredit shartnomasi ssuda berish va to`lash bo`yicha aniq harakatni ko`zda tutadi. Mijozning ssudani qaytarish bo`yicha majburiyatlari shartnomani imzolashdan oldin amalga oshirilgan bo`lsa ham, faqatgina ssuda olingandan so`ng paydo bo`ladi. Kredit shartnomasi, shuningdek, kredit bitimining iqtisodiy shartlarini tartibga soladi. U bir tomondan mijoz talabining to`laroq hisobini, ikkinchi tomondan esa, bankni kredit riskidan saqlashning muvofiq mexanizmini ta`minlab beradi.
Har bir kredit shartnomasida uning predmetini aniqlovchi punkt bo`ladi. Lekin uning tarkibi mijozlar talabiga qarab turlicha bo`lishi mumkin.
Kredit shartnomasi qarz shartnomasining bir turi hisoblansada, u qarz shartnomasidan farq qiladi. Bu farqni quyidagi jadvalda ko`rish mumkin.

Kredit shartnomasi (Fuqarolik kodeksining 744 - 748 moddalari)

Qarz shartnomasi (Fuqarolik kodeksining 732 - 743 moddalari)

Asosan banklar, boshqa kredit tashkilotlari kredit berishi mumkin

Barcha jismoniy va yuridik shaxslar boshqa shaxslarga qarz berishi mumkin

Bankdan kredit sifatida faqat pul mablag`lari beriladi

Qarz sifatida esa pul mablag`lari va boshqa ashyolar berilishi mumkin

Doimo yozma shaklda tuzilishi kerak

Ba`zi hollarda qarz shartnomasi og`zaki shaklda ham tuzilishi mumkin

Kredit shartnomasi konsensual shartnomadir

Qarz shartnomasi real shartnomadir, ya`ni u pul yoki ashyolar qarz oluvchiga topshirilishi bilan tuzilgan hisoblanadi

Kreditor tomonidan qarz oluvchiga, hatto shartnoma tuzilgandan keyin ham kredit summasi butunlay yoki qisman berilmasligi mumkin

Qarz beruvchi qarz oluvchiga qarz summasini berishdan bosh tortishga haqli emas, chunki qarz summasi berilmagan taqdirda, qarz shartnomasi tuzilmagan bo`lib qoladi

Bank bilan mijoz o`rtasida kredit shartnomasini tuzishda barcha shartnomalar uchun zarur bo`lgan quyidagi asosiy talablar inobatga olinsa maqsadga muvofiq bo`lishi mumkin:



  1. barcha huquq va manfaatlarni to`liq himoya qilish imkonini beruvchi, barcha holat va vaziyatlar uchun to`g`ri keluvchi universal shartnomalar shakli mavjud emas. Barcha holat va vaziyatlarni o`z ichiga qamrab oladigan shartnoma shaklini ishlab chiqish imkoni yo`q;

  2. shartnoma (bizning holatda kredit shartnomasi) - individual xarakterga ega bo`lgan rasmiy yuridik hujjatdir;

  3. aniq kredit shartnomasini tuzishda, kredit olish uchun murojat qilgan mijozlarga alohida (individual tarzda) yondashib, ularning huquqiy maqomi, tashkiliy - huquqiy shakli va kreditlanayotgan loyihaning xususiyatiga e`tibor berilishi maqsadga muvofiqdir.

Shartnoma tuzish jarayoniga yuridik va iqtisodiy jihatdan puxta, aniq, talab darajasida ijodiy yondashishi kerak.

KREDIT TURLARI VA SHAKLI


Kreditning mohiyati, ahamiyati va zaruriyati. Kreditning imkoniyati. Kreditning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o’rni. Kredit rivojlanishining asosiy bosqichlari. Kreditning funksiyalari. Kredit resurslari. Kreditning asosiy tamoyillari. Kreditning asosiy shakl va turlari. Bank, iste’mol va tijorat kreditining turlari. Moliya – kredit resurslari bozori. Fond birjasi. Birja faoliyatining asosiy tamoyillari. Kreditning chegaralari. Kredit foizi va unga ta’sir etuvchi omillar.
1. Kreditning mohiyati, zururiyati, funksiyalari va uning bozor iqtisodiyotidagi o’rni.
Ma’lumki, jamiyat faoliyatining asosini ishlab chiqarish tashkil etadi. Ishlab chiqarishni o’zluksizligini ta’minlashda esa kreditning o’rni muhim hisoblanadi.
Boshqacha aytganda korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishida ishlab chiqarish jarayonining o’zluksizligini ta’minlash, korxonaning asosiy va aylanma fondlarining aylanishini to’xtab kolishiga yo’l qo’ymaslik, korxonalarni moliyaviy resurslari bilan ta’minlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda, sotilgan tovar uchun to’lov summmasini olish va boshqa obyektiv va subyektiv sabablar kreditning zarurligiga olib keladi.
Kredit (lotincha – ishonish – verit, doveryatsya) deganda o’z egalari qo’lida vaqtincha bo’sh turgan ayrim qiymat yoki pul mablag’larining boshqalar tomonidan ma’lum muddatga xaq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
Kredit qadimdan ma’lum bo’lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo bo’lgan bo’lib, u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan boђliq. Bunga sabab haridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo’lmaydi, u tovar sotilsa tushadi, tovar sotuvchi esa uni tushishini kutib turolmaydi (shu davrda tovarning qiymati tushib ketishi, sifati pasayishi mumkin.). Shu va boshqa xolatlar tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan. Kredit tovar ishlab chiqarishning va tovar muomilasining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi va uning rivojlanishi bilan boђliq. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi kredit paydo bo’ldi.
Keyinchalik kredit berish mustaqil faoliyatga aylanib, uning asosiy funksiyasi bo’lib pul egalari va unga vaqtincha muxtoj bo’lganlar o’rtasidagi vositachilikdir. Ќozir bu faoliyat maxsus malaka va texnikaga ega bo’lgan maxsus ixtisoslashgan muassasalar-banklar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Kreditning imkoniyati va zarurligi shu bilan bog’liqki korxonalar mahsulot sotishda, xodimlarga mehnat xaki hisoblanganda, korxona va jismoniy shaxslar o’z pullarini banklarda saklashi va boshqa xollarda vaqtinchalik bo’sh bo’lgan pul mablag’lari bo’lgani xolda boshqa korxona va tashkilotlarda o’z faoliyatlarini o’zluksizligini ta’minlash uchun tegishli pul mablag’iga ehtiyoj sezadi. Bu xolat qishloq xo’jalik korxonalariga ham tegishli bo’lib, bu ishlab chiqarishni mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish vaqti bilan uni sotish xajmini ko’pchilik mahsulotlar bo’yicha mos kelmasligi, sotilgan mahsulotlarga pulni o’z vaqtida kelib tushmasligi va boshqa xolatlar ularni kreditdan foydalanishni takozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyatini oshishi quyidagilar bilan bog’liq:
1. Naqd puldan foydalanishni kamaytirib, muomila harajatlarini, pul emissiyasini kamayishini ta’minlaydi.
2. Korxonalar va axolining vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari kredit muassasalarida saqlanishi tufayli ulardan unumli foydalanish ta’minlanadi.
3. Bank muassasalariga tuplangan pullar xalq xujaligi tarmoqlari, korxonalarning asosiy va aylanma mablaglarining tuldirishning qarzga olingan manbai sifatida muhim ahamiyatga ega.
4. Kredit tufayli xujaliklar urtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi ta’minlanadi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining o’zluksizligi ta’minlanadi va boshqalar.
Ijtimoiy iqtisodiy tizimda kreditning o’rni va roli u bajarayotgan funksiyalar bilan aniqlanadi. Kreditning funksiyasi – bu kreditning iqtisodiyotdagi faoliyatining muayyan ravishda namoyon bo’lishidir.
Kreditning funksiyalari:
1. Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish. Bunda kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki, kreditor qarz oluvchiga resurslarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu resurslarni ishlatadi va bunda qarzga beriluvchi qiymat kreditor va qarz oluvchi o’rtasida aylanadi.
2. Qayta taqsimlash. Kredit takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlariga – ta’minot, ishlab chiqarish, taksimlash, muomila va iste’molga xizmat kiladi.
Ushbu funksiya yordamida korxonalar, tashkilotlar, davlat va shaxsiy sektorning bo’sh pul mablag’lari va daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga, muayyan to’lov asosida beriladi. Bu funksiya yordamida ishlab chiqarishdagi proporsiyalar va pul kapitali harakati boshqarilib turiladi.
3. Muomila harajatlarini tejash. Bu funksiya yordamida nakt pulsiz hisob-kitoblar rivojlantirilib, hisob-kitoblarni tezligini va kam harajatliligi ta’minlanadi. Kapitalning muomilada bo’lish vaqtini tejalishi uning ishlab chiqarishda bo’lish vaqtini oshiradi va ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydani ortishiga olib keladi.
4. Kapital to’planishining jadallashuvi va markazlashuvi. Kapital to’planishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va xo’jalik yurituvchi subyektning o’z maqsadiga erishishining muhim sharti hisoblanadi. Bu ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kredit yordamida katta xajmdagi mablag’ga ega bo’lishga imkon yaratadi. Ushbu funksiya xozirgi sharoitda rejali iqtisodiyot davrida rivojlanmagan va mablag’lar bilan ta’minlanmagan faoliyat jabhalarini moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash jarayonini sezilarli tezlashtiradi.
5. Muomilaga to’lov vositalarini chiqarish. Bu funksiyani amalga oshirish jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki pul muomilasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib chiqarib, to’lovlar aylanishining tezlashuviga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Kredit tufayli pul muomilasi doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni, naqd pulsiz hisob-kitoblarga almashtiradi. Bu esa ichki va tashki bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani hal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashinishining kerakli elementi sifatida muhim o’rin tutadi.
Kreditning obyekti -  bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga beriladigan qiymatdir. Boshqacha aytganda kredit aynan qaysi maqsad uchun berilsa, shu kredit obyekti hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida banklar dehqonchilik va chorvachilik harajatlari - mineral o’g’it, yoqilg’i va moylash materiallari va boshqa harajatlar kreditlanadi. Kredit munosabatlarining subyektlari bo’lib (qarz beruvchi) va qarzdor (qarz oluvchi)lar hisoblanadi.
Boshqacha aytganda kreditlash subyektlari bo’lib davlat korxona va tashkilotlari, qurilish tashkilotlari, savdo tashkilotlari, fermer va shirkat xo’jaliklari, yakka mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar, qo’shma korxonalar, mikro firmalar, birlashmalar, tijorat banklar va boshqalar hisoblanadi.
Yuqoridagi subyektlar kredit oluvchi sifatida faoliyat ko’rsatsa, tijorat banklari yoki boshqa kredit muassasalari kredit beruvchi subyekt sifatida namoyon bo’ladi.

2. Kredit munosabatlari rivojlanishining asosiy bosqichlari. Kredit resurslari.


O’zining tarixiy rivojlanishida kredit quyidagi bosqichlarni bosib o’tgan:
Boshlang’ich shakllanish. Bu bosqichning asosiy belgisi ssuda kapitali bozorida maxsus vositachilarning yo’qligi. Kredit munosabatlari, bo’sh pul mablag’larining egasi va qarz oluvchi o’rtasida bevosita amalga oshirilgan. Bu yerda kredit sudxo’rlik kapitali sifatida namoyon bo’ladi. Uning harakterli xususiyati bo’lib:
- Qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasida to’g’ridan to’g’ri kelishuvga asoslangan qarz munosabatlarining to’liq markazlashmaganligi.
- Mablag’larni taqsimlashning cheklanganligi.
- Qarz mablag’laridan foydalanganligi uchun juda yuqori foiz normalarining belgilanganligi va boshqalar.

PUL AGREGATLARI


Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomilasini qonuniy va
mutonosib ravishda tashkil qilishda qullaniladigan uslublar mujmuasi tushuniladi.
Xozirgi pul tizimi XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi munosabati bilan shakllangan, biroq uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan.
Pul tizimi quyidagi asosiy elementlari o’z ichiga oladi.
1. Pul birligi, so’m, rubl va boshqalar.
2. Baho masshtabi-dastlab u pul birligining oltinga teng qismi sifatida, hozir jahon pullariga nisbati.
3. Pulning turlari. Šiymatni o’zida ifodalanishiga ko’ra pullar ikki turga xaqiqiy va xaqiqiy pulni o’rnini bosuvchi pullarga bo’linadi.
Xaqiqiy pullar nominal qiymatini uzida ifodalovchi real qiymatga ega bo’lgan metal pullar bo’lib ular har xil shakllarda chiqarilgan. Šoђoz pullar xaqiqiy pullarning vakili bo’lib pulning muomila funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.
Umuman pullar qo’yidagi turlarga bo’linadi
1. Šoђoz pullar
2. Kredit pullar. Kredit pullar qoђoz pullardan farq qilib ular bir vaqtni o’zida qiymatni ifodalaydi va u kredit xujjat bo’lib, kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarga davlat banki biletlari, veksel, banknot, chek, kredit kartochkasi va boshqalar kiradi.
3. Tangalar asosan nekel va bronzadan tayyorlanadi. Tarixiy ma’lumotlarga kura birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, VII asrlarda xozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiyev rusida zarb kilingan. Dastlab tangalar oltindan, keyinchalik ular boshqa metallda zarb kilingan.
Šoђoz pullar tarixiy manbalarga kura XII-asrda Xitoyda, 700-yillarda kumush tangalar chiqarilgunga kadar Buxoro davlatida kogoz puldan foydalanilgan. Amerika va Yevropada qoђoz pullar XVII-XVIII asrlarda chiqarilgan
4. Emissiya tizimi - Bu muomiladagi bank biletlari, xazina biletlari, qoђoz pular va qimmatli qoђozlarni chiqarishdir. Buni Markaziy bank amalga oshiradi. Šimmatli qoђozlarni ularni emitentlari - davlat, banklar, xissadorlik jamiyatlari chiqaradi.
5. Muomiladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasi- Markaziy bank.
Pul tizimining tarixan 2 turi mavjud.
1. Metall pullar tizimi.
2. Kredit va kogoz pullar tizimi. 
Metal pullar tizimi bimetalizm (oltin va kumushni qonuniy tartibda umumiy ekvivalent ekanligi) va monometalizm (fakat ularni birini umumiy ekvivalentligi) turlariga bo’linadi.
Muomiladagi pullarning asosiy qismini qoђoz pullar tashkil qiladi. Šoђoz pullardan foydalanilishiga sabab:
a) Šimmatbaho metallar, xususan oltin tanga pullarni real va nominal qiymatlari o’rtasidagi farqni vujudga kelishi. Masalan. 10 grammlik tanga faydalanilishi tufayli 7 grammga kelgan.
b) Ba’zi mamlakatlarda pulni real va nominal qiymatlari to’ђri bo’lmagan qalbaki tangalarni chiqarilishi.
v) Metal pullarni bo’zilishi, yo’qolishi davlat xazinasiga qimmatga tushadi. Šoђoz pulni chiqarish bunga nisbatan arzonga tushadi.
Ravojlangan mamlakatlarning pul tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi.
1. Pul birligi.
2. Valyuta kursini belgilovchi qoidalar.
3. Baho masshtabi.
4. Pul ko’rinishlari – kredit biletlari, qoђoz pul va tanga.
5. Emissiya tizimi
6. Davlat yoki kredit apparati.
Rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul tizimi quyidagi xususiyatlarga ega.
- Oltinga almashilmaydigan, keyinchalik qoђoz pul aylanadigan, kredit pullarga o’tish.
- pulni muomilaga nafaqat xo’jaliklarni banklar tomonidan kreditlash, balki davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqarish.
- pul muomilasida naqd pulsiz aylanishning ustunligi
- pul muomilasini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi.
Shu kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning, hatto ayrim mamlakatlar pul tizimi o’ziga xos xususiyatlarga ega.

Download 34.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling