Milliy viza: ariza blankini to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatma


Download 19.11 Kb.

Sana21.07.2017
Hajmi19.11 Kb.

Milliy viza: ariza blankini to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatma

Ariza blankini to‘liq va haqqoniy to‘ldirish shartligini inobatga olishingizni so‘raymiz. Bergan 

ma’lumotlaringiz haqqoniy ekanligini Siz o‘z imzoingiz bilan ham tasdiqlaysiz. Arizani 

to‘ldirayotganda, bo‘sh kataklar qoldirmang. Agar biror-bir savol sizga taalluqli bo‘lmasa, 

«yo‘q» yoki «tegishli emas», deb yozing.

Ariza blanki nemis tilida to‘ldirilishi lozim. Familiyangizismingiz va tug‘ilgan joyingizni 

o‘z pasportingizda ko‘rsatilganidek yozing. 

1-band: Tug‘ilgan vaqtingizdagi familiyangiz

Sizga tug‘ilgan vaqtingizda berilgan familiyani qayd eting. U familiyangizni o‘zgartirish 

jarayonida, nikohdan o‘tish va shu kabi sabablarga ko‘ra o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin, 

shu jumladan, erkaklarda ham. 



4-band: Tug‘ilgan davlatingiz

Ushbu bandda Siz o‘zingiz tug‘ilgan aholi punkti va davlat nomini yozishingiz lozim. Agar 

Siz 1992 yilgacha tug‘ilgan bo‘lsangiz, unda SSSR, deb yozasiz.  

5-band.: Fuqarolik

Ayni paytdagi fuqaroligingiz va avvalgi barcha fuqaroliklaringizni qayd eting. Agar avval 

Sovet fuqaroligiga ega bo‘lgan bo‘lsangiz, uni ham albatta ko‘rsatishingiz lozim. Odatda, 

Sizning javobingiz quyidagicha bo‘ladi: hozirgi vaqtda: O‘zbekiston, avvalgi fuqarolik: 

SSSR. 

6-band: Oilaviy holat

Albatta ayni vaqtdagi oilaviy holatingizni ko‘rsating. Yosh bolalar uchun esa «uylanmagan» 

yoki «turmushga chiqmagan», deb qayd etilishi lozim.

7- va 8-bandlar: Umr yo‘ldoshingiz va farzandlar

Umr yo‘ldoshingiz va farzandlaringiz haqidagi ma’lumotlar har doim talab qilinadi. Bundan 

tashqari, Siz bilan birga safarga chiqayotgan har bir bola uchun alohida ariza 

topshirishingiz kerakligini nazarda tutishingizni so‘raymiz.



9- va 10-bandlar: Ota-onangizning ismi-familiyasi

Siz balog‘at yoshiga to‘lgan bo‘lsangiz ham yoki ota-onangiz dunyodan o‘tgan bo‘lishsa 

ham, ularning ismi-familiyasini qayd etishingizni so‘raymiz.  

11-band: Fuqaro pasporti

Odatda, ushbu bandda «milliy pasport», deb ko‘rsatiladi. Agar siz bir nechta amaldagi 

pasport egasi bo‘lsangiz (ikkinchi fuqarolik pasporti, diplomatlik pasporti, dengizchi 

pasporti), unda aynan safar davomida ishlatadigan pasportingiz haqidagi ma’lumotlarni 

kiriting. Viza bo‘limiga murojaat etganingizda, mavjud barcha pasportlaringizni ko‘rsating 

(agar Sizda shunday bo‘lsa).



12-band: Qaytib kelish huquqi

Bu yerda gap Sizning o‘z pasportingiz yoki safarga beriladigan hujjat bilan ortiqcha 

rasmiyatchiliksiz O‘zbekistonga qayta olish-olmasligingiz haqida ketmoqda (bu, 

avvalambor, uchinchi davlat fuqarolari uchun ahamiyatlidir). Agar Siz O‘zbekiston 

Respublikasining amaldagi fuqaro pasporti egasi bo‘lsangiz va O‘zbekiston hududida 

doimiy yashash uchun ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, unda ushbu bandga ma’lumot 

kiritishingiz shart emas. Agar Siz O‘zbekiston emas, balki, boshqa davlat fuqarosi 

bo‘lsangiz, unda O‘zbekistonda yashash huquqini beruvchi ruxsatnomaning raqami va 

turini ko‘rsatishingiz kerak. 

13-band: Kirish sanasi

Bu savolga Siz javob bermaysiz, shuning uchun, «tegishli emas», deb yozasiz.



14-band: Germaniyaga amalga oshirilgan avvalgi safarlar

Avvallari ko‘p marotaba Germaniyaga safar qilgan bo‘lsangiz, «ko‘p marotaba», deb yozib, 

keyin esa yillarni ko‘rsatib o‘tishingiz yetarlidir. Oxirgi safarlar aniq qayd etilishi lozim.

15-band: Borib turish ko‘zda tutilgan manzil

Siz rejalashtirgan turar joyingizning to‘liq manzilini ko‘rsating. Sizning arizangiz Chet elliklar 

masalalari bo‘yicha idoraning hududiy bo‘limiga yuboriladi. Shu sababli, manzilni aniq 

ko‘rsatish shart. Agar Siz borib turadigan joy manzilini (aholi punkti, ko‘cha nomi, uy 

raqami) hali aniq bilmasangiz, u holda Sizga vaqtincha joy beruvchi shaxsning yoki Sizga 

turar joy topishda ko‘maklashadigan shaxsning manzilini ko‘rsating.  



16-band: Ko‘chib o‘tgan  

Bu savolga Siz javob bermaysiz, shuning uchun, «tegishli emas», deb yozasiz.



18-band: Safari rejalashtirilgan oila a’zolari

Siz bilan birga safar qilishi rejalashtirilgan oila a’zolaringizning barchasini qayd eting. 

Bunday hollarda har bir oila a’zosiga alohida ariza blanki to‘ldirilishi shartligini inobatga 

oling. 


19-band: Germaniya hududida joylashish

Bu savolga Siz javob bermaysiz, shuning uchun, «tegishli emas», deb yozasiz.



20-band: Germaniyaga taklif qiluvchi tashkilot manzili 

Siz Germaniyada biror bir faoliyat olib borishni rejalashtirayotgan bo‘lg‘usi ish 

beruvchingizning, o‘quv maskanining va shu kabilarning manzilini ko‘rsating. Ayni paytda 

O‘zbekistonda olib borayotgan mehnat faoliyatingiz haqidagi ma’lumotlar keltirilishi shart 

emas.  

23-band: Germaniya hududida bo‘lishning rejalashtirilgan muddati

Germaniya hududida qancha vaqt mobaynida bo‘lishni rejalashtirayotganingiz haqida 

ma’lumot keltiring. Agar doimiy yashash uchun ko‘chib ketayotgan bo‘lsangiz (masalan, 

oila a’zolarining qayta birlashishi, mustaqil ish faoliyati), unda «doimiy», deb yozing.



24-band: Yashash uchun zarur bo‘lgan mablag‘

Ushbu bandda Siz Germaniyada bo‘lish davomida yashash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni 

qanday topishingiz va yuzaga keladigan boshqa xarajatlarni qaysi yo‘l bilan qoplashingiz 


haqida ma’lumot keltirishingiz lozim. Yashash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ 

kafolatlanganini tasdiqlash uchun qanday hujjatlarni taqdim etish lozimligi haqidagi 

eslatmalarimizga e’tibor bering.  

25-, 26- va 27-bandlar: Sudlanganlik, davlat hududidan chiqarib yuborish, 

deportatsiya 

To‘liq va haqqoniy javob bering. Yolg‘on yoki to‘liqsiz ma’lumotlar viza so‘rovnomangizning 

rad etilishiga olib keladi va davlat hududida bo‘lish uchun berilgan ruxsatnomaning o‘tgan 

sana bilan bekor qilinishiga ham sabab bo‘ladi.



Manzil

Siz doimiy yashash uchun ro‘yxatdan o‘tgan hamda aslida yashab kelayotgan 

manzillaringizni, agar ular bir-biridan farq qilsa, ko‘rsatib o‘ting. Siz bilan kun davomida 

bog‘lanish mumkin bo‘lgan telefon raqami va elektron pochta manzilini (mavjud bo‘lsa) 

ham yozing (lozim bo‘lsa, mobil telefoningiz raqamini ham).   

Imzo 

Ariza blankiga arizachining shaxsan o‘zi imzo qo‘yishi lozim. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar 

uchun ota-onalik (vasiylik) huquqiga ega shaxslar imzo qo‘yadi. 16 yoshga to‘lgan bolalar 

arizani o‘zlari imzolashlari shart. 



Document Outline

  • Milliy viza: ariza blankini to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatma


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling