Milliy viza: ariza blankini to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatma
Download 19.11 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-band: Tug‘ilgan davlatingiz
- 7- va 8-bandlar: Umr yo‘ldoshingiz va farzandlar
- 9- va 10-bandlar: Ota-onangizning ismi-familiyasi
- 12-band: Qaytib kelish huquqi
- 13-band: Kirish sanasi
- 15-band: Borib turish ko‘zda tutilgan manzil
- 16-band: Ko‘chib o‘tgan
- 19-band: Germaniya hududida joylashish
- 23-band: Germaniya hududida bo‘lishning rejalashtirilgan muddati
- 24-band: Yashash uchun zarur bo‘lgan mablag‘
- 25-, 26- va 27-bandlar: Sudlanganlik, davlat hududidan chiqarib yuborish, deportatsiya
Milliy viza: ariza blankini to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatma Ariza blankini to‘liq va haqqoniy to‘ldirish shartligini inobatga olishingizni so‘raymiz. Bergan ma’lumotlaringiz haqqoniy ekanligini Siz o‘z imzoingiz bilan ham tasdiqlaysiz. Arizani to‘ldirayotganda, bo‘sh kataklar qoldirmang. Agar biror-bir savol sizga taalluqli bo‘lmasa, «yo‘q» yoki «tegishli emas», deb yozing. Ariza blanki nemis tilida to‘ldirilishi lozim. Familiyangiz, ismingiz va tug‘ilgan joyingizni o‘z pasportingizda ko‘rsatilganidek yozing.
Sizga tug‘ilgan vaqtingizda berilgan familiyani qayd eting. U familiyangizni o‘zgartirish jarayonida, nikohdan o‘tish va shu kabi sabablarga ko‘ra o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin, shu jumladan, erkaklarda ham. 4-band: Tug‘ilgan davlatingiz Ushbu bandda Siz o‘zingiz tug‘ilgan aholi punkti va davlat nomini yozishingiz lozim. Agar Siz 1992 yilgacha tug‘ilgan bo‘lsangiz, unda SSSR, deb yozasiz.
Ayni paytdagi fuqaroligingiz va avvalgi barcha fuqaroliklaringizni qayd eting. Agar avval Sovet fuqaroligiga ega bo‘lgan bo‘lsangiz, uni ham albatta ko‘rsatishingiz lozim. Odatda, Sizning javobingiz quyidagicha bo‘ladi: hozirgi vaqtda: O‘zbekiston, avvalgi fuqarolik: SSSR.
Albatta ayni vaqtdagi oilaviy holatingizni ko‘rsating. Yosh bolalar uchun esa «uylanmagan» yoki «turmushga chiqmagan», deb qayd etilishi lozim.
Umr yo‘ldoshingiz va farzandlaringiz haqidagi ma’lumotlar har doim talab qilinadi. Bundan tashqari, Siz bilan birga safarga chiqayotgan har bir bola uchun alohida ariza topshirishingiz kerakligini nazarda tutishingizni so‘raymiz. 9- va 10-bandlar: Ota-onangizning ismi-familiyasi Siz balog‘at yoshiga to‘lgan bo‘lsangiz ham yoki ota-onangiz dunyodan o‘tgan bo‘lishsa ham, ularning ismi-familiyasini qayd etishingizni so‘raymiz.
Odatda, ushbu bandda «milliy pasport», deb ko‘rsatiladi. Agar siz bir nechta amaldagi pasport egasi bo‘lsangiz (ikkinchi fuqarolik pasporti, diplomatlik pasporti, dengizchi pasporti), unda aynan safar davomida ishlatadigan pasportingiz haqidagi ma’lumotlarni kiriting. Viza bo‘limiga murojaat etganingizda, mavjud barcha pasportlaringizni ko‘rsating (agar Sizda shunday bo‘lsa). 12-band: Qaytib kelish huquqi Bu yerda gap Sizning o‘z pasportingiz yoki safarga beriladigan hujjat bilan ortiqcha rasmiyatchiliksiz O‘zbekistonga qayta olish-olmasligingiz haqida ketmoqda (bu, avvalambor, uchinchi davlat fuqarolari uchun ahamiyatlidir). Agar Siz O‘zbekiston Respublikasining amaldagi fuqaro pasporti egasi bo‘lsangiz va O‘zbekiston hududida doimiy yashash uchun ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, unda ushbu bandga ma’lumot kiritishingiz shart emas. Agar Siz O‘zbekiston emas, balki, boshqa davlat fuqarosi bo‘lsangiz, unda O‘zbekistonda yashash huquqini beruvchi ruxsatnomaning raqami va turini ko‘rsatishingiz kerak.
Bu savolga Siz javob bermaysiz, shuning uchun, «tegishli emas», deb yozasiz. 14-band: Germaniyaga amalga oshirilgan avvalgi safarlar Avvallari ko‘p marotaba Germaniyaga safar qilgan bo‘lsangiz, «ko‘p marotaba», deb yozib, keyin esa yillarni ko‘rsatib o‘tishingiz yetarlidir. Oxirgi safarlar aniq qayd etilishi lozim.
Siz rejalashtirgan turar joyingizning to‘liq manzilini ko‘rsating. Sizning arizangiz Chet elliklar masalalari bo‘yicha idoraning hududiy bo‘limiga yuboriladi. Shu sababli, manzilni aniq ko‘rsatish shart. Agar Siz borib turadigan joy manzilini (aholi punkti, ko‘cha nomi, uy raqami) hali aniq bilmasangiz, u holda Sizga vaqtincha joy beruvchi shaxsning yoki Sizga turar joy topishda ko‘maklashadigan shaxsning manzilini ko‘rsating. 16-band: Ko‘chib o‘tgan Bu savolga Siz javob bermaysiz, shuning uchun, «tegishli emas», deb yozasiz. 18-band: Safari rejalashtirilgan oila a’zolari Siz bilan birga safar qilishi rejalashtirilgan oila a’zolaringizning barchasini qayd eting. Bunday hollarda har bir oila a’zosiga alohida ariza blanki to‘ldirilishi shartligini inobatga oling.
19-band: Germaniya hududida joylashish Bu savolga Siz javob bermaysiz, shuning uchun, «tegishli emas», deb yozasiz. 20-band: Germaniyaga taklif qiluvchi tashkilot manzili Siz Germaniyada biror bir faoliyat olib borishni rejalashtirayotgan bo‘lg‘usi ish beruvchingizning, o‘quv maskanining va shu kabilarning manzilini ko‘rsating. Ayni paytda O‘zbekistonda olib borayotgan mehnat faoliyatingiz haqidagi ma’lumotlar keltirilishi shart emas.
Germaniya hududida qancha vaqt mobaynida bo‘lishni rejalashtirayotganingiz haqida ma’lumot keltiring. Agar doimiy yashash uchun ko‘chib ketayotgan bo‘lsangiz (masalan, oila a’zolarining qayta birlashishi, mustaqil ish faoliyati), unda «doimiy», deb yozing. 24-band: Yashash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ Ushbu bandda Siz Germaniyada bo‘lish davomida yashash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni qanday topishingiz va yuzaga keladigan boshqa xarajatlarni qaysi yo‘l bilan qoplashingiz
haqida ma’lumot keltirishingiz lozim. Yashash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ kafolatlanganini tasdiqlash uchun qanday hujjatlarni taqdim etish lozimligi haqidagi eslatmalarimizga e’tibor bering.
To‘liq va haqqoniy javob bering. Yolg‘on yoki to‘liqsiz ma’lumotlar viza so‘rovnomangizning rad etilishiga olib keladi va davlat hududida bo‘lish uchun berilgan ruxsatnomaning o‘tgan sana bilan bekor qilinishiga ham sabab bo‘ladi. Manzil Siz doimiy yashash uchun ro‘yxatdan o‘tgan hamda aslida yashab kelayotgan manzillaringizni, agar ular bir-biridan farq qilsa, ko‘rsatib o‘ting. Siz bilan kun davomida bog‘lanish mumkin bo‘lgan telefon raqami va elektron pochta manzilini (mavjud bo‘lsa) ham yozing (lozim bo‘lsa, mobil telefoningiz raqamini ham).
Ariza blankiga arizachining shaxsan o‘zi imzo qo‘yishi lozim. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ota-onalik (vasiylik) huquqiga ega shaxslar imzo qo‘yadi. 16 yoshga to‘lgan bolalar arizani o‘zlari imzolashlari shart. Document Outline
Download 19.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling