Milliy xafsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati kirish Reja


Download 42.15 Kb.
bet2/5
Sana13.11.2023
Hajmi42.15 Kb.
#1770042
1   2   3   4   5
Bog'liq
MILLIY XAFSIZLIKNI TA’MINLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARNING MAZMUN-MOHIYATI1

Davlat xavfsizlik organlari — muayyan davlat va ijtimoiy tuzumni tashqi va ichki tahdidlardan saqlashga, mamlakat ichki ishlariga tashqaridan boʻladigan aralashuvlarni bartaraf etish, turli xavf-xatarni oldini olishga daʼvat etilgan idoralar. Ular zimmasiga davlatning barcha fuqarolariga oʻzini namoyon qilish uchun hamma sharoitlarni taʼminlash, ularning hayotini, erkinligi va mulkini himoya qilish vazifalari yuklatiladi. Har bir davlatda oʻziga xos Davlat xavfsizlik organlari tashkil qilinadi. Sobiq shoʻrolar davrida (1917—91) Butun Rossiya favqulodda komissiyasi (VCHK), Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU), Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU), ittifoqrespublika davlat xavfsizlik komiteti kabilar tuzilgan edi. Bu organlar razvedka, kontrrazvedka, inqilobiy sabotajga qarshi kurashishdan tashqari ommaviy qatagʻon siyosatini amalga oshirdi, "xalq dushmanlari"ga qarshi siyosiy jarayonlar tashkil etdi, "aksilinqilobiy jinoyat" boʻyicha tergov oʻtkazib, soxta sud jarayonlari olib bordi, oʻzgacha fikrlovchilarni taʼqib etdi.
Hozirgi davrda koʻpchilik davlatlar uchun xalqaro terrorizm, ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishi, xalqaro narkobiznes, xalqaro uyushgan jinoyatchilik, diniy radikal ekstremizm, etnik guruhlar va konfessiyalar oʻrtasidagi mojarolar, atrof-muhitning ifloslanishi kabilar xavfsizlikka tahdid manbai boʻlib qoldi. 21-asrga kelib bu tahdidlar bir yoʻla bir necha davlatlarga taʼsir eta boshladi. Shuning uchun har bir davlatning xavfsizligini taʼminlash xalqaro xavfsizlikni taʼminlashdan iboratdir.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligiga erishgach, oʻzining davlat xavfsizligini taʼminlash uchun respublikaga nisbatan mavjud xavf-xatar va tahdidlarni aniqlab oldi. Mamlakat, shaxs, jamiyatning milliy manfaatlari belgilandi va ularni himoya qilish mexanizmi yaratildi. Xavfsizlikni taʼminlashning siyosiy, metodologik asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida (1997) bayon etilgan. Davlat xavfsizligini taʼminlashga, ichki va tashqi tahdidlarni oldini olishga qaratilgan choratadbirlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab beruvchi "Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik konsepsiyasi" (1997) qabul qilindi. Ushbu konsepsiya asosida shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligini taʼminlashning tashkiliy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy asoslarini bosqichma-bosqich shakllantirishga kirishildi.
Xavfsizlikni taʼminlashning tashkiliy jihatlariga davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat kiradi. Bu faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi olib boradi. Xavfsizlikni taʼminlashning asosiy garanti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyat yuritadi. Shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligini taʼminlashning yagona strategiyasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Milliy xavfsizlik kengashi tashkil qilingan. Xavfsizlikni taʼminlashning huquqiy jihatlari avvalo Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, shuningdek, mudofaa haqidagi doktrinada va yuqoridagi tashkilot faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi qonun hujjatlarida aks etgan. Oʻzbekistonda shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligini taʼminlashning iqtisodiy asoslari ham yaratilib, bosqichma-bosqich rivojlantirib borilmoqda. Bu bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirish, ilgʻor texnologiyalar asosida iqtisodiy oʻsishni taʼminlashdan iborat.
Xavfsizlikni taʼminlashning ijtimoiy jihatlari mamlakatda barqarorlikni taʼminlash, ijtimoiy adolatni amalga oshirish, mulkdorlar sinfini shakllantirishda koʻrinadi. Xavfsizlikni taʼminlashning maʼnaviy asoslari milliy gʻoya va milliy mafkurani shakllantirish hamda amalga oshirishdan iborat. Oʻzbekiston shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligini taʼminlashning geopolitik jihatlarini ham belgilab olgan. Bular, avvalo, xalqaro munosabatlarning toʻla huqukli subʼyekti sifatida davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralar daxlsizligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan boshqa qoida va meʼyorlariga asoslanadi.
Davlat xavfsizlik xizmatiga tegishli bo’lgan umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi va 26-sentabrdagi farmonlari asosida tashkil etilgan.
2. DXX va uning joylardagi organlari xorijiy davlatlar va xorijiy tashkilotlar maxsus xizmatlarining O‘zbekistonga qarshi razvedka-qo‘poruvchilik faoliyati bilan kurash olib boradilar, O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini, konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy butunligini, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va mudofaa qudratini g‘ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni amalga oshiradi.
3. O‘zbekiston Respublikasi DXX respublika qo‘mitasining huquqlari bilan ta’minlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi.
O‘zbekiston Respublikasi DXX o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida, uning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda, viloyatlarda, alohida shaharlar va nohiyalarda o‘zining organlarini tuzadi.
4. DXX O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarining ishlashini nodo‘stlik kayfiyatidagi davlatlar va konstitutsiyaga qarshi ichki tuzilmalar maxsus xizmatlarining razvedka-qo‘poruvchilik va boshqa xil jinoiy tajovuzlaridan samarali himoya qilish uchun javobgardir va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oliy Kengashi oldida muntazam ravishda hisob berib turadi.
5. Davlat xavfsizlik xizmati va uning joylardagi organlari o‘zlarining amaliy faoliyatlarida mehnatkashlar bilan yaqindan aloqada bo‘lishga, doimo ularning yordamiga suyanishga majburdirlar.
6. DXXga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tayinlanadigan va keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi.
DXX Raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi DXX Raisining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadilar.
Davlat xavfsizlik xizmatining Raisi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan respublika vazirlariga berilgan huquqlardan foydalanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi DXX amaldagi buyruqlar va ko‘rsatmalarga muvofiq, agar ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo‘lmasa, operativ-qidiruv va boshqa xil xizmat faoliyatlarini amalga oshiradi.
DXX Raisi va uning o‘rinbosarlari o‘z huquqlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oliy Kengashning va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni bajarish maqsadida buyruqlar, ko‘rsatmalar va yo‘riqnomalar chiqaradilar.
Xavfsizlik organlari ishini tashkil etish masalalarini hal etish uchun tarkibida Xizmat Raisi — Kengash raisi, uning o‘rinbosarlari va Xizmatning boshqa rahbar xodimlari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Kengashi tuziladi.
Kengash a’zolarining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Xizmat Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
DXX Raisi Xizmatni va uning organlarini saqlash uchun ajratiladigan kreditlarning bosh boshqaruvchisi hisoblanadi,
Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari yo‘lida razvedka va kontrrazvedka faoliyati bilan shug‘ullanish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash hisoblanadi.



Download 42.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling