Milliy xafsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati kirish Reja
Download 42.15 Kb.
|
MILLIY XAFSIZLIKNI TA’MINLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARNING MAZMUN-MOHIYATI1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
MILLIY XAFSIZLIKNI TA’MINLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARNING MAZMUN-MOHIYATI Kirish Reja: Milliy xavfsizlikni ta’minlash vositalari. Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat xavfsizlik xizmatiga o’tishi. Davlat xavfsizlik organlari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Har bir mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash asosiy masala bo’lib, bunda davlat asosiy rolni o'ynaydi. O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning hududida barqarorlikni ta’minlash, mamlakatimizning jahon xo‘jaligi tizimida va jahon hamjamiyatida munosib joyni egallashiga erishish — davrimizning asosiy vazifasidir. Shuning uchun, dastlabki yillardan boshlab milliy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosini yaratuvchi qonunlarni yaratish ishlari amalga oshirildi. Milliy xavfsizlik masalasida yagona davlat siyosati bo'lishiga, barcha siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy, harbiy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarning uyg'unlashgan tizimini yaratishga erishish yo‘lidan borildi. Milliy xavfsizlik ko‘p jihatdan Vatanimiz mudofaa qudratining asosi - mamlakatning iqtisodiy qudratiga bog'liq. Shuning uchun iqtisodiy qudratni rivojlantirish ishlari to‘xtovsiz olib borildi. Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashning asosi yoshlar ekanligiga hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor berildi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida jahondagi mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan aloqalar o'rnatildi. Asosiy qism Milliy xavfsizlikni ta’minlash bo'yicha davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo'ljallangan strategiyasi tamoyillari 1995-yil 24-fevralda bo'lib o'tgan Oliy Majlisning sessiyasida aniq bayon qilib berildi. 1996-yil 24-aprelda Oliy Majlis sessiyasida “Milliy xavfsizlik to‘g ‘risida”gi Qonun muhokamaga qo'yildi. 1997-yil avgust oyida bo'lib o'tgan Oliy Majlis sessiyasida esa, Respublikaning milliy xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi. Milliy xavfsizlik endi faqat davlat xavfsizligini ko'zda tutmay, shaxs huquq va erkinliklarini; jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklarini; davlatning konstitutsiyaviy tuzumi, suveriniteti, hududiy yaxlitligini saqlashni ham ko'zda tutadi. Prezidentimizning; “ Demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni amalga oshirish, ma’naviy taraqqiyotga erishish, shuningdek, O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligini kuchaytirishining asosiy sharti va garovi - mamlakatimizning xavfsizligini ta’minlash, jamiyatimizda tinchlik, barqarorlik, millatlar va fuqarolar o'rtasida totuvlikni saqlash va ko'z qorachig'iday asrashdir” 1 - degan so'zlari mamlakatimiz xavfsizligining ahamiyatini yanada to'laroq ko'rsatadi. Mamlakat milliy xavfsizligini saqlashda davlatning olib boradigan tashqi siyosati ham muhim rol o'ynaydi. Shu tufayli milliy xavfsizlikni saqlash bilan bog'liq davlatimizning tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlari 2005-yildagi Oliy Majlis Palatalarining qo'shma majlisida Birinchi Prezidentimiz tomonidan ko'rsatib o'tildi. Ma’ruzada O'zbekiston tashqi siyosatining mazmuni, maqsadi bitta - u ham bo'lsa, O'zbekiston manfaatidir, deb alohida qayd qilindi. Hamda O'zbekistonning xavfsizligi Markaziy Osiyodagi tinchlik va barqarorlikka, qo'shni davlatlardagi ahvolga bog'liqligi, O'zbekistonning xavfsizligini ta’minlash yo'lida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi e’tirof etildi. Xavfsizlik va uning ta’minlash usullaridan bo'lgan mudofaa ahamiyati yuqoriligi e’tiborga olinib, shu masalalarning asoslari Konstitutsiyaviy tartibda mustahkamlangan. O'zbekiston Konstitutsiyasi mudofaa va xavfsizlikka alohida XXVII bobni ajratgan. O'zbekistonning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish konstit’utsiyaviy normada o'z ifodasini topgan- (125-modda). Mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash doimo ustuvor masalalardan bo'lib kelgan. О’zbekiston Prezidenti ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining to'qqizinchi sessiyasida jamiyat hayotidagi muhim ustuvor yo'nalishlarni ko'rsatar ekan: “ Ikkinchi ustuvor yo'nalish. Bu - mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimizning hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdan iborat” 1, - deb qayd qilgan edi. Bundan kо’rinib turibdiki, mudofaa va xavfsizlik faqat davlat va mamlakat xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi uchun emas, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligi, normal turmush kechirishini ta’minlash uchun ham zarur. Davlat tuzilmasi va davlat chegaralari daxlsizligini ishonchli himoya qilish, inson huquqlari va erkinliklariga og‘ishmay rioya etish, jamiyatdagi millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, tinchlik va osoyishtalik — demokratik huquqiy davlat qurishning hamda mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, iqtisodiy va mudofaa salohiyatini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish tizimida alohida o‘rin tutadi. Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik xizmatining maqomi, vazifalari va vakolatlari doirasini aniq belgilab beruvchi qonun hujjati yaratilmay turib, unga milliy xavfsizlikni ta’minlashning barcha jihatlari yuklatilgani ushbu idoraning davlat organlari faoliyatining barcha sohalariga asossiz aralashuviga shart-sharoit yaratib berdi. Mamlakatni rivojlantirishning hozirgi bosqichidagi ustuvor yo‘nalishlar, davlat va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish davlat xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini shakllantirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilsin. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon Xizmat deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik organi sifatidagi huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyat yo‘nalishlarini aniq belgilab beruvchi mustahkam qonunchilik bazasini yaratish; bugungi kundagi xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashishning ta’sirchan shakl hamda uslublarini joriy etish; yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda davlat xavfsizligini ta’minlash borasidagi vazifalarni bajarishda mavjud kuch hamda vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish; Xizmat faoliyatini davlat xavfsizligini ta’minlash ishlarining shakl va uslublari, shuningdek, Xizmat harbiy xizmatchilarining idoraviy mansubligi haqidagi ma’lumotlar oshkor bo‘lishini istisno etuvchi konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etish; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga og‘ishmay rioya etilishini kafolatlaydigan ta’sirchan mexanizmlarni joriy qilish; O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib himoya qilishga qodir, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Xizmatga jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish; mehnatga munosib haq to‘lash, uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish orqali Xizmat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish. 3. Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni ta’minlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish; O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo‘yicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish; O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish; terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish; iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy ma’naviy merosini himoya qilish; davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish; telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish; Xizmat tergov qilish vakolatiga kiruvchi jinoyat ishlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish; davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining ta’minlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshirish; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish; Xizmatning jangovar va safarbarlik tayyorgarligi holatini takomillashtirish va saqlab turish, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hamda harbiy holat joriy qilingandagi harakatlarga tayyorlash. Download 42.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling