Mustaqil ish. Mavzu: milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati


Download 201.93 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi201.93 Kb.
#1121158
  1   2   3
Bog'liq
Milliy Xavfsizlik

Mustaqil ish. Mavzu:MILLIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARNING MAZMUN-MOHIYATI

Bajardi : ISMATOV ASRORBEK

Bajardi : Fahriddinov Yoqubjon.


 Milliy xavfsizlik - taraqqiyot garovi
Har bir mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash asosiy masala bo ‘lib bunda davlat asosiy rolni o'ynaydi. “O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning hududida barqarorlikni ta’minlash , mamlakatimizning jahon xo‘jaligi tizimida va jahon hamjamiyatida munosib joyni egallashiga erishish — davrimizning asosiy vazifasidir” 1, - deb bu masalaning ahamiyatini ko‘rsatib bergan edi Prezidentimiz. Shuning uchun, dastlabki yillardan boshlab milliy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosini yaratuvchi qonunlarni yaratish ishlari amalga oshirildi . Milliy xavfsizlik masalasida yagona davlat siyosati bo'lishiga, barcha siyosiy , iqtisodiy, tashkiliy, harbiy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarning uyg'unlashgan tizimini yaratishga erishish yo‘lidan borildi . Milliy xavfsizlik ko‘p jihatdan Vatanimiz mudofaa qudratining asosi - mamlakatning iqtisodiy qudratiga bog'liq . Shuning uchun iqtisodiy qudratni rivojlantirish ishlari to‘xtovsiz olib borildi. Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashning asosi yoshlar ekanligiga hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor berildi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida jahondagi mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan aloqalar o'rnatildi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash bo'yicha davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo'ljallangan strategiyasi tamoyillari 1995-yil 24-fevralda bo'lib o'tgan Oliy Majlisning sessiyasida aniq bayon qilib berildi. 1996-yil 24-aprelda Oliy Majlis sessiyasida “Milliy xavfsizlik to‘g ‘risida”gi Qonun muhokamaga qo'yildi. 1997-yil avgust oyida bo'lib o'tgan Oliy Majlis sessiyasida esa, Respublikaning milliy xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi . Milliy xavfsizlik endi faqat Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy - ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari

Konstitutsiyaning 126-moddasida: “O'zbekiston Respublikasi o'z xavfsizligini ta’minlashuchun yetarli darjada Qurolli Kuchlariga ega” , - deb belgilangan. “Mamlakatimiz sarhadlarining daxlsizligi va hududiy yaxlitligini saqlash , el-yurtimizning osuda hayotini ishonchli himoya qilishga qodir, zamonaviy qurol - aslaha va texnika bilan ta`minlangan, yaxshi tayyorlangan va bugungi kun talablariga to liq javob beradigan, son jihatidan ixcham va harakatchan Qurolli Kuchlarni vujudga keltirish - O'zbekistonimizning buyuk kelajagini barpo etish yo'lidagi eng muhim vazifalarimizdan biridir” , - deb bu masalaning mohiyatini ko'rsatib bergan edi Prezidentimiz. O'zbekistonda hozirgi kunda Qurolli Kuchlarning qat’iy tizimi barpo etildi va u Konstitutsiyaning 126-moddasida belgilangan darajaga mos keladi. Qurolli Kuchlar o ‘z ichiga Mudofaa vazirligi va Chegara qo'shinlari bo'linmalarining, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizli k xizmatining maxsus qismlarini, shuningdek boshqa idoralarning harbiy tuzilmalarini oladi. Ya’ni, yuqoridagi bo'linma va tuzilmalar birlashib, Qurolli Kuchlarni tashkil etadi. O'tgan yillar davomida davlatning mudofaa va harbiy qurilish sohasidagi siyosatini amalga oshiruvchi Mudofaa vazirligi, Davlat chegaraiarini himoya qiluvchi qo'mita, Ichki Ishlar vazirligi va boshqa Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi davlat organlari, tashkilotlarning maqsad va vazifalari qaytadan ko'rib chiqilib, yanada aniqlashtirildi. Mamlakatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilishga tegishli qarorlar ishlab chiqadigan va ularni amalga oshiradigan yangi tuzilma - Qurolli Kuchlarning birlashgan shtabi tuzilishi mudofaa sohasida muhim voqea bo'ldi. Mamlakat xavfsizligini saqlashda faqat kuchli Qurolli Kuchlar bo'lishining o'zi kifoya emas , vakolatli boshqarilgandagina , ular o'z oldiga qo'yilgan vazifani to'la bajara oladi.
O‘zbekiston respublikasi milliy xavfsizlik xizmati to`g`risida
1. O‘zbekiston SSR ittifoq-respublika Davlat xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aylantirilsin (respublika qo‘mitasi huquqida).
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining tizimi va xodimlari soni tasdiqlansin (2, 3, 4-ilovalar berilmaydi). Sobiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi qo‘mitasining tugatilgan alohida bo‘linmalarini hisobga olgan holda, uning xodimlari soni 25 foizga qisqartirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1992-yil uchun
Respublika budjetining loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini saqlash uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq nazarda tutsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi, Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi, Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi 1992-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishgan holda har yili moddiy-texnika vositalarini ajratishni, shuningdek chet el valyutasi ajratishni ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa va Avtomobil transporti vazirliklari, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, O‘rta Osiyo temir yo‘li boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aloqaning barcha turlarini , xonalar, texnik ish uchun transportda joylarni band qilishni amalga oshirsinlar.
Milliy xavfsizlik - taraqqiyot garovi
Har bir mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash asosiy masala bo ‘lib, bunda davlat asosiy rolni o'ynaydi. “O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning hududida barqarorlikni ta’minlash, mamlakatimizning jahon xo‘jaligi tizimida va jahon hamjamiyatida munosib joyni egallashiga erishish — davrimizning asosiy vazifasidir” 1, - deb bu masalaning ahamiyatini ko‘rsatib bergan edi Prezidentimiz. Shuning uchun, dastlabki yillardan boshlab milliy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosini yaratuvchi qonunlarni yaratish ishlari amalga oshirildi. Milliy xavfsizlik masalasida yagona davlat siyosati bo'lishiga, barcha siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy, harbiy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarning uyg'unlashgan tizimini yaratishga erishish yo‘lidan borildi. Milliy xavfsizlik ko‘p jihatdan Vatanimiz mudofaa qudratining asosi - mamlakatning iqtisodiy qudratiga bog'liq. Shuning uchun iqtisodiy qudratni rivojlantirish ishlari to‘xtovsiz olib borildi. Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashning asosi yoshlar ekanligiga hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor berildi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida jahondagi mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan aloqalar o'rnatildi.

Download 201.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling