Miloddan avvalgi III – milodiy II asrlarda xitoy 6-sinf jahon tarixi sin Shixuandi maqbarasi


Download 0.74 Mb.
Sana14.12.2020
Hajmi0.74 Mb.
#167008
Bog'liq
MILODDAN AVVALGI III – MILODIY II ASRLARDA XITOY

MILODDAN AVVALGI III – MILODIY II ASRLARDA XITOY

6-SINF JAHON TARIXI

Sin Shixuandi maqbarasi

  • Sin Shixuandi hali ko‘zi tirikligidayoq o‘ziga atab maqbara qurishga farmon bergandi. Hashamati va bezaklari jihatidan bu maqbara Misr piramidalari bilan bellasha oladi. Maqbarani 720 ming odam 37 yil mobaynida bunyod etgan. Maqbaraning tubi bir necha kvadrat kilometr maydonni egallagan. Sin Shixuandi qabridan hukmdorni «qo‘riqlash» uchun o‘rnatilgan 6 mingta sopol askarlar haykallari topilgan.

Xitoyni yagona davlatga birlashtirish

  • Xitoy davlati - biri Sin davlati hukmdori boshchilik qiladi. Sin davlati hukmdori raqiblarini tor - mor etib, Xitoyni o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi. Shundan keyin u Sin Shixuandi (miloddan avvalgi 246 - 210 - yillar) nomini qabul qilgan, bu nom «Sinning birinchi hukmdori» degan ma’noni bildiradi.
  • O‘z davlati hududini 36 viloyatga taqsimlagan hukmdor har biriga noiblarini rahbar etib tayinladi. Aslida qattiqqo‘1 bo‘lgan Sin Shixuandi o‘z raqiblarini shafqatsizlarcha qirib tashladi. Uning hukmronligi davrida Xitoy gullab - yashnadi: dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo - sotiq rivojlandi.

Buyuk Xitoy devori

Buyuk Xitoy xitoyda ko‘chmanchi xunnlarning ahyon - ahyondagi hujumlaridan himoyalanish uchun Buyuk devorni bunyod etish boshlab yuborildi. Devorning balandligi 12 metr, kengligi 5 metr, uzunligi esa qariyb 4000 kilometrni tashkil etadi. U qadim zamonlarda dushman qo‘shinlari uchun jiddiy to‘siq bo‘lib xizmat qilgan: otliq qo‘shinlar undan oshib o‘ta olmas, qal’alarni hujum bilan zabt etishni esa ko‘chmanchilar hali uddalay olishmasdi.

Podsho va amaldorlar yuz minglab dehqonlarni devor qurilishida tekin ishlab berishga majbur qiladilar. Buyuk devorni belkuraklar, cho‘kichlar va zambil-g‘altaklar yordamida barpo etadilar. O‘sha vaqtlar dehqon oilasida o‘g‘il bola tug‘ilishi musibat o‘rnida ko‘rilgan: voyaga yetganidan keyin uni baribir devor qurilishiga jo‘natardilar, uyoqdan tirik qaytib kelish esa hammaga ham nasib etavermasdi.

Buyuk Xitoy devori


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling