Minalar, snaryadlar ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish vazifasi ilgari surildi


Download 44.47 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi44.47 Kb.
#1055785
Bog'liq
asomiddi ozb tarix 12 mavzu


Sanoat korxonalari qisqa vaqt ichida harbiy izga solinib, minomyot va avtomatlar, samolyot va tanklar uchun ehtiyot qismlari va boshqa harbiy qurollar ishlab chiqara boshladilar. Qishloq xo‘jalik mashinalari ishlab chiqarayotgan Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi harbiy qurollar ishlab chiqara boshladi. Andijondagi “Kommunar”, “Stroymashina” zavodlarida samolyot va tanklarga kerakli jihozlar, Qo‘qon shahridagi Oxunboboyev nomli tikuvchilik fabrikasi harbiy mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda fidokorona mehnat qildilar. 
Respublika bo‘yicha 1941-yil oxirlariga kelib 300 ta sanoat korxonasi faqat harbiy mahsulot ishlab chiqara boshladi. O`zbekiston sanoatchilari korxonalarni harbiy izga tushirishdek ishlarni ko‘chirib keltirilgan korxonalarni joylashtirish va ishga tushirishdek yanada og‘irroq ishlar bilan qo‘shib olib bordilar. Toshkentda zudlik bilan joylashtirilgan “Rostselmash” zavodi “Katyusha” va minomyot snaryadlari, aviatsiya zavodi jangovar samolyotlar, Kolchuginskdan keltirilgan kabel zavodi harbiy aloqa mahsulotlari yetkazib bera boshladi.
Odamlar irodasiga bog‘liq bo‘lmagan yetishmovchiliklar sezilardi. Yuk ko‘taruvchi kranlar yo‘q edi, maxsus asbob-uskunalar, elektr quvvatlari, ko‘mir va neft kabi yoqilg‘ilar, xom ashyo va boshqa materiallar yetishmas edi. 1941-yil 5-7 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining V plenumida respublika sanoatini harbiy izga solish, ko‘chirib keltirilgan asbob-uskunalarni joylashtirish sohasidagi ishlarga yakun yasalib, korxonalarda qurol-yarog‘larning muhim turlari – samolyotlar, tanklar, bronepoyezdlar, aviabombalar, to‘p va zambaraklar, granatalar, minalar, snaryadlar ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish vazifasi ilgari surildi. 
Odamlar irodasiga bog‘liq bo‘lmagan yetishmovchiliklar sezilardi. Yuk ko‘taruvchi kranlar yo‘q edi, maxsus asbob-uskunalar, elektr quvvatlari, ko‘mir va neft kabi yoqilg‘ilar, xom ashyo va boshqa materiallar yetishmas edi. 1941-yil 5-7 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining V plenumida respublika sanoatini harbiy izga solish, ko‘chirib keltirilgan asbob-uskunalarni joylashtirish sohasidagi ishlarga yakun yasalib, korxonalarda qurol-yarog‘larning muhim turlari – samolyotlar, tanklar, bronepoyezdlar, aviabombalar, to‘p va zambaraklar, granatalar, minalar, snaryadlar ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish vazifasi ilgari surildi. 
Urush yillarida O‘zbekiston sanoati va qishloq xo‘jaligi.
Ko‘chirib keltirilgan korxonalar tarixda misli ko‘rilmagan qisqa muddatlarda 4-5 oyda, ayrimlari hatto 1-2 oy davomida qurib bitkazilib, front uchun harbiy mahsulotlar bera boshladi. Ularning eng yirigi Chkalov nomli aviatsiya zavodi, Moskva kabel zavodi, Xarkov elektrostanok zavodi, ko‘tarma kranlar zavodi, Rostovdan keltirilgan “Krasniy Aksay”, Sulsk nasos zavodi, vagon-remont zavodi, “Krasniy put” zavodi, Kiyev “Transsignal” zavodi, “Kinap” zavodi va boshqalar edi. Bu korxonalarning har biri o‘rta hisobda 20 foizgacha ishchi va injener-tex nik xodimlar bilangina keltirilgan edi. Qolgan 80 foizi respublikamizning fabrika-zavod ta’limi maktablarida, turli kurslarda tayyorlangan ishchi va texnik xodimlar bilan ta’minlandi. Xotin-qizlar, keksalar, yoshlar korxonalardagi turli xil ishlarga jalb etildi. Urushning bir yarim yili mobaynida O`zbekiston sanoatida xotin-qizlar salmog‘i 29 foizdan oshdi va 1943-yilda 63,5 foizni tashkil qildi
Respublika sanoat korxonalari quvvatlarining kengayishi, ko‘chirib keltirilgan korxonalarning ishga tushishi birinchi navbatda elektr energiyasi va yoqilg‘i ishlab chiqarishni keskin oshirishni talab qildi, mavjud elektr quvvatlari bunday talabga javob berolmas edi. 1943-yilda O`zbekistonning eng yirik gidroelektrostansiyasi – Farhod GESi qurilishi boshlandi, qurilish zarur materiallar va ishchi kuchi bilan ta’minlandi. Farhod qurilishi umumxalq qurilishiga aylandi, binokorlik ishlari hashar yo‘li bilan bajarildi. 10 oylik fidokorona mehnat natijasida Sirdaryo jilovlandi. Urush yillarida Bo‘zsuv daryosi o‘zanlarida Tovoqsoy, Oqqovoq, Salar, Quyibo‘zsuv, Oqtepa, Qibray GESlari, Samarqand viloyatida Taligulyan GESi, 30 ga yaqin kichik kolxoz GESlari, shaharlar va yirik korxonalar yonida kichik GES lar qurilib ishga tushirildi. 
Urushda g‘alabaga erishish transport ishi bilan bog‘liq edi. 1943-yil 25-yanvarda “Toshkent temir yo‘li ishi to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qilindi. Temir yo‘l harbiy holatga o‘tkazildi, unda ishlovchilar safarbar etilgan deb hisoblandi, harbiy xizmatchilar kabi qattiq intizomga rioya etish majbur qilib qo‘yildi. Poyezdlar harakatining qo‘shinlar va harbiy yuklarni birinchi navbatda o‘tkazib yuborishini ko‘zda tutuvchi harbiy grafik joriy etildi. Toshkent temir yo‘l transportchilari ko‘chirib keltirilayotgan korxonalarning asbob-uskunalarini va millionlab kishilarni G`arbdan Sharqqa, jangovar texnika va qurol-yarog‘larni Sharqdan G`arbga o‘z vaqtida to‘xtovsiz o‘tkazib turish topshirig‘ini bajardilar. Shu bilan birga likda O`zbekistonda yangi temir yo‘llar qurilishi jadal olib borildi, 1941-1945 yillarda temir yo‘l liniyalari 2 baravarga uzaydi. Toshkent – “Angrenugol”, Boysun – Otquloq – Turangli, Toshkent – tovar stansiyasi temir yo‘llari qurilib ishga tushirildi.
Urush yillarida qurilish materiallari sanoati, to‘qimachilik va poyabzal sanoati, oziq-ovqat sanoati, mahalliy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi. Faqat 1943-yilda 12 ta yog‘ zavodi, 3 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta qand va 4 ta konserva zavodlari qurilib ishga tushirildi. Urush yillarida O`zbekistonda 280 ta yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Sanoatning yangi tarmoqlari – aviatsiya, stanoksozlik, og‘ir mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya hamda boshqa tarmoqlari vujudga keldi. Toshkent SSSRning eng katta sanoat markazlaridan biri bo‘lib qoldi. Bekobod sanoat shahri vujudga keldi. Yangiyo‘l, Chirchiq kabi yosh shaharlar yanada rivoj topdi.
Urush yillarida O‘zbekiston sanoati va qishloq xo‘jaligi.
Download 44.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling