Mineral o'g'itlar. Kimyoviy ahamiyati


Download 0.6 Mb.
bet5/6
Sana25.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1399302
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ne\'matov mineral o\'g\'itlar

Iqtisodiy ahamiyati.
Jahon miqyosida qo'llanilgan azotli ogiitlarning qishloq xojalik ekinlari bo'yicha taqsimlanishida asosiy o'rinni donli ekinlar egallaydi. Shu hisobdan olganda bug'doy ekini uchun ja'mi ishlab chiqarilgan azotli o'g'itlarning 18.1% i sarflangan. Sholi uchun esa 15.4% va makkajo'xori uchun 16.8% ishlab chiqarilgan azot o'g'iti sarflangan. Jami bo'lib boshqa donli ekinlarni ham qo'shib hisoblaganda dunyo bo'yicha ishlab chiqarilgan azotli o'g'itlarning 55,1% i sarflangan. Raqamlardan ko'rinib turibdiki ishlab chiqarilgan azotli o'g'itlarning yarmidan ko'pi donli ekinlarni oziqlantirish uchun foydalanilgan. Azotli o'g'itlarni qo'llash bo'yicha donli ekinlardan so'ng sabzavot ekinlari 9,1 % va mevali ekinlar 5,8 % tashkil etgan. Tolali ekinlar uchun esa azotli o'g'itlarni 4,3 % i sarflangan. Soya, moyli palma va boshqa moyli ekinlar uchun hammasini qo'shib hisoblaganda 7,3 % azotli o'g'it ishlatilgan. Qandli ekinlar uchun 3,5 % va ildiz mevalilar uchun esa 2,9 % azotli o'g'itlar ishlatilgan.
Jahon miqyosida qo'llanilgan fosfor o'g'itining qishloq xo'jalik ekinlari bo'yicha ishlatilishi to'g'risidagi ma'lumotlardan ko'rinib turibtiki bu yerda ham donli ekinlar uchun o'g'itning asosiy ulishi ajratilgan ya'ni bug'doy uchun 18,1%, sholi uchun 15,4% , makkajo'xori uchun 16,8% , hamda boshqa donli ekinlar uchun 4,8% fosforli o'g'itlar ishlatilgan va hammasi bo'lib donli ekinlar uchun 48,6% fosforli o'g'itlar sarflangan. Sabzavot ekinlari uchun 9,4% va mevali ekinlar uchun 5,3% fosfor sarflangan. Soya uchun 7,9% , moyli palma uchun esa 0,9% fosfor sarflangan. Hammasi bo'lib boshqa moyli ekinlar uchun 5,8% sarflangan fosforni qo'shib hisoblansa 14,6% ishlab chiqarilgan fosfor oziqasi sarflangan. Tolali ekinlar uchun 4,3% , qandli ekinlar uchun 3,6% va 3,2% ildiz mevali ekinlar uchun fosfor ishlatilgan.
Jahon miqyosida ishlab chiqarilgan kaliyli o'g'itlarning ekinlarga qo'llanilishi bo'yicha keltirilgan ma'lumotlardan shu narsa aniqlandiki, kaliyning donli ekinlarga sarfi 6,2% ni tashkil etgan. Sholi uchun esa ishlab chiqarilgan o'g'itning 12,6% sarflangan. Makkajo'xori uchun 14,9% kaliy sarflanib, boshqa donli ekinlarga ishlatilgan 3,7% ni qo'shib hisoblaganda hammasi bo'lib 37,4% kaliy sarflangan.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling