Mineral o'g'itlar. Kimyoviy ahamiyati


Download 0.6 Mb.
bet1/6
Sana25.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1399302
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ne\'matov mineral o\'g\'itlar


Mineral o'g'itlar.
Kimyoviy ahamiyati.
Tarkibida o'simliklar uchun zarur oziq unsur1ari bo'lgan va qishloq xo'jaligida foydalaniladigan moddalar o'g'itlar deyiladi. O'g'itlar mineral va mahalliy o'g'itlarga bo'linadi. Mineral o'g'itIar sanoal asosida tayyorlanadi va o'simlik uchun zarur oziq moddalar ular tarkibida, asosan, noorganik (mineral tuzlar) shaklida bo'ladi. Mahalliy o'g'itlar (go'ng, parranda axlati, shahar chiqindilari) mahalliy sharoitlarda (tomorqa, xo'jalikda) tayyorlanib, shu joyning o'zida ishlatiladi.
Azoti o'g'itlar.
Azot birikmalari shakliga ko'ra hozirgi kunda quyidagi azotli o'g'itlar ishlab chiqarilmoqda: ammiakli-nitratli; ammiakli; nitratli va amidli
o'g'itlar.
1. AmmiakIi-nitradi azotli o'g'it. Ammiakli selitra (NH4NO3) oq rangli (ayrim hollarda sarg'ish) granula shaklida ishlab chiqariladi, tarkibida 34,6% sof azot mavjud. Tuproqqa qo'shilganda nam ta'sirida to'la eriydi va oson o'zlashtiriladi.
2. AmmiakIi azotli o'g'it. Ammoniy sulfat (NH4)2SO4 oq yoki kulrang mayda kristall holatidagi tuz, tarkibida 20,5-21,0% azot bo'ladi, tuproqda oson erib, yaxshi o'zlashtiriladi.
3. Ammoniy-natriy sulfat (NH4)2S04×Na2S02 tarkibida 16% azot va
25% atrofida organik qo'shilmalar bo'lgan sariq tusli kristall modda.
4. Nitratli azotli o'g'it. Natriyli selitra (NaN03) oq yoki oqish rangli
mayda kristall tuz. Tarkibida 15-16% azot bor, suvda yaxshi eriydi, oson o'zlashtiriladi.
5. AmidIi azotl o'g'it. Mochevina (karbomid) CO(NH2)2 oq rangli, mayda kristall modda, granula shaklida ishlab chiqariladi. Tarkibida 46% azot hor, suvda yaxshi eriydi va oson o'zlashtiriladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling