Strukturaviy kristallografiya fazoviy panjara. Elementar yacheyka


Download 164.51 Kb.
bet1/4
Sana24.09.2023
Hajmi164.51 Kb.
#1686979
  1   2   3   4
Bog'liq
Strukturaviy kristallografiYA


  1. Strukturaviy kristallografiYA




    1. Fazoviy panjara. Elementar yacheyka

Kristall nima? Ma’lumki, tabiiy yoki sun`iy yo‘l bilan olingan kimyoviy birikma va kimyoviy elementlarning hammasi kristallangan bo‘ladi. Kristall qadimiy grek so‘zidan iborat bo‘lib, “muz” ma’nosini bildiradi. Yer sharining ustki qismi - tog‘ jinslarini tashkil etuvchi minerallarning deyarli hammasi, jumladan shu tog‘ jinslari orasida qidirib-topib, kovlab chiqaradigan rudalar (ko‘mir va neftdan boshqalar), oltin, kumush, olmos va boshqa qimmatbaho toshlar, har xil tuzlar, ba`zi bir zavod va fabrikalar ishlatayotgan xom-ashyolar, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar - metall qotishmalari, hatto oziq-ovqat mahsulotlari - osh tuzi, meditsinada ishlatilayotgan dori-darmonlar va qishloq xo‘jaligida qo‘llanilayotgan mineral o‘g‘itlar va kimyoviy moddalar ham kristallardir. 
Kristallar quyidagi belgilari bilan amorf moddalardan farq qiladi: 
1. Kristall o‘z holicha kishilarning ishtirokisiz, to‘g‘ri qirralar hosil qiluvchi tekis-silliq yonlari bilan cheklangan qattiq jism kimyoviy birikma yoki elementdir. Kristall parchasi, shu kristall tarkibidagi modda eritmasida o‘zining ma’lum bir qonunlariga asoslangan. Shu modda uchun xos kristall shaklini olishga intiladi va zarur fizik-kimyoviy muhit mavjud bo‘lganda o‘sha kristall qiyofasiga kiradi.
2. Kimyoviy tarkibi va solishtirma og‘irligi kabi xususiyatlari kristallning hamma qismida ham bir xil bo‘ladi, ya’ni ular bir jinslidir.
3. Kristallning sindirish ko‘rsatkichi qattiqligi kabi qator fizik xususiyatlari muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha bir xil qiymatga ega bo‘ladi. Ya’ni kristall anizotrop fizik jismdir.
Bizga ma’lumki, moddalar uch agregat holatida bo‘lishi mumkin: qattiq, suyuq va gaz holatida. Qattiq jism suyuq, ya’ni amorf jismdan o‘zining ichki qonuniy tuzilishi bilan farq qiladi. Qattiq jismlar kristallardan iborat bo‘lib, o‘zining tartibli ichki qonuniy tuzilish bilan amorf jismlardan farq qiladi.
Kristallarning vujudga kelishi va o‘sishi masalasi juda katta ilmiy nazariy, shuningdek amaliy ahamiyatga ega. Shu sohada olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari keyingi paytlarda keskin taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda xalq xo‘jaligi - sanoat talabiga muvofiq, keng miqyosida rivojlanmoqda. Bu talab, birinchi navbatda, belgilar qo‘yilgan muayyan xossalarga ega bo‘lgan kristallarni, jumladan, turli qattiq qotishmalarni, yarim-o‘tkazgichlarni, yuqori sifatli pezo-elektrik va optik xususiyatlarga ega bo‘lgan kristallarni sun’iy yo‘l bilan tayyorlashdan iborat. Bundan tashqari, juda ko‘p materiallar va metall qotishmalarning sifati, ularning kristallanish muhiti, sharoitlari, qotishmalarda ishtirok etuvchi atomlarning fazoviy panjarada tutgan o‘rniga bog‘liq Shuning uchun bu masala metallurglar va metallshunoslar e’tiborini o‘ziga tortadi. Kristallar tabiatda sodir bo‘ladigan yoki laboratoriyada hosil qilinadigan faza almashinishlari natijasida yuzaga keladi. 









A

B

⇒ BA

Rasm 1. Inerallar. Skipetr shaklidagi ametist kristallini vujudga kelish sxemasi (A) va Ural tog’larida (Rossiya) topilgan 5 sm bo‘lgan mineral ko‘rinishi (B).




Download 164.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling