Strukturaviy kristallografiya fazoviy panjara. Elementar yacheyka


Download 164.51 Kb.
bet2/4
Sana24.09.2023
Hajmi164.51 Kb.
#1686979
1   2   3   4
Bog'liq
Strukturaviy kristallografiYA

Strukturaviy kristallografiya. 
Fazoviy panjara deb kristallarning tasavvur etilgan ichki qonuniy tuzilishi tasvirlangan faraziy shakliga aytiladi. Har qaysi kristall o‘zini tashkil etuvchi moddiy nuqtalarning shu kristallga hos joylashish tartibi, ya’ni fazoviy panjara elementar yacheykasining kristall strukturasiga cheksiz takrorlanuvchi parallepipedlarning shakli, katta-kichikligi bilan harakterlanadi. Har qaysi modda kristalliga hos ravishda elementar yacheykalar bir-biridan qirralarining a, b, c uzunligi bilan va shu qirralar orasidagi burchagi - α, β, γ  qiymati bilan bir biridan farq qiladi (rasm 2).





Rasm 2. Elementar yacheyka:
a, b, c - qirralari,
α, β, γ - a, b va c qirralari orasidagi burchak.



Kristall davriy ichki qonuniy tuzilishiga ega bo‘lib, bu qonuniyat kristall hosil qiluvchi kimyoviy birikma tarkibiga kiradigan molekula, atom, ionlarning, boshqacha qilib aytganda, shu kristall tuzilishini tashkil etuvchi moddiy nuqtalarning davriy, ma’lum tartib bilan cheksiz takrorlanishida o‘z aksini topadi. Bunday qonuniy ichki tuzilishni "fazoviy panjaralar" shaklida tasavvur qilish mumkin. Kristallarning yuqorida keltirilgan xususiyatlari ulardagi mana shu ichki qonuniy tuzilishining ko‘zga ko‘rinadigan oqibatlaridir.



    1. Brave panjarasi

Amorf moddalar ichki, uzluksiz qonuniy tuzilishga ega bo‘lmaydi va yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlar ularda mutlaqo ko‘rinmaydi. Masalan, shisha amorf moddadir. 2-rasmda kristallning fazoviy panjarasi tekis to’g’ri ko‘rsatilgan. Fazoviy panjarada ionlar yoki umuman shu fazoviy panjaralarni tashkil etuvchi birlik — moddiy nuqtalarning joylashgan o‘rni fazoviy panjara tugunchalaridir (A°, A, A'A"... nuqtalar).

Rasm 2. Kristallning fazoviy panjarasi:
A, B, C, D – nuqtalar. 

Bu tugunchalarni birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq — fazoviy panjaraning qatori va bir tekislikda yotgan o‘zaro kesishuvchi qatorlardan iborat to‘r (katak) fazoviy panjaraning tekis to‘ri deb ataladi. Uchlarida joylashgan fazoviy panjara tugunchalari bilan tashkil etilgan parallelopiped fazoviy panjaraning kichik bo‘lagiga fazoviy panjaraning elementlar yacheykasi deb aytiladi (2 rasm).


Demak, kristallning tasavvur etilgan ichki qonuniy tuzilishi tasvirlangan faraziy shaklga fazoviy panjara, deb aytiladi. Har qaysi kristall o‘zini tashkil etuvchi moddiy nuqtalarning shu kristallga xos joylashish tartibi ya’ni fazoviy panjara elementar yacheykasining, kristall tuzilishida cheksiz takrorlanuvchi parallelopipedning shakli kattakichikligi bilan ajralib turadi. Har qaysi modda kristalliga xos ravishda elementar yacheykalar qirralarining (a, b, c,) uzunligi bilan va shu qirralar orasidagi burchak — α, β, γ  qiymati bilan bir-biridan farq qiladi. Ilk bor buni 1848-yilda Ogyust Brave olimi tomonidan ko‘rsatildi. 



Rasm 3. Kristallarning 14 xil fazoviy panjaralari:
1- triklin; 2, 3 - monoklin; 4, 5, 6, 7 - rombik; 8- geksagonal; 9 - romboedrik; 11 - tetragonal; 12, 13, 14 - kubik.



Download 164.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling