Reja: Po‘latlarni azotlash. O`zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentni shakllantirish O`ta sovutilgan austenitning parchalanishi. Azotlash


Download 251.02 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi251.02 Kb.
#1593115
  1   2   3
Bog'liq
21 Tashmatov Xurshid Ismatullaevich


Po‘latlarni azotlash.


Reja:
1. Po‘latlarni azotlash.
2. O`zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentni shakllantirish
3. O`ta sovutilgan austenitning parchalanishi.

Azotlash – kimyoviy-issiqlik ish-lovi berish usullaridan biri. A. poʻlat, titan, ba’zi qotishmalardan tayyorlangan detallarning sirtqi qatlamini azotga toʻyintirishdan iborat. Detalning azotga toʻyintirilgan sirtqi qatlami juda qattiq, yeyilishga va zanglashga chidamli boʻlib qoladi. Yuqori temperaturalar ta’sirida boʻladigan va ishqalanuvchi detallar, dvi-gatel klapanlari, tishli gʻildiraklar va boshqa detallarning ish sirti azotlanadi. Detallarga uzil-kesil issiqlik ishlovi berilib va silliqlanib, zarur oʻlchamga keltirilganidan keyingina A. amalga oshiriladi. Poʻlat detallarning sirtqi qatlami ammiak oqimida 500–600° temperaturada azotlanadi. Buning uchun detal ogʻzi zich berkitiladigan mufel pech-ta joylanadi. Mufelga ammiak (NH3) yuboriladi, ammiak azot bilan vodorodga parchalanadi. Azot atomlari detalning sirtqi qatlamiga diffuziyalanadi. Azot temir bilan reaksiyaga kirishib, qattiq ni-tridlar hosil qiladi, natijada detalning azotlangan sirtqi qatlami qattiq boʻlib qoladi. Titan qotishmalarni A. 850–950° temperaturada oʻta toza azot muhitida amalga oshiriladi
Ferrit sementit fazalari yo`qolgandan keyin, tabiiyki ular o`rtasidagi ajralish yuzalari ham
yo`qoladi. Endi faqat austenit donachalari o`sishi mumkin. Agar temperaturani yana yuqoriroqqa ko`tarsak yoki AС1 dan yuqoriroq temperaturada ushlab tursak, austenit donachalari o`sish xususiyatiga ega bo`ladi, chunki termodinamik nuqtai nazardan ajralish yuzalari ko`p bo`lganligi uchun sof energiya katta bo`ladi, uni kamaytirishga harakat qiladi. Demak ichki sof energiya ajralish yuzalari kamaytirish orqali kamayadi, ya'ni donachalar yiriklashadi.
Donachalar o`sish mexanizmi asosan donacha chegarasidan atomlarni diffuziyalanishiga asoslanadi. Demak donachalarni o`sishi diffuziya tezligiga bog`liq. Qizdirish natijasida hosil bo`lgan gamogen donacha o`lchamlari sovutish natijasida o`zgarmaydi albatta. Lekin bir markazga ega bo`lgan po`lat donachasi qizdirganda o`sishi yoki o`smasligi mumkin. Bu
po`lat olish sharoitiga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun donachalarni o`sish o`smasligiga qarab po`latlarni 2 guruhga bo`lish mumkin: tabiati mayda donachali va tabiati yirik donachali po`latlar.
Tabiati mayda donachali po`lat bo`lsa, 950-1000°C qizdirilganda donacha sezilarli o`smaydi, lekin undan yuqoriroq temperaturaga qizdirilganda tez o`sishi mumkin. Donachalarni o`sish tezligi har xilligi-po`lat olishdan achitish prosessiga va uni tarkibiga bog`liq bo`ladi.
Achitish protsessida ferroalyuminiy qo`shilgan po`latlarda mayda A1K fazasi hosil bo`ladi va bu faza austenitni o`sishiga xalaqit beradi. Natijada nasli donachasi maydali po`lat bo`ladi. Shuni ham aytish kerakki, har xil legirlovchi element austenitni o`sishiga to`sqinlik qiladi, chunki
atomlarni diffuziya tezligi kamaytiradi.
Shuning uchun donacha o`lchamini toblash texnologiyasini tanlanayotganda albatta hisobga olish kerak. Donachalarni o`lchamlarini bir tekisda bo`lmasligi ham konstruktiv mustahkamlikni kamaytiradi. Chunki unda ichki kuchlanish bor.
Martensit deb uglerodni temirdagi to`yintirilgan qattiq eritmasiga aytiladi. Agar normal
temperaturada uglerod temirda 0,02% gacha eriy olsa (ferrit) martensitda esa uglerod austenitda
qancha bo`lsa, shunchaligicha qoladi, ya'ni 2,14% gacha bo`lishi mumkin. Uglerod temir panjarasida oktoedr shaklida bo`shliqlarga joylashgan bo`lib, temir kristall panjarasini bir tarafga qarab suradi. Shuning uchun martensit kristall panjarasi tetrogonal shakliga ega. Uglerod
po`latda qancha ko`p bo`lsa, shuncha tetrogonallik ortadi, kristall panjara asosi kichrayadi, ya'ni a=v kamayadi, C esa ortadi. Demak qancha uglerod ko`p bo`lsa, C/a nisbati shuncha katta bo`ladi. Imperik ravishda tetrogonallik bilan uglerod miqdori (massasi) bo`yicha quyidagicha bog`lanish mavjud s/a =1+0,046 C%. Bu yerda C% uglerod % miqdori.
Parchalanishning martensit mexanizmi. Austenit juda katta o`ta sovutilganda diffuzion protsesslar o`ta olmaydi, natijada martensit struktura hosil bo`ladi, ya'ni sovutish tezligi shunday bo`lish kerakki diffuziyani to`xtata olishi kerak. Martensit strukturasi atomlarni austenit-martensit chegarasida qayta taqsimlanishi natijasida vujudga kelmaganligi uchun, uni bir komponentli jismda faza o`zgarishi jarayoni deb qarash kerak. Martensit shunda hosil bo`ladiki, qachonki uning erkinlik darajasi austenitni erkinlik darajasidan kichigi bo`lganda. Bu austenitni nazariy kristallanish temperaturasidan sovutilgan sodir bo`lishi mumkin. Martensitga parchalanish boshlanishi uchun, o`ta sovutish yetarli darajada bo`lishi kerak, qachonki austenit va martensitni sof erkinlik energiyani o`zgarishi D, yuzaning va elastiklikning sof energiyalarini o`zgarishidan katta bo`lishi kerak. Xuddi shunday hodisa qizdirilganda ham bo`ladi.

Lekin qizdirishda martensitni austenitga aylanishi kuzatilmaydi. Chunki qizdirilganda diffuziya oldin paydo bo`lib, martensitning ferrit perlit strukturasn parchalanadi. Austenit martensitga parchalanishi va teskarisi - martensitni austenitga parchalanishi Mk Nk va A,, Kk temperatura intervallarida o`tadi va bu interval austenitni deformatsiyalanishi ham parchalanishiga olib keladi. Lekin martensit deformatsiya martensiti deb ataladi. Martensitga parchalanishni martensit mexanizmi atomlari kooperativ bir yo`nalish bo`yicha siljishi natijasida panjara qayta ko`riladi. Ayrim atomlar bir atom masofadan kam masofaga kuchadi, lekin Gp qo`shni atomlar holati o`zgarmagan holda ajralish yuzasidan qancha ichkari bo`lsa, absolyut siljish shuncha katta bo`ladi. Bu esa makroskopik siljishga olib keladi, uning tashqi ko`rinishi metall namunasini yuzasida ninasimon mikrorelf holida bo`ladi. Martensitga kristallarni hosil bo`lishida ma'lum yo`nalishlarda u austenit kristallariga yondoshgan bo`lib, martensit kristalli bilan austenit asos bo`ladi. Martensit kristallari matrisani nuqson joylarida ham uglerodga kam bog`langan donacha, ya'ni fluktaksion holati ro`y bergan joylarda paydo bo`ladi. Martensit kristalli panjarasi bilan austenit kristall panjarasi o`rtasida kogerent bog`lanishi saqlanib turgan davrda martensit markazlari hosil bo`lishi tezligi hali katta bo`ladi.


O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir”, deya mustahkamlab qo`yilgan. SHuningdek, Konstitutsiyaning 9-moddasida davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi strategik maqsadlar va unga doir har qanday o`zgartishlar xalq irodasi asosida amalga oshirishi quyidagicha belgilangan: «Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo`yiladi. Referendum o`tkazish tartibi qonun bilan belgilangan»


SHu nuqtai nazardan, Oliy Majlis ikki palatali parlamentni shakllantirish va Respublika Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini o`zgartirish maqsadlaridan kelib chiqib, xalq irodasini bu masalalarga bo`lgan munosabatini aniqlash, islohotlarni xalq irodasi asosida amalga oshirish tamoyillariga amal qilib 2002 yilning 27 yanvarida umumxalq referendumini o`tkazishga qaror qildi.
Ma’lumki, rivojlangan mamlakatlarda referendumlar o`tkazish xalqning siyosiy va ma’naviy ehtiyojini qondirishning demokratik vositasi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda odat tusiga kirgan. Masalan, SHveytsariyada yiliga 3-4 martadan ham referendumlar o`tkazilib turilganligini ana shunday izohlash mumkin. Referendumning muhim ahamiyati shundaki, “xalq ovoz berganligi tufayli ham, referendumda masalalarning taqdiri uzil-kesil, qat’iy hal qilinadi, xalq irodasi bilan qabul qilingan qaror majburiy tus oladi hamda qo`shimcha tasdiqlashga muhtoj bo`lmaydi. Referendumlar yo`li bilan qarorlar qabul qilish, boshqaruvni xalqqa yaqinlashtiradi, bunda siyosiy jarayonlar ochiq va oshkora tabiat kasb etadi”.
Mustaqil O`zbekiston Konstitutsiyasida fuqarolarni davlat ishlarini boshqarishidagi asosiy vositalar hisoblangan saylovlar va referendumlarda keng ishtirok etishi ham huquqiy jihatlardan mustahkamlandi. Unda referendum maqomi va fuqarolarni referendumda ishtirok etishi demokratik qadriyatlar talablari asosida ta’riflandi: “O`zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o`zini o`zi boshqarish, referendumlar o`tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo`li bilan amalga oshiriladi”.
Mazkur masala bo`yicha 2002 yilning 27 yanvarida o`tkazilgan Referendumning natijalari xalq xohish irodasini aniq va ravshan ko`rsatdi. “Siz kelgusi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?” degan byulletendagi birinchi savolga ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning 11344242 nafari yoki 93.85 % yoqlab, 768828 nafari yoki 6,35 % qarshi ovoz berdi.
Mamlakatda ikki palatali parlament shakllantirishda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning VII sessiyasining ahamiyati katta bo`ldi. Sessiyada mamlakatda jamiyat va davlat qurilishining muhim huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi. SHuningdek, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat uchun xos bo`lgan siyosiy va huquqiy munosabatlarning istiqbollari belgilandi.
Referendum jarayoni va uning natijalari jahon hamjamiyati oldida O`zbekiston jamiyatini demokratik qadriyatlar asosida rivojlanayotganligini yana bir karra isbotlab berdi. Prezident Islom Karimovning Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida referendum natijalaridan quyidagi ikkita muhim xulosa kelib chiqishini ko`rsatib o`tdi: «Birinchidan, bizning boshlagan yo`limizni, ya’ni totalitar tuzumdan voz kechib, yurtimizda ochiq demokratik davlat qurish, o`zini oqlamagan, buyruqbozlik tizimiga asoslangan, o`ta markazlashgan iqtisodiyotdan butun dunyo yashayotgan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tish, ozod va farovon hayot barpo etishdek sa’y-harakatimizni xalqimiz qo`llab-quvvatlamoqda; ikkinchi xulosa shuki, biz o`zimiz intilgan fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida hech kimdan kam bo`lmaydigan marralarga etish uchun boshlagan islohotlarimizni izchil va qat’iyatlik bilan davom ettirish va yanada chuqurlashtirishni hozirgi vaqtda hayotning o`zi taqozo etmoqda, buni keng jamiyatchiligimiz, xalqimiz katta umid bilan bizdan
kutmoqda».
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikki palatali qilib shakllantirishilining o`ziga xos xususiyatlariga to`xtalishdan oldin. Palatalrning o`zaro munosabatlari boshqa mamlakatlarda qanday tartibga solinganligini ko`rib chiqish maqsadga muvofiq. Jahon tajribalaridan kelib chiqib, ko`p uchraydigan uch holat haqida to`xtalib o`tish mumkin.

Download 251.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling