O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritish huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik asoslarini shakllantirish
Download 440.15 Kb.
|
O\'zbekiston davlat mustaqilligining
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demokratik tamoyillar va qadriyatlar
- Demokratiyaning asosiy xususiyatlari
O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritish huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik asoslarini shakllantirishReja:
Demokratik tamoyillar va qadriyatlarHozirgi davrdagi zamonaviy nazariy qarashlarga muvofiq demokratiya – bu ma'lum davlat institutlari to'plami mavjud bo'lishining o'zi emas. Demokratiya butun dunyo bo'ylab turli madaniy birliklar o'rtasida turli shakllarda gavdalansa-da, u aniq va mavjud qadriyatlar, qarashlar va jarayonlar guruhiga tayangan holda yashay oladi. Lekin, shu bilan birga, demokratiya amaliy hal qilishning bir xilligiga emas, balki bir necha asosiy negiz bo'ladigan prinsiplarga tayanadi. Demokratiya o'ziga xos qadriyat-lar tizimi sifatida milliy qadriyatlar bilan uyg'unlasha oladi.Demokratiyaning asosiy xususiyatlari:Demokratiya – bu hokimiyat va fuqarolik mas'uliyati barcha fuqarolarning to'g'ridan to'g'ri yoki o'zlarining erkin saylagan vakillari vositasida amalga oshiradigan boshqarish tizimidir;Demokratiya ko'pchilik hokimiyati va shaxsiy huquq prinsiplariga tayanadi. Demokratik davlat markaziy hokimiyat organlari kuch-qudratining oshib ketishiga yo'l qo'ymaydi, barcha darajadagihokimiyatlarni fuqarolar uchun ochiqligini ta'minlash, barcha kishilar chtiyojlariga aks sado bera olishi uchun mintaqaviy va mahalliy darajalardagi hokimiyatlarni nomarkazlashtiradi;Demokratik davlat quyidagi mas'uliyat hissini doimo sezib turadi: fuqarolarning so'z erkinligi, vijdon erkinligi, qonun asosida tcng himoyalanish huquqi, tashkilotlar tuzish imkoniyatiga ega ekanligi, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida to'la qonli ishtirok etishi kabi huquqlarini himoya qilish; Demokratik davlat fuqarolar uchun ochiq bo'lgan, saylov huquqi beriladigan yoshga yetgan fuqarolarning ovoz berishiga shart-sharoitlar yaratadi, shu maqsadda muntazam ravishda erkin va adolatli saylovlarni o'tkazib boradi; Demokratiya sharoitida fuqarolar nafaqat huquqlaiga ega bo'ladi, balki siyosiy tizimda ishtirok etish burchini ham o'zida his etadi. Bu jarayonda ular o'z erkinliklari va huquqlarini himoya qiladi. Demokratik jamiyat bag'rikenglik, hamkorlik va o'zaro murosasozlik qadriyatlariga berilgan bo'ladi. Maxatma Gandi iborasi bilan aytganda, «murosasizlik o'zini o'zi jabrlashdan tashqari chinakam demokratik ruhning shakllanishi uchun g'ovdir». Shuningdek, barcha rivojlangan mamlakatlarda e'tirof etilgan demokratiyaning ustunlari mavjud bo'lib, ularning birortasi ishlamay qolsa, demokratiya mexanizmlarining barchasiga putur yetadi. Download 440.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling