O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritish huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik asoslarini shakllantirish


birinchi navbatda iqtisodiyot bilan bog'liq boimagan


Download 440.15 Kb.
bet5/6
Sana07.03.2023
Hajmi440.15 Kb.
#1247412
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekiston davlat mustaqilligining

birinchi navbatda iqtisodiyot bilan bog'liq boimagan,
eng awalo,
madaniy-axloqiy
mexanizmlar yordamida erishish mumkin.
Bu mexanizmlar qayta tiklanayotgan milliy
qadriyatlar bilan hozirgi zamon sivilizatsiyasi singdirayotgan yashash me'yorlarining umumlashmasidan iborat bo'lmog'i darkor».
Albatta, mustaqillik e'lon qilingan paytda jahon hamjamiyatining mustaqil O'zbekistonni tan olishi, davlatimizning keng tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati o'zbek xalqining ma'naviy qadriyatlari va imkoniyatlari tiklanishiga, o'zini boshqa xalqlaroilasidagi to'la huquqli millat sifatida anglab yetishiga yanada katta kuch baxsh etdi. Keng miqyosdagi xalqaro aloqalar jahon madaniyatini yanada chuqurroq bilish, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo'lish uchun qulay shart-sharoitlar yaratdi.
Milliy, umumbashariy va demokratik qadriyatlar sintezi — demokratik jamiyat qurish sharti sifatida O'zbekiston mamlakati hududida bir necha ming yillar davomida davlatchilik, milliy va etnoijtimoiy
an'analari yashab kelmoqda. Ularning hammasi millatning shakllanishida muhim rol o'ynab, hozirgi milliy qadriyatlaming shakllanishiga olib keldi. Mazkur milliy qadriyatlaming umummilliy xarakter kasb etadiganlari millatning yashash tarzi yoki millatning rivojlanish omili sifatida ham namoyon bo'la boshladi. Mustaqillikning dastlabki davrida esa mazkur milliy qadriyatlaming aksariyati ilgari, ya'ni ittifoq davrida toptalgani, ijtimoiy-siyosatdan ajratib qo'yilganligi uchun qaytadan tiklanish jarayoniga zarurat sezmoqda edi. Endi demokratik jamiyat qurish vazifalari va qaytadan tiklanish zarurati paydo bo'lganligi sababli mazkur milliy qadriyatlar yangi jamiyat qurishning tamoyillari sifatida namoyon bo'la boshladi.
Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki davrida yuqorida keltirilgan milliy qadriyatlardan tashqari yana quyidagi qadriyatlarni tiklash yangi jamiyat qurish vazifalari sifatida namoyon bo'la boshladi:
  • xalqimiz hayotida kuchli jamoachilik ruhiyatining saqlanib qolganligi;
  • oila, mahalla, el-yurtning har bir inson uchun muqaddasligi;
  • ota-ona va boshqaruv rahbarlariga nisbatan hurmat- ehtiromning saqlanib qolganligi;
  • millatning ovozi bo'lgan ona tiliga bo'lgan izzat-hurmatning kuchliligi;
  • kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish odatlarining mavjudligi;
  • jamiyatda ayol zotiga nisbatan alohida hurmat-ehtirom ko'nsatilishi;
  • xalqimizning sabr-bardoshli, mehnatsevar ekanligi;
  • xalqimiz o'rtasida halollik va mehr-oqibatlilikning keng tarqalganligi;
  • xalqimiz mentalitetida o'zgarishlarga doir islohotlarni shoshilmay, asta-sekin olib borishga moyilligi;
  • xalqimizning tafakkur tarzi va ijtimoiy qarashlarining rivojlanganligi;
  • xalqimiz milliy ma'naviyati va madaniyatining o'ziga xos Sharqonaligi.

Mustaqillik davrida milliy qadriyatlaming fuqarolik jamiyati qurish, demokratik tamoyillarni jamiyatda qo'llashdagi o'mi masalasi nafaqat davlat siyosati darajasiga ko'tarildi, balki, demokratik jamiyat qurishning «O’zbek modeli»ni tarkibiy qismi sifatida e'tirof etildi. Chunki, bir necha ming yillar davomida shakllangan milliy qadriyatlardan birdaniga voz kechib bo'lmaganidek, millatning bir necha ming yillarda odatlanib qolgan qadriyatlarisiz hech qanday islohotlarni amalga oshirolmasligi tabiiy bir holdir. Ayniqsa, Sharq olamida turli xalqlarning bir necha ming yilliklar ichida shakllantirgan va rivojlantirgan milliy qadriyatlari yashash tarzining qirralari sifatida mahkam o'rnashganligi, uni hech qanday kuch yo'qota olmasligi uchun yangi jamiyat qurishni ham ularsiz amalga oshirib bo'lmaydi.
Ittifoq davrida milliy qadriyatlar tazyiqlar va ta'qiqlashlarga uchragan bo'lsa ham ular xalqimiz ruhiyatida, tarixiy xotirasida saqlanib qoldi. Prezident I.A.Karimov bu haqda quyidagi fikrni bildiradi. «Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O'zbekiston xalqi avloddan avlodga o'tib kelgan o'z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o'ziga xos an'analarini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi». Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab milliy qadriyatlarni tiklash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi darajasiga ko'tarildi. Bu sohadagi dolzarb vazifalarni Prezident I.A.Karimov quyidagicha ifodalagan edi: «Biz ma'naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o'zlikni anglashning o'sishidan, xalqning ma'naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz».
Markaziy Osiyo xalqlari o'z tarixiy taraqqiyoti jarayonida mintaqada yashagan barcha xalqlarga mansub bo'lgan ularni birlashtirib turishga qobil bo'lgan milliy qadriyatlarni yaratdi:
tug'ilgan ota makon va ona yurtga ehtirom his-tuyg'ularining kuchli bo'lishi; ajdodlarni xotirlash, ular qoldirgan qadriyatlarga sadoqat tuyg'ularining mavjudligi;
yoshi ulug', mo'ysafidlarning obro'-e'tiborini joyiga qo'yish, yoshlarga g'amxo'rlik qilish va ularga izzat ko'rsatish;
insoniy muomala va munosabatlarda ma'naviy qadriyatlarga qat'iy amal qilish;
ajdodlardan meros bo'lib qolgan hayo, andisha, og'ir vazminlik, sabr-toqat kabi qadriyatlarni saqlash, rivojlantirish va ularga amal qilish.
Demokratik qadriyatlarning rivojlanishi faqat zamonga emas, balki makon va kengliklar, ulardagi taraqqiyot bosqichlariga ham bog'liqdir. Ular shakliyjihatdan muayyan kengliklarda rivojlanadi. Masalan, ularning rivojlanishi uchun muayyan kengliklarga zarurat tug'iladi:
mahalliy; milliy; mintaqaviy.
Ularda shakllangan mahalliy, milliy va mintaqaviy qadriyatlar rivojlanib borgani sari umuminsoniy ahamiyat kasb etib boradi.
O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlardan keng foydalanishdan tashqari diniy qadriyatlarni tiklanishiga ham muhim ahamiyat berilmoqda. Chunki, aksariyat diniy qadriyatlar milliy qadriyatlar sifatida namoyon bo'lishi tabiiy bir holdir. Milliy qadriyatlar ham, diniy qadriyatlar ham fozil jamiyat qurishni, farovonlikni, komil insonni shakllantirishni, ijtimoiy adolat o'matishni, tinchlikni, millatlararo ahillikni oliy qadriyatlar sifatida e'tirof etadi.
Demokratik qadriyatlaming shakllanishi bir necha pog'onalar va ularning o'zaro aloqadorligi, o'zaro uyg'unlashuvi natijasida sodir bo'ladi. Tarixiy jarayonlar bu qadriyatlaming mahalliy, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy shakllarda namoyon bo'lishini ko'rsatdi.
Tarixiy rivojlanish tajribasi shuni ko'rsatadiki, demokratik jamiyatni umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg'unligisiz barpo etib bo'lmaydi. Umuminsoniy qadriyatlaming asosiy vazifasi olamni bilish va uni amaliy o'zgartirishning muhim omili sifatida rivojlandi. Umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg'unligi inson ma'naviy kamolatining eng muhim omili sifatida e'tirof etildi.

Mahalliy davlat hokimiyati. Milliy davlatchilik tarixi tajribasidan kelib chiqib va "O’zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to’g’risida" gi Qonunga muvofiq 1992-yil yanvaridan boshlab viloyat, tuman, shaharlarda hokimlik tashkil etildi. Hokimiyat qoshida ijroiya apparati tuzildi.

Viloyat, tuman va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo’lib, davlat va fuqarolarning manfaatini ko’zlab o’z vakolatlariga taaluqli masalalarni hal etadi.lar.

Hokim va uning ijroiya apparati joylardagi barcha korxona va muassasalarga rahbarlik qilish, mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni fuqarolarning mafaatlariga mos ravishda hal qilish bilan shug’ullanmokda.

Boshqaruv sohasidagi islohotlar. O’zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlovchi, bozor munosabatlarining faoliyati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv strukturasi yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq mahkamachilik va ma’muriy-buyruqbozlikdan huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o’zini-o’zi idora etishga o’tildi.

Ma’muriy-buyruqbozlik, to’rachilik tizimining o’zagini tashkil etgan Davlat reja qo’mitasi, Davlat ta’minot qo’mitasi, Davlat narxlar qo’mitasi, Davlat agrosanoat qo’mitasi va boshqa qo’mitalar, vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi.


Download 440.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling