Islom dinida nikoh talqini Islomda olianing muqaddasligi
Download 67.45 Kb.
|
Islomda nikoh va oliaviy munosabatlarning talqini2
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Erkaklar xotinlari ustidan rahbardurlar"
Reja: Islom dinida nikoh talqini Islomda olianing muqaddasligi Islomda Erkak va ayolning maqomi va vazifalari Kirish Oila jamiyatning muqaddas maskani, eng asosiy tarbiya makonidir. Oiladagi ota ibrati, ona mehri, bobo va buvilar o’gitlari orqali milliy qadriyatlarimizga bo’lgan imon-e'tiqod, halollik, mehr-oqibat avloddan avlodga o’tadi, farzandlarimiz ongi va qalbida muhrlanib boradi. Iqtisodiy jihatdan farovon, ijtimoiy-axloqiy va g’oyaviy muhiti sog’lom oila negizida yuzaga kelgan jamiyat va davlatning poydevori mustahkam bo’ladi. Chunki bunday oilalarda ma'naviy barkamol inson voyaga yetadi, uning his-tuyg’ulari, dunyoqarashi, tafakkuri el-yurtga halol xizmat qilishdek insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan. O’zbeklarda oilaning rahbari ota hisoblanib, u oilani moddiy jihatdan ta'minlashga mas'uldir. Otaning rahbarligi to’g’risida Qur'oni karimda "Erkaklar xotinlari ustidan rahbardurlar" deyilgan. Oyat mohiyatini tahlil qiladigan bo’lsak, oiladagi moliyaviy masalalar, chetdan bo’ladigan xurujlardan uni himoya qilish otaga yuklatilmoqda. Nafaqat rahbar, balki ota-oila posboni. Ota bor xonadon charog’on, bolalar yuzida tabassum, ona qalbida osoyishtalik. Oilada ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqaror bo’lib turishida, farzand tarbiyasida onaning, ayolning o’rni beqiyos. Farzandlarimizning oilada shakllangan imon-e'tiqodi, odobi, g’ururi, iftixori, oriyati, mahalla muhitida mustahkamlanib boradi. Oilada imon-e'tiqodli oriyatli etib tarbiyalangan qiz yoki o’g’il mahallaning sha'ni, obro’si, kelajagi uchun qayg’uradi. Mahallada yuzaga kelgan har qanday noxushliklarga barham berishga intiladi. Tarix saboqlaridan ma'lumki, inson qalbiga bunyodkor g’oyalarni singdirish ma'naviy barkamollikni ta'minlaydi. Bu kabi bunyodkorlikka da'vat umuminsoniy va diniy qadriyatlarimizga hurmat, ularni sevib o’qish va uqishda ham mujassam. Bunday tarbiya bolalarga diniy qadriyatlarimizning sarchashmalari Qur'oni karim, hadisi shariflar, ajdodlarimiz ma'naviy merosi orqali singdirib kelingan. Jahon madaniyati va ma'naviyatiga katta hissa qo’shgan Ibn Sino, Farobiy, Navoiy, Ahmad Farg’oniy, Mirzo Ulug’beklarni dunyoga keltirib tarbiyalagan momolarimizning ham o’zlari ma'naviy barkamol bo’lganliklariga shubha yo’q. Oilalar birligi jamiyatni tashkil etib, jamiyat ustunlari bo’lgan zamonaviy ayollar ham sog’lom fikrlashi vatanimiz taraqqiyoti uchun iqtidorli yoshlarni tarbiyalashdek mas'uliyatni his qilmoqlari zarur. Ayolning insoniy qadrini joyiga qo’yish, har qanday tajovuzkorlikdan asrash, ijtimoiy hayotdagi o’rnini o’z vaqtida anglab yetish jamiyatda barqarorlikni hukm surishi uchun moddiy va ma'naviy zamindir. Chunki, ijtimoiy hayotda muqaddas dargoh hisoblanmish oila ayol bag’rida vujudga kelar ekan, bu ham davomiylik kasb etadi. Bugungi farzand qiz vaqt o’tib ona, buvi bo’ladi. Ayollar va ularning erkinligi, turmush sharoitlari qanchalik qulay bo’lsa, ayolning kelajak oldidagi mas'ulligiga shuncha katta imkoniyatlar ochiladi. Bu esa xotin-qizlarimizni yurt tinchligi xalq farovonligi uchun halol mehnat tufayli ortirgan obro’-e'tibori bilan ham bog’liq. Oilada baxtli, hayotda o’z o’rnini topgan ayol farzandlari kelajagiga ham bee'tibor bo’lmaydi. Islom dinida nikoh talqini Islom nikoh aloqasini (robitasini) insoniy aloqalar ichidagi eng muqaddas muomalaga aylantirgan. Nikoh so’zining lug’aviy ma’nosi “qo’shilish” “jamlanish”, “yaqinlashish” degan ma’nolarni anglatadi. Shariatda esa: “Nikoh baxralanish ekanligini hosil qiluvchi bo’shliqdir”. Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qiladi. Alloh taolo Qu’roni Karimda shunday marhamat qiladi. “Oralaringizda nikohsizlarni va qulu cho’rilaringizdan solihlarini nikohlab qo’ying, agar faqir bo’lsalar, Alloh o’zlari o’z fazlidan boy qilur, Alloh qamrovi keng, bilguvchi Zotdir”1 . Alloh taolo inson hayoti ma'lum nizom asosida, iffat va poklik asosida, muhabbat va sevgi asosida, o‘zaro ishonch va hurmat asosida bo‘lishi uchun nikohga amr etgan. Alloh taolo inson hayotini turli tartibsizlik va kelishmovchiliklardan, harom-harishdan, iflosliklardan va ularning oqibatida kelib chiqadigan baloofatlardan saqlash uchun nikohga buyurgan. Alloh taolo nikohni barcha payg‘ambarlarining sunnati, aziz-avliyolarning odati, inson zurriyotining boqiy qolishi uchun, naslining ko‘payishi uchun eng yaxshi vasila qilib qo‘ygan. Erkak-ayol o‘rtasidagi muqaddas robita bo‘lmish nikoh aloqasi tufayli kishilar quda-anda bo‘ladi, oralaridagi ijtimoiy aloqalar rivojlanadi, do‘stlik, mehribonlik rishtalari mustahkamlanadi. Nikoh tufayli insonning mayli jilovlanadi, uning uchun xotirjamlik, saodat ta'min etiladi. Nikoh tufayli kishilar o‘z sharaflarini, obro‘larini muhofaza qilishadi, daraja-martabaga ega bo‘lishadi. Oila qo‘rg‘onining poydevori, uning mustahkam qal’asi, er-xotinni mahkam bog‘lovchi rishtasi nikohdir. Nikoh insonlar jamiyatida eng muqaddas bitim hisoblanadi. Chunki hayotda halol va haromni ajratish, er-xotinning haq-huquqlariga rioya etish, oila tuzish, inson naslining davomiyligini ta’minlash, yosh avlod tarbiyasi shar'iy nikohga bog‘liq masalalardir. Islom ta'limotlariga ko‘ra oila quyidagi asos va maqsadlar bo‘yicha quriladi : Ushbu odob va axloqlar oiladan tashqarida bo‘lishi mumkin emas. Misol uchun, mehribonlik, halimlik, adolat va o‘zaro yordamni olib ko‘raylik. Ushbu oliy maqom axloq namunalarining namoyon bo‘lishi, mustahkamlanishi uchun oila asosiy makon emasmi? Agar oila bo‘lmasa, bu narsalarga ko‘ngildagidek erishib bo‘ladimi? Boshqa odob va axloqlarni ham shunga taqqoslash mumkin. Allohning oyatiga amal qilib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatiga ergashib oila qurmoqdaman, deb niyat qilgan odam go‘yo haqiqiy ibodatni ado etgan bo‘ladi. Oilaga er-u xotinga ulug‘ va sharafli mas'uliyatlarni yuklaydigan sheriklik hay'ati deb qarash kerak. Er-xotin o‘sha mas'uliyatlarni ado etish uchun himmatlarini oliy qilib, osonlik va qiyinchilik, kenglik va torlik vaqtlarida ham o‘zaro hamkorlik qilishlari kerak. O‘z oilalarini mustahkam qilib, oliyjanob farzandlar yetishtirishlari, vatanga foyda keltirish uchun harakat qilishlari kerak. O‘z navbatida kelishgan holda har kim o‘ziga xos va o‘ziga yuklatilgan burch va vazifalarni vijdonan ado etishi lozim bo‘ladi. Oilaviy nikoh aloqasi ma'naviy, ruhiy bog‘lanishdir. Bu aloqa doimiy va bardavom aloqadir. Shuning uchun ham bu aloqa muhabbat, rahm-shafqat asosida bo‘lishi kerak. Mana shu ma'nolarni o‘ziga singdirib olgan holda oila qurishga harakat qilish kerak. Oila jamiyatning kichik bir qismidir. Islom ta'limotlari bo‘yicha, oila har qanday jamiyatga asos bo‘luvchi g‘isht kabidir. Bir boshliq, rahbari bo‘lmasa, u ham parokandalikka yuz tutadi. Shunga ko‘ra Alloh taolo erni oilada boshliq - rahbar etib qo‘ygan. Chunki erkak kishi ham jismonan, ham ma'nan shu maqomga loyiqdir. Oilaning barcha nafaqasi, sarf-xarajati, uni himoyalash erning zimmasidadir. Ammo erkak oilani boshqarishda aslo qo‘pollik, zulm qilishi mumkin emas. Qolaversa erning rahbar qilinishi mutlaqo ayolni kamsitish emas. Ayrim g‘animlar da'vo qilayotganiday uning huquqlarini cheklash ham emas, balki oila-ro‘zg‘orning tashvish-mashaqqatlaridan fitran nozik yaratilgan ayolni ozod qilib qo‘yish, turmush og‘irliklarini tabiatan baquvvat erkakka yuklashdir. Qolaversa, erning rahbarlikka ma'naviy huquqi ham bor. Chunki u ayolga nisbatan ehtirosi va hayajonini jilovlay oladigan bo‘lgani uchun ham oila totuvligining garovi sanaladi. Alloh taolo hech bir ishni behikmat qilmaydi. Jumladan, erkak kishi oila rahbari bo‘lsa va u o‘z rahbarligini shariatda ko‘rsatilgandek ado etsa, bunday oilalar baxtsaodatga erishadi, inshoalloh. Bu ko‘rsatmalarga yurmagan oilalar esa, baxtsizlikka uchramoqda. Shunday oilalardan tashkil topgan jamiyatlar ham kulfat va bebaxtlikka duchor bo‘lmoqda. Aslida, bu rahbarlik mas'uliyatdir. Mas'uliyat bo‘lganida ham, ulkan mas'uliyatdir. Ushbu mas'uliyatga binoan, erkak kishi oilaning, jumladan, ayolning homiyligini, boquvini, muhofazasini ado etmog‘i lozim. Oila-nikoh huquqi islomda mukammal darajada ishlab chiqilgan keng qamrovli huquq tarmoqlaridan biridir. Ushbu huquq tarmog‘i orqali oila, nikoh, er va xotinning huquq va majburiyatlari, nikohni bekor qilish, farzand tarbiyasi, nafaqa olish yoki berish bilan bog‘liq bо‘lgan munosabatlar huquqiy tartibga solinadi. Nikoh oilaning asosini tashkil qilib, uni tuzish har qaysi davrda, avvalo, din, undan keyin davlat va jamiyatning alohida e’tibori hamda nazoratida bо‘lib, ikki jins vakillarining о‘zaro roziligi asosida tuzilgan ittifoqdir. Nikoh bilan ikki vujud, ikki qalb xuddi bir tan, bir jonga aylanadi. Bu esa oila deyiladi. О‘zaro muhabbat va mehr asosida qurilgan oila mustahkam bо‘lib, a’zolari huzur-halovatda yashaydi. Oilasi tinch, kо‘ngillari hotirjam bо‘ladi. Oilaning tinchligi va xotirjamligiga esa er-xotin о‘rtasidagi о‘zaro hurmat, ishonch, mehrmuhabbat orqali erishiladi. Nikoh muqaddas ishdir. Nikoh-halollik, nikohsiz qо‘shilish esa haromlik belgisidir. U huquq tilida bola tug‘ilishini qonunlashtiradigan alohida turdagi xususiy shartnomani anglatadi. Musulmon oilasi patriarxal munosabatlar asosida qurilgan bо‘lib, oila boshlig‘i uning a’zolariga nisbatan kо‘proq imtiyozlarga ega edi. Bu haqida Qur’oni karimning erkaklar ayollari ustidan rahbar ekanliklari qayd etib о‘tilgan. Zero, erkaklar jismonan baquvvat, oilani himoya qilish, oila a’zolarini tartibga chaqirish, ularga odob berish, hissiyotga berilmaydigan xislatlar bilan ajralib turadilar. Islom huquqida oila qurish bir tomondan har bir musulmonning huquqi bо‘lsa, ikkinchi tomondan majburiyatidir. Islom oila-nikoh munosabatlarini huquqiy asosi bо‘lib, Qur’oni karim, hadislar, ijmо’, qiyos xizmat qiladi. Qur’oni karimda oilaviy munosabatlarni tartibga solishga aloqador bо‘lgan 70 ga yaqin oyatlar mavjud bо‘lib, ushbu oyatlarda oila-nikoh munosabatlari, nikohning shartlari, mahr, taloq, idda, ota-ona va farzandlar о‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalar о‘z aksini topgan. Masalan: Islom huquqiga kо‘ra, faqatgina er va ayolni о‘zaro qо‘shilishiga, ittifoqiga nikoh deyiladi. Ijmo va qiyos normalari orqali Xalifai Roshiddinlar hamda mujtahidlarning qarorlari orqali oilaviy huquqiy masalalarni hal qilishda huquqiy manba sifatida foydalanilgani tarixdan ma’lum. Qur’oni karim va hadisi sharifdan oila va nikoh masalalariga doir ba’zi misollar: - Qur’oni karimning “Baqara” surasi 223-oyatida “Xotinlaringiz ziroatgohingizdir”, ya’ni ayollar farzand yetishtiradigan ekinzor dalaga qiyos qilingan; - Qur’oni karimning “Rum” surasi 21-oyatida Nikohda ikki katta foyda bor : erxotin bir-birlaridan xotirjamlik va halovat topishadi; ular orasida sevgi va shavqat tuyg‘ulari yuzaga keladi. - Ayolga uylanayotganda tо‘rtta narsasiga qaraladi: moliga, nasabiga, chiroyiga va dindorligiga. Sen bulardan dindorini tanla, baxtli bо‘lasan deyilgan. Nikoh - sharafli va muborak ahd hisoblanadi. Alloh taolo uni bandalarining foyda va manfaatlari uchun, ezgu maqsadlarga va sharafli g‘oyalarga erishishlari uchun joriy qilingan. Nikohdan kо‘zlangan asosiy maqsad zurriyot qoldirish va haromdan saqlanishdir. Download 67.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling