Islom dinida nikoh talqini Islomda olianing muqaddasligi


Download 67.45 Kb.
bet5/5
Sana07.05.2023
Hajmi67.45 Kb.
#1439433
1   2   3   4   5
Bog'liq
Islomda nikoh va oliaviy munosabatlarning talqini2

Yaqinlar bilan munosabatlar.
Ikki tomon ham bir-birining yaqinlari, oila a’zolariga o‘zaro hurmatni saqlashi, yaxshi munosabatda bo‘lishlari kerak. Bu holat ko‘pincha erkaklar tomonidan buziladi. Ayol erning xonadoniga borgach, uning oila a’zolari va yaqinlarining hurmatini joyiga qo‘yadi, aks holda tezda nizo chiqadi. Shunga yo‘l qo‘yadigan ayollar ham uchraydi, bu esa erning ko‘nglini qoldirib, oraga sovuqchilik soladigan sabablardan biridir.
Afsuski,erkaklar tomonidan ayolining yaqinlarini kamsitish, ularga nisbatan hurmatni saqlamaslik ko‘payib ketyapti – bu aslo mumkin emas. Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v) ota-onasi mushrik bo‘lganlarning ham ota-onalari haqida yomon gap aytishdan qaytarganlar. Chunki bu insonning qalbini og‘ritadi.
Ayol o‘z ota-onasi, yaqinlari bilan ko‘rishishni istaganda er tomonidan taqiqlash, yo‘l bermaslik ham ko‘zga tashlanadi. Bu ham katta xato: ota-onaning maqomi qanchalik ulug‘ ekani ta’kidlanib, ularga yaxshilik qilishga buyurilgan. Shunday ekan, turmush qurish bunga monelik qilmasligi lozim. Qolaversa, dinimizda silai rahm ulug‘lanadi. Bordi-keldi chegaralangan taqdirda ham, ayolning yaqinlari bilan aloqani uzishga qarshilik bo‘lmasligi kerak.
Oilada shu jihatlarga e’tibor qaratilib, amal qilinsa, oilalarimiz mustahkamligiga erishamiz.
Xulosa
Shaxsning shakllanishi u yashayotgan jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy va madaniy muhitning ta'sirida kechadi. Bu jarayonning birinchi bosqichi oiladir. Oilada go'dakning dunyoga kelgan kunidan boshlab, axloqiy va ongli faoliyatiga asos solinadi. Dunyoga yangidan kelgan go'dak sog'lom bo'lishi, buning uchun uning onasi ham sog'lom bo'lishi va ruhiyatining tetik bo'lishiga ko'p omillarga bog'liq. Buyuk alloma, mutafakkir va qomusiy olim Abu Ali ibn Sino shu munosabat bilan o'zining «Tib qonunlari» nomli asarida «chaqaloqning ona qornida rivojlanishi va tug'ilgandan keyingi davrlarda shaxs sifatida shakllanishi ona ruhiyatiga bog'liq», deb ta'kidlaydi.
Oila qurishdan maqsad nimaligini tushunish lozim. Shariatimizda har bir ishdan ko‘zlangan maqsad bor. Dinimizda insonning hayoti, aqli, dini, sha’ni va molini muhofaza qilish muhim hisoblanadi va shunga yarasha ahkomlar joriy qilinadi. Oila qurishdan maqsad – iffatni saqlash, ya’ni ikkala tomon ham bir-birlarining iffatlarini saqlashlari kerak bo‘ladi. Yana bir asosiy maqsad esa nasl qoldirish. Tinch-totuv oila bunyod etish ham maqsadlardan biri bo‘lib, oila tinch bo‘lsa – jamiyat ham tinch-totuv bo‘ladi. Jamiyatning salohiyatli bo‘lishi oilalarning salohiyatli bo‘lishiga bog‘liq.
Download 67.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling