Mavzu: Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni prognozlash usullari


Download 29.69 Kb.
bet1/6
Sana21.09.2023
Hajmi29.69 Kb.
#1684139
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni prognozlash usullari


Mavzu: Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni prognozlash usullari

Reja:



1. Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlash modellarining mohiyati.
2. Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlash modellarining turlari.
3.Тarmoqlararo balans modeli.
4. Iqtisodiy variatsiyalar.
5 Makroiqtisodiy prognozlash modellari.
6.Iqtisodiyotda qo’llaniladigan optimallashtirish modellari.

1. Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlash modellarining mohiyati.
Ijtimoiy va iqtisodiy prognozlashda turli modellardan keng foydalaniladi. Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob‘ektlarni matematik modellar yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi. «Model» so‘zi lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me‘yor degan ma‘noni anglatadi.
Iqtisodiy model-iqtisodiy ob‘ektlarning soddalashtirilgan nuxasidir. Bunda modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob‘ektga aynan mos kelishi muhim axamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o‘rganilayotgan ob‘ektning xamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Shunda jarayonning eng xarakterli va eng muxim belgilari aks ettiriladi.
Model iqtisodiy prognozlashni, o‘rganilayotgan jarayonni ilmiy anglashning muhim vositasi bo‘lib hisoblanadi. Modellashtirish jarayoni, ob‘ektni yoki jarayonni boshlang‗ich o‘rganish, uning amalga oshadigan xususiyatlari va belgilarini ajratish, modelning nazariy va tajribaviy tahlili, modellashtirish natijalarini ob‘ekt haqidagi haqiqiy ma‘lumotlar bilan solishtirish, modelni korretirovkalash hamda oydinlashtirish kabilar asosida model qo‘rishni tashkil etadi. Iqtisodiy-matematik modellar va usullarning iqtisodiy tizimlarga tadbiq etuvchi tarmog‗i, murakkab iqtisodiy tizimlarni boshqarish uslublarini nazariya, ya‘ni umumkibernetik ishlab chiqarish vositalari yordamida o‘rganadi. Bunday vositalarga, avvalo, ishlab chiqarish jarayonlarini matematik modellashtirish va o‘zaro iqtisodiy aloqalarni modellar yordamida tekshirish, murakkab tizimlarni oddiy tizimlarga keltirib tahlil qilish, turli ob‘ektlardagi o‘zaro bog‗lovchi axborot aloqalarini o‘rganish hamda iqtisodiy tizimlarni rostlash uslublari kiradi. Kuzatilayotgan ob‘ektlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro‘y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun ob‘ektlar hamda ularning xossalari kuzatiladi va ular to‘g‗risida dastlabki tushunchalar hosil qilinib, turli xil shakldagi modellar yaratiladi. Keng ma‘noda model biror ob‘ektni yoki ob‘ektlar sistemasini na‘munasidir.
Modelning hayotiyligi uning modellashtiriladigan ob‘ektga qanchalik mos kelishiga bog‗liq. Bitta modelda ob‘ektni hamma tomonini aks ettirish qiyin bo‘lganligidan unda ob‘ektning eng xarakterli va muhim belgilarigina aks ettiriladi. Shuni ham ta‘kidlab o‘tish kerakki, ortiqcha soddalashtirilgan model qo‘yilgan talablarga yaxshi javob bera olmaydi, o‘ta murakkab model esa masalani yechish jarayonida qiyinchiliklar tug‗diradi.
Demak, modelning haqiqiyligi to‘plangan ma‘lumotlar hajmiga, aniqlik darajasiga, tadqiqotchining malakasiga va modellashtirish jarayoniga, aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog‗liq ekan.

Download 29.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling