Nutq odobi. Reja


Download 21.26 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi21.26 Kb.
#1471057
  1   2   3

NUTQ ODOBI.
Reja:

  1. Soha xodimlarining odob-axloq qoidalari bilan tanishish va ular haqida gapirib berish. Odob–axloq mavzusidagi hikmatlarni yod olish.

  2. Odob-axloq mavzusidagi kitobga annotatsiya yozish.

  3. Annotatsiya matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.

Nutq – tildagi ifoda vositalardan foydalangan holda voqelikka aylangan fikrdir.


Nutq, nutq odobi inson... manaviyatini-ma’rifatini belgilovchi asosiy mezondir. Demak kishi... odobi, eng avvalo, uning nutqi... ko‘rinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi deganda aytilishi zarur bo‘lgan xabarlar... tinglovchi... hurmat qilgan holda, uning ko‘ngli... mos holda adabiy me’yordagi ifodalar bilan yetkazishdir. Xunuk xabar... ham tinglovchi... beozor yetkazish mumkin. Buning uchun so‘zlovchi til... mukammal bilishi kerak. Muloyim, yoqimli,odobli so‘zlash ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Unga yoshlik... ibratli kishilar... taqlid qilish, ulardan o‘rganish orqali erishiladi. O‘quvchi uchun eng yaxshi namuna o‘qituvchidir. Buni o‘qituvchi har doim his qilib turishi kerak.
Nutq odobi salomlashish... boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik undan keyingi yaxshi suhbat... debocha bo‘ladi, tinglovchi... yaxshi kayfiyat paydo qiladi. Salomlashish... ahamiyati haqida hindlar... shunday naql bor: “Bitta salom bilan beshta narsa... – o‘zini yengil sezish, shon-shuhrat topish, qut-barakali, ilmli bo‘lish va nihoyat uzoq umr ko‘rishga erishiladi ”. Ha, salom... gap ko‘p, salomlashish, salom berish... ham o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor.
Madaniyatli kishi o‘z aybi... bo‘yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim so‘rash... ham bilishi lozim. O‘z aybi uchun uzr so‘rash o‘z g‘ururi... yer... urish emas, balki odoblilik va xushmuomalalik alomatidir.
Yetuk kishi... xos fazilatlar... yana biri xayrlashuv odobidir. Tilimiz... xayrlashganda ishlatiladigan “xayr”, “sog‘ bo‘ling”, “xayr,ko‘rishguncha”, “xayr, omonlikda ko‘rishaylik” kabi ta’sirchan iboralar mavjud. O‘qituvchi xona... chiqayotganda “xayr, “sog‘ bo‘linglar”, “xayr, yaxshi qolinglar” ishlatsa o‘rinli bo‘ladi.
a)Matnni o’qing, nuqtalar o’rniga kelishik qo’shimchalaridan mosini qo’ying;
b) Matnni ochuvchi 5 ta savol yozing?

  1. “Illiada” dostonida qadimgi bir topishmoq keltiriladi: “Bu narsa yo’lida nima uchrasa yeb ketaveradigan, yemishi tugagach, u bilan birga o’ladigan dahshatli mahluq ” savol u mahluq nima?

  2. Migel Servantesning dunyoga mashhur “Don Kixot” asarida Sancho Pansoning Don Kixotga aytganlaridan “...kishilar fikrini yozuvchi parda, ochlikni quvuvchi ovqat, chanqoqni bosuvchi suv, sovuqda isituvchi olov, cho’pon bilan qirolni, tentak bilan dononi teng qilib qo’yadigan ne’mat borligiga shukur...” Sancho bu ta’rifni nimaga nisbatan bergan?

  3. Hamlet: “Uning ishi naqadar maroqli. Ishi tosh teruvchidan ham, kema yasovchidan ham, duradgordan ham pishiq. Ularning qurgani qiyomat qoyimgacha buzilmaydi” Hamlet bu falsafiy fikrlarni kimga nisbatan keltirib o’tgan?

  4. Buyuk olim Nobelь dunyo ilmiga juda katta hissa qo’shgan, har yili u o’lgan sanada “Nobelь” mukofoti topshiriladi. U 1896 yilning qaysi sanasida vafot etgan?

  5. Ular haqida gap ketganda amerikaliklar shunday deydi: “Ular ovdan rohatlanadiyu, ammo ovlangan jonzotning go’shtini yemaydilar” Benjamin Franklin ular haqida juda qattiq fikr bildirgan “Ular hali mukammal jonzotga aylanishmagan”. O’zbek xalq iborasidagi “Yarim qaychi hech narsaga yaramaydi” degan fikr ham ular haqida. Ular kimlar?

Nutq madaniyati to‘g‘risida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda so‘zlarning o‘rinli va o‘rinsiz ishlatilishi to‘g‘risida ham bahs boradi. Qo‘llangan til birligini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deyilganda, albatta, ma’lum


bir o‘lchov (mezon) ga asoslanishimiz tayin. Mana shu o‘lchov (mezon) tilshunoslikda adabiy til me’yori deb yuritiladi.
Har bir lahjaning, so‘zlashuv tilining, adabiy tilning o‘z me’yorlari bo‘lganidek, nutqning alohida ko‘rinishlari bo‘lgan argolar, jargonlar ham o‘z me’yoriga ega. Xususiy me’yorlar quyidagicha ko‘rsatiladi: 1. Dialektal me’yor. 2. So‘zlashuv nutqi me’yori. 3. Argolar, jargonlar me’yori. 4. Adabiy til me’yori (adabiy me’yor).

Download 21.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling