Nutq odobi. Reja


Download 21.26 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi21.26 Kb.
#1471057
1   2   3
Adabiy me’yor. Ma’lum bir hududda tarqalgan uzus imkoniyatlari o‘sha hududda yashovchi aholi uchun istisnosiz tushunarli bo‘ladi, ya’ni aloqani yengil amalga oshirishga imkon beradi. Bu- tilning o‘zi me’yordan iboratligini ko‘rsatadi. Me’yor - tilning yashash shaklidir.1
Adabiy me’yor uzusga asoslanadi, undan olinadi. Adabiy me’yor adabiy til bilan birga tug‘iladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyatining taraqqiyoti bilan rivojlanib, o‘z qonun-qoidalarini mustahkamlab boradi.
Adabiy me’yor uzusdan olinganligi sababli hamma uchun tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat a’zolarini uyushtirishda, katta vazifalarga otlantirishda adabiy til, uning me’yorlari jamiyat uchun nihoyatda zarurdir.2
O‘zbek adabiy tili me’yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi:

  1. Leksik - semantik me’yor.

  2. Talaffuz – (orfoepik) me’yor.

  3. Yozuv (grafika) me’yori.

  4. Fonetik me’yor.

  5. Aksentologik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llash) me’yor.

  6. Grammatik (morfologik va sintaktik) me’yor.

  7. So‘z yasalish me’yorlari.

  8. Imloviy me’yor.

  9. Uslubiy me’yor.

  10. Punktuatsion me’yor.3

Adabiy me’yorning og‘zaki va yozma ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, og‘zaki adabiy me’yorning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, latifago‘y xalq shoir - baxshilari katta hissa qo‘shsalar, yozma adabiy me’yorning shakllanishida belgilangan yozuv shakli asosida yozib qoldiriladigan yozma adabiyotning xizmati cheksizdir. Umuman olganda, adabiy til me’yorini o‘rganish yangi hodisa emas. Til me’yori va adabiy me’yor muammo sifatida nutq madaniyati ilmiy soha deb tan olingunga qadar ham o‘rganib kelingan. Adabiy til me’yori, uning shakllanish, rivojlanish, stabillashuv qonuniyatlarinutq madaniyati sohasining tekshirish obyekti hisoblanadi.



Download 21.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling