O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritish huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik asoslarini shakllantirish


Ochiq fuqarolik jamiyati negizlarining yaratilishi: O’zbekiston taraqqiyotining bosh yo’li jamiyatni demokratlashtirish, fuqarolik jamiyat qurishdan iboratdir


Download 440.15 Kb.
bet6/6
Sana07.03.2023
Hajmi440.15 Kb.
#1247412
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekiston davlat mustaqilligining

Ochiq fuqarolik jamiyati negizlarining yaratilishi: O’zbekiston taraqqiyotining bosh yo’li jamiyatni demokratlashtirish, fuqarolik jamiyat qurishdan iboratdir.

Demokratik jamiyat kurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yo’q. I.Karimov dunyoda bir-biriga o’xshagan ikkita inson bo’lmaganidek, bir-biriga aynan o’xshagan ikki davlat ham yo’q, deganida haqlidir. To’g’ri, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor: insonning o’z xohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikni ko’pchilikka bo’ysunishi; davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi; davlat asosiy organlarining saylab qo’yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O’zbekiston demokratik jamiyat qurishda ana shu tamoyillarga, umumjahon tsivilizatsiyasiga asoslandi. Shuningdek, u xalqimizning necha ming yillik milliy davlatchiligimiz negizlarini, ma’naviy merosimiz ildizlarini, milliy xususiyatlarimiz va boy an’analarimizni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etish yo’lidan bormoqda.

Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, qadrqimmati va boshqa dahlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, deb belgilab qo’yilgan.

O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar. O’zbekistonda yagona fuqarolik o’rnatilgan. Har bir foqaro yashash, shaxsiy daxlsizlik, turar joy daxlsizligi, bir joydan ikkinchi joyga ko’chish, so’z va e’tiqod erkinligiga ega bo’lib, bu huquqlar davlat tomonidan himoya qilinadi. Fuqarolarning istagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqi qonun bilan mustahkamlab qo’yilgan.

E'tiboringiz uchun rahmat!


Download 440.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling