O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritish huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik asoslarini shakllantirish


Hayot. 2. Salomatlik. 3. Bilim. 4. Mehnat


Download 440.15 Kb.
bet3/6
Sana07.03.2023
Hajmi440.15 Kb.
#1247412
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekiston davlat mustaqilligining

1. Hayot. 2. Salomatlik. 3. Bilim. 4. Mehnat.
Qadriyatlar iyerarxiyasini qadriyatlarni tasniflash bilan adashtirib bo'lmaydi. Qadriyatlarni sinflarga bo'lish mumkin:
Turmush darajasi bo'yicha: a) oliy qadriyatlar; b) moddiy hayot qadriyatlari; d) ijtimoiy; g)ma'naviy.
Subyektlar bo'yicha: a) shaxsiy qadriyatlar; b) guruhiy qadriyatlar; d) sinfiy qadriyatlar; e) ijtimoiy.
Ijtimoiy ong shakllari bo'yicha: a) fanlar qadriyatlari; b) ahloqiy qadriyatlar; d) estetik qadriyatlar; e) siyosiy qadriyatlar; f) huquqiy qadriyatlar; g) diniy qadriyatlar.
Umuman olganda, qadriyatlar deganda, ma'lum bir jamiyat odamlari, alohida olingan shaxsning manfaatlari va ehtiyojlarini qondirish vositasi, shuningdek me'yorlar, maqsadlar va ideal sifatidagi undovchi hamda qo'zg'atuvchi g'oyalari, predmetining mohiyati, hodisasi shuningdek, ularning xususiyatlari tushuniladi. Ko'pincha yuqorida ko'rib o'tgan qadriyatlar bilan uyg'unlashadigan, lekin o'zining alohida xususiyatlariga ega bo'lgan milliy qadriyatlar ham bir necha minglab yillardan buyon rivojlanib va takomillashib kelmoqda.
Milliy qadriyatlar ildizlarini anglab yetishda, tasniflashda va aniqlashda uni soddalashtirishdan ehtiyot bo'lish zarur. Bu ijtimoiy va oliy qadriyatlarning bir-birlari bilan o'zaro bog'liq bo'lgan hamda o'zaro bir-birini taqozo qiladigan, lekin, shu bilan birga, nisbatan o'zini barqarorligi va mustaqilligini saqlay oladigan hodisasi sifatida namoyon bo'ladi.
Fanda «milliy qadriyatlar», «milliy qadriyatli-yo'naltirilgan ong» va «milliy ruhning universal umuminsoniy qadriyatlari» ma'lum etnosni ijtimoiy, psixologik o'ziga xosligini, boshqa shu kabi birliklardan farqlanishini, mazkur etnosning barcha a'zolarini umumiy g'oyalar va yoi-yo'riq ko'rsatmalar asosida birlashuvini ifodalaydi. Rivojlanish va shakllanishining turli bosqichlarini o'z boshidan kechirayotgan ko'plab etnoslar tarixini o'rganish shuni ko'rsatadiki, etnos a'zolarining birligi boshqa narsalardan ko'ra ko'proq ma'lum psixik xislatlarning mavjudligi, voqealar va munosabatlarni o'zlashtirish va baholash kabi qadriyatlardagi umumiylik bilan ta'minlanadi. Milliy qadriyatlarni anglashda shu kabi his-tuyg'ular va munosabatlarning ayni shu birikuvlari nuqtayi nazari bilan yondashish talab etiladi.
Milliy ruhning universal umuminsoniy qadriyatlari, milliy qadriyatlar va milliy qadriyatli yo'naltirilgan ong nafaqat psixologik – his-hayojonli xarakter kasb etadi, balki etnik birlik to-monidan e'tirof etiladigan hayotiy muhim moddiy obyektlar, timsollar, nishon-belgilarni ham o'zida ifodalaydi. Bu qad- riyatlarning e'tirof etilgan muhimligi asosida aniq bir etnos vakili bo'lgan insonning tub manfaatlari yotadi: yashamoqlik, rivojlanish, ideal maqsadlarga erishish. Har bir millat faqat uning o'zigagina mansub bo'lgan temperament birikuvi, tafakkurlash va dunyoni idrok etish turi bilan yaqqol ajralib turadi. Ma'lum bir o'ziga xos shaklda axborot olayotgan millatning ichki dunyosining noyob- ligi, ichki tuzilishining barqarorligida har qanday millat vakil- larining bioijtimoiy hamjamiyati va madaniy birligi sifatidagi qadriyati turadi.
Shu tariqa, milliy qadriyatlar va milliy ruhning universal umuminsoniy qadriyatlari — bu u yoki bu etnos vakillarining muayyan-tarixiy shart-sharoitlardagi ijtimoiy va shaxsiy ma'na- viyati rivojlanishining rag'batlantiruvchi omilidir.
Prezident I .A. Karimov ma'naviyat va milliy qadriyatlaming noyob va bebaho boylik ekanligini ta'kidlab, quyidagi fikrlarni bildirgan edi: «Biz bugun ayrim davlatlardan, moddiy nuqtayi nazardan orqaroqda bo'lsakda (bunga ko'pgina tarixiy obyektiv sabablar bor), ma'naviyat nuqtayi nazaridan qaraganda ulkan g'urur bilan aytishimiz mumkin: buyuk ajdodlarimizdan qolgan qadriyatlar va urf-odatlarga, nasl-nasabimiz va qonimizga singib ketgan buyuk hayotbaxsh kuchga egamiz. Bu borada ustunligimiz butun ma'rifiy dunyoda e'tirof etilgan. Ana shu qutlug' merosga munosib bo'lib yashash, bu beqiyos boylikni yanada boyitib rivojlantirish, milliy o'zligimiz va umuminsoniy qadriyatlar asosida kelajak binosini barpo etish muqaddas burchimizdir».
milliy qadriyatlaming tiklanishi va ularni demokratik jarayonlar bilan
O'zbekistonda uyg'unlashuvi
O'zbekistonda
davlat mustaqilligi e'lon qilinganidan keyin islohotlar orqali kun tartibiga
demokratik jamiyat qurish masalasi qo'yildi. Mustaqillikning ilk davridan boshlab amalga oshirilgan demokratik o'zgarishlar tabiiy ravishda milliy xarakterkasb eta boshladi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakat demokratik taraqqiyot yo'lini tanladi. Bunda asosan, demokratik rivojlanish yo'lining faqat zamonaviyligi yoki boshqa jozibador jihatlari uchun emas, balki bu yo'lning milliy manfaatlarga mosligi, ularning ifodalaganligi, demokratiyaga erishish xalqimizning bir necha asrlardan buyon orzu-umidlari sifatida yashab kela- yotganligiga muhim e'tibor berilgan edi. Lekin, rivojlangan mamlakatlardan demokratik turmush tarzini ko'chirib olib, uni mamlakatdagi islohotlarda qo'llash kutilgan natijani bermasligi aniq edi. Chunki, demokratik qadriyatlar va tamoyillar ma'lum bir mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyati, daviatchilik tarixi, bozor iqtisodiyotiga o'tish darajasi, millatning mentaliteti, fuqarolarning siyosiy madaniyati darajasi kabi qator omillarga bog'liq edi. Ayniqsa, g'arbdan o'zining dini, ma'naviyati va axloqiy me'yorlari bilan ancha farq qiladigan Sharq olami uchun demokratik tamoyillar milliy xususiyatlar bilan uyg'unlashgan tarzdagina muhim ahamiyat kasb etishi mumkin edi. Demokratik qadriyatlarni o'zlashtirish g'arb uchun individualizm, ko'proq xususiy manfaatlarni qondirish, alohida olingan shaxs dun- yoqarashi ustuvorligini ifodalash, shaxs erkinligini hayotda namoyon qilish uchun zarurat sifatida ro'y bergan bo'lsa, Sharq uchun demokratiya ko'proq ma'naviy qadriyatlarni hayotda amal qilishini ta'minlash, milliy an'analar va milliy meros asosida yashab kelayotgan jamiyatni milliy qadriyatlar asosida moderni- /.atsiyalash uchun zarur edi.
Shuning uchun ham mamlakatda demokratik jamiyat qurish islohotlari milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash bilan uyg'un holda chuqurlashib bordi. Prezident I.A.Karimov 1992- yilda o'zining «O’zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» asarida quyidagi vazifani qo'ygan edi:

Download 440.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling