Mavzu: O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati. Kirish


Download 387.54 Kb.
bet1/3
Sana01.11.2023
Hajmi387.54 Kb.
#1737003
  1   2   3
Bog'liq
Referat mavzu O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati. Bajardi Ib-fayllar.org



MAVZU: O’ZBEKISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI.

KIRISH
1.O’zbekiston iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishning innovatsion yo’li
2.O’zbekiston respublikasini 2030–yilgacha kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi

3.Ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish va iqtisodiy osishning yangi manbalarini jalb etish chora-tadbirlar
XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyoda har bir davlat o'z xalqi va kelajagi haqida qayg'urar ekan, qat'iy pozitsiya va samarali rivojlanish yo'llarini o'z zimmasiga oladi. Mustaqil O'zbekiston oldida ham yosh mustaqil davlatni rivojlantirishning o'tgan tarixiy yo'lini, to'plangan tajriba va erishilgan yutuqlarni tahlil qilish, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlarini, mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning asosiy ustuvor yo'nalishlarini va aniq maqsadlarni xolisona baholash vazifasi qo'yildi.
Bu vazifalarni amalga oshirishdan oldin keng jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlari rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbatlar, muhokamalar bo'lib o'tdi. Mahalliy va xalqaro tashkilotlarning qonun hujjatlari, axborot-tahliliy materiallari, tavsiyalar va sharhlar o'rganildi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.
To'plangan takliflar, ularni o'rganish va umumlashtirish 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi hamda yaqin kelajakda davlat taqdirini belgilovchi boshqa dasturlar asosiga aylandi.
Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish ko'zda tutilmoqda, ularning har biri doirasida uni amalga oshirish bo'yicha alohida yillik davlat dasturi tasdiqlanadi. Islohotlarning birinchi bosqichi 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini "xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturida aks ettirilgan.
Shu munosabat bilan harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlarda Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi. 320 banddan iborat 437 ta tadbir samarali amalga oshirilishi, 29 ta qonun va 900 dan ortiq boshqa qonun hujjatlari qabul qilinishi natijasida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida bir qator ijobiy o'zgarishlarga erishildi.

Download 387.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling