1. Parfiyaga qarshi muvaffaqiyatli urushlar olib borgan Rim imperatori kim?
Download 18.85 Kb.
|
16-iyul TARIX Litsey
TARIX 1. Parfiyaga qarshi muvaffaqiyatli urushlar olib borgan Rim imperatori kim? A) Trayan B) Oktavian Avgust C) Neron D) Yuliy Sezar 2. 1889-yilda tashkil topgan Avstriya SDP dasturida qanday qonun qabul qilish ko'zda tutilgan edi? A) Parlamentni umumiy, teng, to'g'ri, yashirin ovoz berish yo'li bilan saylash to'g'risida B) Umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida C) Mehnatkashlarning erkin faoliyati va ish tashlashga ruxsat etish to'g'risida D) Yoshga doir pensiyalar tayonlash to'g'risida 3. Hukmdorlar va ular tomonidan bunyod etilgan me'moriy inshootlar bir-biriga to'g'ri muvofiqlashtirilgan javobni belgilang. 1.Olloqulixon; 2.Muhammad Rahimxon II; 3.Muhammad Aminxon; 4.Norbo'tabiy; 5.Ubaydullaxon. a)Nurullaboy saroyi; b)Toshhovli saroyi; c)Modarixon maqbarasi; d)Kalta minor minorasi; e)Mir Arab madrasasi. A) 1-a, 2-c, 3-e, 4-b, 5-d B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d, 5-e C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-e, 5-d D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c, 5-e 4. Yevropada feodal tarqoqlikning boshlanishi quyidagi qaysi davlat inqirozi bilan bog'liq? A) Franklar imperiyasi B) G'arbiy Rim imperiyasi C) Vizantiya imperiyasi D) Egidiy tuzgan knyazlik 5. Somoniylar davlatining poytaxti qaysi hukmdor davrida Buxoro shahriga ko'chirilgan? A) Nasr II B) Ismoil Somoniy C) Nuh D) Nuh ibn Mansur 6. 1918-yilda imzolangan Brest tinchlik shartnomasiga ko'ra mustaqil deb e'lon qilingan davlatlarni belgilang. 1.Serbiya; 2.Ukraina; 3.Chernogoriya; 4.Finlandiya; 5.Belorussiya. A) 2,4 B) 1,3 C) 2,5 D) 1,4 7. 1004-yilda "Dor ul-hikma va maorif" ni shakllantirgan sulola nomini toping. A) ma'muniylar B) g'aznaviylar C) qoraxoniylar D) somoniylar 8. XIX asr oxiri XX asr boshlarida O'rta Osiyoda naqsh amaliy san'atining markaziga aylangan hududni toping. A) Samarqand B) Buxoro C) Xiva D) Toshkent 9. Germaniya tarixi bilan bog'liq qaysi ma'lumot to'g'ri? (O'rta asrlar). I. Fridrix I davrida Italiyada shtaufenlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati o'rnatildi. II. Yigirma yillik imperator saylanmagan davr tugagach, gabsburglar sulolasi hokimiyatga keldi. III. Gabsburglar sulolasi davrida imperator tomonidan asos solingan dastlabki universitet - Neapol universiteti tashkil etildi. IV. Dunay sohili bo'ylab joylashgan 90 ta nemis shaharlari ittifoqi - Ganza Fransiya shaharlari bilan bevosita savdo aloqalarini olib borgan. A) I va II B) I va IV C) I va III D) II va III 10. XIX asrning ikkinchi yarmida quyidagi qaysi mamlakatda "Samoviy mo'l-ko'lchilik davlati" - "Taypin tyango" ga asos solingan edi? A) Xitoy B) Koreya C) Yaponiya D) Hindiston 11. Quyidagilardan temuriylar davrida bunyod etilgan madarasani belgilang. A) Mingoyim madrasasi B) Haqquli mingboshi madrasasi C) Muhammad Sadr madrasasi D) Miyon hazrat madrasasi 12. Quyidagi ma'lumotlar qaysi tarixiy shaxs haqida ekanligini toping. "Markazlashgan davlat barpo etish maqsadida imperiyani viloyatlarga bo'lib, ularga o'z noiblarini tayinladi. Soliq tizimini isloh etib, yagona savdo solig'ini joriy etdi. Butun imperiya uchun bir xil uzunlik va og'irlik o'lchov birliklari hamda Mirzo Ulug'bek tizimiga asoslangan yagona taqvim joriy etdi". A) Sulton Salim I B) Akbarshoh C) Abbos I D) Nodirshoh 13. O'rta asrlarda qaysi mamlakatda qirolning markazlashtirish siyosatiga qarshi yirik feodallar "Jamiyat baxt-saodati" ittifoqini tuzib, unga qarshi kurash olib borganlar? A) Germaniya B) Angliya C) Kiyev Rusi D) Fransiya 14. Buxoro amirligi va Xiva xonligi o'rtasidagi talash hudud - Marv viloyati to'la Xiva tasarrufiga o'tgan davrda Buxoroda kim hukmronlik qilayotgan edi? A) Haydar B) Nasrullo C) Shohmurod D) Olimxon 15. Qaysi hukmdor davrida xorazmlik savdogarlar Kobul bozorida bojsiz savdo qilish huquqini qo'lga kiritganlar? A) Muhammad Rahimxon I B) Olloqulixon C) Eltuzarxon D) Muhammad Aminxon 16. Quyidagi bandlar mazmuniga oid yakuniy hukmni aniqlang. I. Xristofor Kolumb Amerikaga qilgan ekspeditsiyalari davomida Antil orollari, Janubiy va Markaziy Amerika qirg'oqlarini kashf etdi. II. Potugaliyalik Genrix Dengizchi XV asr oxirida Hindistonga olib boruvchi muntazam dengiz yo'lini ochdi. III. Bartolomeu Diash ekspeditsiyasi Hindistonga dengiz orqali yo'l ochish istiqbolini yaratdi. A) I - to'g'ri; II - noto'g'ri; III - to'g'ri B) I - to'g'ri; II - to'g'ri; III - to'g'ri C) I - to'g'ri; II - to'g'ri; III - noto'g'ri D) I - noto'g'ri; II - noto'g'ri; III - to'g'ri 17. Tomas Edison tomonidan birinchi Issiqlik elektr stansiyasi qaysi shaharda qurilgan edi? A) Parij B) Berlin C) Nyu-York D) Vashington 18. Inson qanday paydo bo'lganligini ilmiy jihatdan asoslab beruvchi yordamchi tarix fanlarini belgilang. 1.Etnologiya; 2.Numizmatika; 3.Antropologiya; 4.Etnografiya; 5.Arxeologiya. A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 3,5 D) 1,4 19. Quyida nomlari keltirilgan qadimgi davlatlardan qaysi biriga chet elliklar kiritilmagan? A) Troya podsholigi B) Sparta C) Bobil podsholigi D) Ahamoniylar davlati 20. Mo'g'ullar Xorazm davlatini bosib olish chog'ida qaysi shaharni qo'ylar podasi bilan uyushtirilgan hiyla natijasida qo'lga kiritgan edilar? A) Xo'jand B) O'tror C) Urganch D) Buxoro Download 18.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling