Qadimgi Rim qad davlat. Rivoyatga koʻra, R. shahriga aka-uka


Download 262.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana14.01.2023
Hajmi262.26 Kb.
#1093253
  1   2   3   4
Bog'liq
Qadimgi Rim - Vikipediya



Qadimgi Rim
Rim, Qadimgi Rim — qad. davlat.
Rivoyatga koʻra, R. shahriga aka-uka
Romul va Rem tomonidan miloddan
avvalgi 754/753 yilda asos solingan.
Rivoyatlarda 8 — 6-asrlarda hukmronlik
kilgan 7 podshoh qayd etilgan. Soʻnggi
podshoh Tarkviniy Takabbur quvilgach,
respublika tuzumi oʻrnatilgan (miloddan
avvalgi 510/509 yil). Miloddan avvalgi 3-
asr oʻrtalariga kelib, butun Italiya hududini
tobe etgan R. yirik davlatga aylangan. U


Oʻrta dengiz havzasida gegemon
boʻlishga intilgan, bu R.ni Karfagen bilan
toʻqnashuviga sabab boʻlgan. Puni
urushlaritsan soʻng miloddan avvalgi 146
yil Karfagen ustidan gʻalaba qozongan R.,
Oʻrta dengiz havzasining eng yirik
davlatiga aylangan. Yirik yer egaligi va
qulchilikning rivojlanishi dehqonlar
ommasini xonavayron boʻlishiga, qishloq
kambagʻallari, qullar qoʻzgʻolonining avj
olishiga (Spartak qoʻzgʻoloni) sabab
boʻlgan; Rim shahri koʻchalarida fuqarolar
urushi boshlanib ketish xavfi tugʻilgan.
R.ning ijtimoiy-siyosiy hayotida miloddan
avvalgi 1-asrda armiya va uning
yoʻlboshchilari (L. K. Sulla, G. Mariy, G.
Pompei va boshqalar) katta rol oʻynay


boshlaganlar. 49—45 yillardagi fuqarolar
urushi davrida Sezar davlatning mutlaq
hukmdoriga aylangan; 44 yil respublika
tarafdorlarining fitnasi natijasida Sezar
oʻldirilgan. Fuqarolar urushining yangi
davri Oktavian gʻalabasi bilan tugagan. U
miloddan avvalgi 27 yil senatdan Avgust
unvonini olgan. Avgust hukmronligi
davridan boshlab R. imperiyaga
aylangan. Milodiy 2-asrda Trayan davrida
imperiya sarhadlari oʻzining yuqori
choʻqqisiga yetgan. Bosib olingan
yerlarda mahalliy aholining qoʻzgʻolonlari,
ayni vaqtda varvarlarning mamlakat
xududiga bostirib kirishlari bir qancha
provinsiyalarni mustaqil boʻlib ajralib
chiqishiga va imperiyani Sharqiy va


Gʻarbiy qismlarga boʻlinib ketishiga (395)
olib kelgan. 476 yil german yollanma
askarlari sardori Odoakr Gʻarbiy Rim
imperiyasining soʻnggi imperatori Romul
Avgustulni taxtdan agʻdargan. Sharqiy
Rim imperiyasi Vizantiya nomi bilan yana
1000-yilga yaqin mavjud boʻlgan.



Download 262.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling