Qadimgi Rim qad davlat. Rivoyatga koʻra, R. shahriga aka-uka
Download 262.26 Kb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi Rim - Vikipediya
Qadimgi Rim. Tsitseron Katilinani qoralamoqda. Sezare Maccari surati
respublika tuzumi tarafdorlari bilan prinsipat tarafdorlari oʻrtasida kurash davom etdi, bu noahillik sud ishlariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Avgustdan boshlab imperatorlar yirik yuristlarni hal qiluvchi ovozga ega qilib, yuridik konsultatsiyalarni ularga topshirdilar. Imperator xizmatida boʻlgan bu yuristlar oʻz navbatida imperatorlarning cheksiz huquklarini himoya qildilar (yana qarang Rim huquqi). Tarix fani rivoji yilningmuhim voqealari tavsiflangan annallardan boshlanadi. Miloddan avvalgi taxminan 130-yilda annallar 80 kitobdan iborat boʻlib „Katta annallar“ nomi bilan tayyorlangan. Ilk tarixchilar annalchilar deb atalgan. Dastlabki yetuk tarixchi Polibiy (miloddan avvalgi 2-asr) Yunoniston, Makedoniya, Kichik Osiyo, Suriya, Karfagen va Rimning 40 kitobdan iborat tarixini yaratdi. Tit Liviyning „Rim tarixi“, Yuliy Sezarning Galliya urushlari, fuqarolar urushi haqidagi kitoblari, Sallyustiy, Korneliy Nepot (miloddan avvalgi 1-asr) kabi sarkardalarning koʻp sonli biografik asarlari maʼlum. Imperiya davrida Korneliy Tatsit (1—2-asr boshlari) badiiydidaktik ruhdagi „Annallar“ va „Tarix“ (Avgustning vafotidan Domitsianning vafotigacha, 14 yildan 96 yilgacha boʻlgan voqealar) nomli asarlarini yaratdi. 2-asr boshlarida tarixiybiografik janr rivojlandi. Plutarx, imperator Adrianning kotibi boʻlgan Svetoniylar atoqli kishilarning biografiyalarini yaratdilar. Yunon tarixchilaridan Appian (2-asrning 2-yarmi) Rimdagi fuqarolar urushi tarixini, Dion Kassiy kad. davrlardan 229 yilgacha boʻlgan R. tarixini yaratdilar. Antik davrning soʻnggi yirik tarixchisi Ammian Marsellin (4-asr) imperator Yulian davri tarixiga oid asarlari bilan mashhur. Imperiyaning soʻnggi davrida xristian tarixchiligi vujudga keldi. Adabiyot Rimning eng qad. namunalari (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) saqlanmagan. Keyingi maʼlumotlarga qaraganda u davrlarda sheʼriyat (ibodat, nikoh qoʻshiqlari, marsiyalar) asosiy oʻrin egallagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxirlaridan R. lirikasining ilk asarlari maydonga keldi. Shu davrlarda yaratilgan asarlardan Plavt va Terentiy komediyalari toʻla saqlangan. Sitseron faoliyati R. adabiyoti uslubining shakllanishida muhim rol oʻynadi. Lukretsiy, Katull muhabbat va doʻstlik mavzularidagi sheʼrlari bilan tanildilar. Imperiyaning ravnaqi va inqirozi davri (1—3-asr)da Rim madaniyati Yunon madaniyati bilan parallel, lekin mustaqil rivojlandi. Bu davrda Ovidiy „Muhabbat ilmi“, „Metamorfozalar“ kabi oʻlmas asarlari bilan R. adabiyoti rivojiga salmokli hissa qoʻshdi. Adabiyot yangi uslublar bilan boyidi. 4—5-asrlarda xristian adabiyoti rivojlandi. Teatr sanʼatining vujudga kelishi hosil bayramlari tantanalari 6n bogʻliq. Miloddan avvalgi taxminan 33 yillarda xalq hajviy tomoshalari vujudga kelgan. Bunday tomoshalar — atellanalar koʻpincha 4 doimiy personajdan iborat boʻlib, dastlabki paytlarda niqob kiygan yoshlar, keyinchalik professional artistlar Teatr ijrosida namoyish qilingan. Miloddan avvalgi 240 yillarda yunon originallari asosida ilk dramalar, keyinroq yunon mualliflarining tragediya, komediyalari sahnalashtirilgan. Miloddan avvalgi 2—1- asr boshlarida kuyi tabaqalarga mansub R. fuqarolarining hayoti aks ettirilgan tomoshalar koʻrsatila boshladi. Ilk tosh teatr binosi miloddan avvalgi 55—52 yillarda kuriddi. Artistlar ozod qilinganlar va qullardan iborat boʻlib, truppalarga uyushgan. Erkaklar ayol rollarini ham bajarishgan. Respublikaning soʻnggi asrida tragik aktyor Ezop va komik aktyor Rossiy shuhrat qozongan. 1—2-asrlarda raqslar sahnalashtirildi, siyosiy voqealarga oid tomoshalar ham koʻrsatila boshladi. Asta-sekin maishiy kichik kurinishlar murakkab syujetli spektakllarga aylana bordi. Sirklarda tomoshalar, amfiteatrlarda gladiatorlarning janglari bilan bir katorda ovchilarning hayvonlar bilan olishuvlari, ommaviy ov lavhalari, dengiz janglari va boshqa ham koʻrsatila boshladi. Imperiya davrida badiiy dramalar oʻrniga qon toʻkiladigan tomoshalarga ishtiyoq kuchaydi. R. teatri, ayniqsa, dramaturgiyasi jahon teatri va dramaturgiyasi rivojiga katta hissa qoʻshdi. Musiqa Ellinizm madaniyati taʼsirida rivojlangan R. musiqasida tantanavor (galaba bilan bogʻliq), toʻy, ziyofat, diniymarosim qoʻshiqlari boʻlgan. Imperiya davrida poytaxtga koʻp mamlakatlardan ijrochilar (yunon, suriya va bobillik sozandalar, aleksandriyalik ashulachi, andalusiyalik raqqosalar va h.k.) toʻplangan. R.da puflama sozlardan tibiya (lot. avlos), buksina, tuba va boshqa, torli sozlardan kifara, arfa tipidagi psalterium trigonon (uchburchak arfa), sambika, lira turlaridan barbitos, pektis, magadis, urma sozlardan kimvol va boshqa, shuningdek, gidravlos boʻlgan. Qad. R. cholgʻu musiqasi rivojida teatr janri — pantomima muhim rol oʻynagan. Sirk va teatr aktyorlari katta xor ansambllari, orkestrlar joʻrligida chiqishgan. Harbiy legionlarning puflama sozlar orkestrlari boʻlgan. Shoir, ashulachi va sozandalar musobaqalari oʻtkazilgan. Rim tasviriy va amaliy bezak sanʼati antik badiiy madaniyatning soʻnggi, yakunlovchi davri hisoblanadi. R.da arxitektura, haykaltaroshlik va rassomlik sanʼatida realizm kuchaydi, ularda Yunoniston sanʼatidagidek afsona (mif)lar emas, tarixiy shaxslar, voqealar koʻproqaks ettirildi. R. sanʼatining qad. davrida Etruriya sanʼatining taʼsiri kuchli boʻldi. Arxitektura Puni urushlari va oxirgi respublika davri (miloddan avvalgi 31-asrlar) sanʼatida Buyuk Yunoniston (Janubiy Italiya) va rimliklar istilo qilgan sharqiy yunon shaharlari sanʼati bilan uygʻunlikda rivoj topdi. Binolar ulugʻvor qurildi, turar joylar tabiatga yaqinlashtirilib barpo qilina boshladi (ayniqsa, shahardan tashqaridagi villalar), miloddan avvalgi 2- asrdan boshlab betondan foydalanildi, bu binolarni arzon va tez qurishga, shakllari turlituman boʻlishiga imkon berdi. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda tomoshaxonalar, teatrlar takomillashtirildi, tomoshabinlar oʻtiradigan joylar galereya, zinapoyalar bilan sahnadan, tomosha koʻrsatiladigan maydonidan ajratildi. Tasviriy sanʼatda miloddan avvalgi 3—1- asrlarda portret haykal rivoj topdi, shaharlar rasmiy kishilar va qahramonlarning haykallari bilan bezatildi. Respublika davrida tarixiy mavzularda relyeflar koʻp ishlandi, monumental bezak rassomligi, mozaika, qimmatbaho toshlarni badiiy ishlash sanʼati yuksaldi. Qadimgi R. meʼmorligining yuksak ravnaqi imperiya gullabyashnagan davrga toʻgʻri keladi. Binolarning monumentalligiga (arkalar, toqli, gumbazli binolar) ahamiyat berildi, imoratlar haykaltaroshlik, rassomlik sanʼati asarlari bilan jozibadorlashtirildi. Arxitektura imperator shaxsiyatini ulugʻlashga va imperiya qudratini koʻzkoʻz qilishga xizmat qildi. (R.da Avgust forumi, miloddan avvalgi 1- asr oxiri va milodiy 1-asr boshlari). 1-asr oʻrtalarida saroylar oʻta hashamdor qilib qurildi. Ulkan gumbazli Panteon kabi ulugʻvor binolar, yirik amfiteatrlar bunyod etildi. Imperatorlardan Trayan davrida haykallarda qahramonlik koʻproq ifodalangan boʻlsa, Adrian va Antoniy hukmronligi yillarida obrazlarda psixologik teranlik koʻzga tashlandi. Bezak rassomligida yengil naqshlar, kichik syujetli rasmlar ishlashga koʻproq ahamiyat berildi (63 yilgacha), keyin murakkab arxitektura kompozitsiyalari koʻproq aks ettirildi. 2-asrdan oqqora tosh mozaikasi keng tarqaddi. Imperiya davrida amaliy bezak sanʼatida metallni badiiy ishlash, qizil sirli sopol idish va buyumlar, shisha buyumlar tayyorlash avj oldi. Imperiya tushkunlikka uchragan davr (3—4-asrlar)da viloyatlarda yangi forumlar, yirik ibodatxonalar koʻplab qurildi. Qadimgi R. anʼanalari R. qurilishlarida rivojlantirildi. Haykaltaroshlikda shartlilik keng oʻrin ola boshladi. 3—4asrlarda miniatyura (yupqa zar qogʻozga ishlab 2 qavat shisha orasiga oʻrnatiladigan) portretlar ishlash, xristian afsonalari aks ettirilgan syujetli relyeflar bilan bezatilgan marmar sarkofaglar tayyorlash sanʼati rivoj topdi. Sergeyenko M., Jizn Drevnego Rima, M. — L., 1964; Utchenko S. L., Krizis i padeniye Rimskoy respubliki, M., 1965; Sokolov G., Iskusstvo Drevnego Rima, M., 1971; Alimuhamedov A., Antik adabiyoʻt tarixi, T., 1975. Muhammadjon Rahimov, Abduxalil Mavrulov. [1] 1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Adabiyot Manbalar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling