Dominika Respublikasi


Download 422.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana23.04.2023
Hajmi422.64 Kb.
#1390401
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Dominika Respublikasi



Dominika Respublikasi 
Reja: 
1. Davlat tuzumi 
2. Davlat tarixi 
3. Davlat xo’jaligi 
 
 
Dominika Respublikasi (isp: República Dominicana) poytaxti - Santo 
Domingo shahri. BMT aʼzosi. Katta Antil orollari guruhidagi Gaiti orolning sharqiy 
qismida joylashgan davlat. Maydon 48,4 ming km
2
. Aholisi 8,5 mln. kishi (1999). Pul 
birligi — Dominikana pesosi. Maʼmuriy jihatdan 29 viloyat va 1 milliy okrugga 
boʻlinadi. 
Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Dominika Respublikasi — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1966-yil 28 noyabrda 
qabul qilingan; 1994-yil oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat va hukumat boshligʻi — 
prezident, u umumiy ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun 
chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (parlament) amalga oshiradi. Parlamentning 
ikkala palatasi — senat va deputatlar palatasi umumiy ovoz berish yoʻli bilan 4 yil 
muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident tomonidan tayinlanadigan hukumat 
amalga oshiradi. 
Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Dominika Respublikasining sohillari koʻpgi-na qoʻltiklar bilan parchalangan. Hududining 
yarmidan kupi togʻ bilan qoplangan. Markaziy qismida Kordilyera-Sentral (Duarte togʻi, 
bal. 3175 m gacha), shimolida Kordilyera-Septentri-onal (bal. 1249 m gacha), sharqda 
Kordilyera-Oryental (bal. 701 m gacha) tizmalari bor. Janubiy sohili yaqinidagi Saona, 
Katalina, Beata orollari ham Dominika Respublikasiga qaraydi. Togʻlar oraligʻidagi 
Sibaova Vega-Real vodiysining tuprogʻi gʻoyat serunum boʻlib, u yerda qishloq xoʻjaligi 
mahsulotining koʻp qismi yetishtiriladi, qishloq aholisining aksariyati yashaydi. 
Dominika Respublikasidagi vulkanlar soʻngan boʻlsa ham, ammo tez-tez zilzila boʻlib 
turadi. Iqlimi — tropik, passat iqlim. Pasttekisliklarda oʻrtacha oylik temperatura 25—
27°, togʻlarda bundan 10— 12° salqinroq. Yiliga 1000–2000 mm yogʻin yogʻadi, tropik 
dovullar boʻlib turadi. Togʻlardan boshlanadigan daryolar mamlakatni boshdan oyoq 
kesib oʻtadi. Yirik daryolarda kema qatnaydi. Togʻlar tropik oʻrmon, savanna va 
butazorlar bilan qoplangan. Qimmatbaxr yogʻoch olinadigan daraxt turi koʻp. Mineral 
buloklar bor. Milliy bogʻlari: Arman-do-Bermudes, Del-Este, Los-Aytises. 
Aholisining asosiy qismi domini-kanlar, ularning 73% ispan-nef duragaylari, 11% 
negrlar, 15% oq tanlilardir. Rasmiy til — ispan tili. Aholisining koʻpchiligi katoliklar. 
60% dan ortiq aholi shaharlarda yashaydi. 
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash] 


Bu yerda 15-asr oxirigacha urugʻchilik bosqichidagi indeys qabilalari: siboney, aravak, 
tayno, karib kabilar yashagan. Koʻpchilik qabilalar oʻtroq xayot kechirar, siboneylar 
ovchilik bilan shugʻullanar edi. 1492-yilda X. Kolumb orolga kelganida uni Ispaniyaga 
oʻxshatib, Espanola deb atadi. Aravak qabilasiga mansub tain indeyslari esa uni Gaiti 
deyishardi. Mahalliy aholi ogʻir mehnat va vahshiyona muomala oqibatida qirilib ketdi. 
Shunda ispanlar qoʻshni orollardan va Afrikadan qullarni olib kelib, 
shakarqamishzorlarda, chorvachilik va oltin konlarida ishlatishga kirishdilar. 16-asr oxiri 
va 17-asr boshlarida Fransiya bilan Buyuk Britaniya orolni egallashga harakat qila 
boshladi. 1697-yil Risvik sulh shartnomasiga binoan Espanola orolning gʻarbiy qismi 
(hozirgi Gaiti hududi) Fransiyaga topshirildi va Santo-Domingo deb atala boshladi, 
sharqiy qismi (hozirgi Dominika Respublikasi hududi) Ispaniya qul ostida qoldi. 1795-yil 
is-panlar orolning sharqiy qismini ham Fransiyaga topshirdi. 1804-yilda mustaqillik 
uchun kurash natijasida fransuzlar oroldan quvib chiqarildi va Gaiti davlati tuzildi. 1844-
yil Santo-Domingo ozodlikka erishib, Dominika Respublikasi deb ataldi. 19-asr 
oʻrtalaridan mamlakat iqtisodiyotiga chet el sarmoyasi kira boshladi. 1905-yil AQSH 
Dominika Respublikasini asoratga solib, mamlakat bojxonalarini oʻz na-zoratiga oldi. 
1916-yil AQSH qoʻshinlari oʻz siyosatiga qarshi koʻtarilgan isyonni bostirish niyatida 
mamlakatga bos-tirib kirdi va harbiy-okkupatsiya re-jimini oʻrnatdi. Bu rejim 1924-
yilgacha joriy qilindi. 1930-yil AQShdagi yirik monopoliyalar koʻmagida R. L. Truxilo 
hokimiyatni egalladi. U musta-bid rejimni oʻrnatdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Lotin 
Amerikasida milliy ozodlik harakati kuchayib, Truxilo rejimiga qarshi xalq harakati avj 
olgach, u sobiq tarafdorlari tomonidan oʻldirildi (1961). 1962-yil dekabrdagi saylovda 
gʻolib chiqqan X. Bosh hokimiyat tepasiga keldi. U milliy iqti-sodiyotni mustahkamlash, 
AQShga qaramlikni susaytirish tadbirlarini amalga oshirdi: agrar islohot oʻtkazish, 
siyosiy va demokratik ozodlik haqida yangi konstitutsiya qabul qildi. 1963-yil sentabrda 
reaksion harbiylar X. Bosh hokimiyatini agʻdardi. Mamlakatni harbiy xunta idora qila 
boshladi. U konstitutsiyani bekor qildi, barcha demokratik partiyalarni taqiqladi. 1965-yil 
aprel xalq qoʻzgʻoloni harbiy xuntani agʻdarib tashladi. Mamlakatda F. Kaamanoning 
konstitutsiyey hukumati tuzildi. AQSH esa oʻz fuqarolarini muhofaza qilish bahonasi 
bilan Dominika Respublikasiga bostirib kirdi. Ana shunday bir vaziyatda (1966-yilda) 
saylov oʻtkazildi. Refor-mistlar partiyasining rahbari X. Balager 1966—78 yillarda 
prezident boʻlib, milliy monopoliya, yer egalari va ruhoniylarning manfaatini himoya 
qildi. 1978-yil 16 mayda oʻng kuchlarning qarshiligiga qaramay, inqilobiy partiya 
nomzodi A. Gusman prezident etib saylandi. 1996-yil 30 iyundagi saylovda esa Ozodlik 
partiyasining rahbari Fernandes Reyna gʻalaba qozonib, prezident lavozimini egalladi. 
2000-yildan Dominika Respublikasi prezidenti I. R. Mexia Dominges. Dominika 
Respublikasi — 1945-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 27 fevral — Mustaqillik 
kuni (1844). 
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma birlashmalari[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Demokratik integratsiya harakati, 1970-yilda reformistlar partiyasidan ajralib chiqqan 
fraksiya negizida tuzilgan; Kiskeyyano (Dominikana) demokratik partiyasi, 1968-yilda 
tuzilgan; Dominikana kommunistok partiyasi, 1944-yilda asos solingan; Dominikana 
ozodlik partiyasi, 1973-yilda tuzilgan; Dominikana inqilobiy partiyasi, 1939-yilda 
tuzilgan; Reformist sotsial-xristian partiya, 1986-yilda tuzilgan. Muxtor kasaba uyush-


malari konfederatsiyasi, 1962-yilda tuzilgan; Mehnatkashlar umumiy kasaba markazi, 
1972-yilda tuzilgan; Dominikana mehnatkashlari milliy konfederatsiyasi, 1988-yilda 
tuzilgan. 
Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Dominika Respublikasi — iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Yalpi ichki 
mahsulotda qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 15%, sanoatning 
ulushi 19,2%. Qishloq xoʻjaligida mamlakat hududining 35% ga yaqini foydalaniladi; 
mamlakat ishchi kuchining 50% shu sohada band. Ekinzorlar mamlakat shimoliydagi 
Sibao va Vega-Real vodiylarida, janubiy sohillarda va markaziy tekisliklarda joylashgan. 
Mehnat unumdorligi va texnika bilan kurollanish past darajada. Asosiy qishloq xoʻjaligi 
ekinlari: shakarqamish, kakao, banan, tamaki. Ichki ehtiyoj uchun sholi, makkajoʻxori, 
maniok, batat, yams, loviya, sabzavot va b. ekiladi. Yaylov chorvachiligi birmuncha 
rivojlangan: krramol, choʻchqa, yilqi, parranda boqiladi. 
Sanoati zaif, asosan qishloq xoʻjaligi va chorvachilik xom ashyosini qayta ishlaydigan, 
oziq-ovqat va toʻqimachilik mah-sulotlari ishlab chiqaradigan mayda korxonalardan 
iborat. Qand-shakar sanoati durustroq rivojlangan. Ikkinchi jahon urushidan keyin 
konchilik tez yuksala boshladi. Boksit, ferronikel qazib olish koʻpaydi, mis va temir 
rudasi, marmar, oltin, kobalt, titan qazib olinadi. Sement, yogʻochsozlik, kimyo, neftni 
kayta ishlash korxonalari mav-jud. 1975-yilda Sanches-Ramires viloyatida Lotin 
Amerikasidagi eng katta oltin va kumush karyeri ishga tushirilgan. 20 ta erkin iqtisodiy 
zonada kiyimkechak ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 4,6 mlrd. kVt-soat elektr energiya 
hosil qilinadi. Keyingi yillarda chet el sayyoxligi rivojlandi. 
Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Mamlakatda temir yoʻl uz. — 1,6 ming km, avtomobil yoʻli uz. — 17 ming kmdan 
koʻproq. Asosiy dengiz portlari: Santo-Domingo, Puerto-Plata. 6 ta aeroport, shu 
jumladan Punta-Kausedoda xalqaro aeroport bor. Dominika Respublikasi chetga qand-
shakar, ferronikel, oltin, kumush, kofe, kakao, banan, boksit, tamaki, meva va b. 
chikaradi. Chetdan oziqovqat, mashina va avto-mobillar, elektr asbob-uskunalari, 
maʼdanli oʻgʻit, doridarmon, yoqilgʻi, paxta keltiradi. Savdosotikdagi mijozlari: AQSH 
va Yevropa Iktisodiy hamjamiyati davlatlari. 
Sogʻliqni saqlash[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Koʻpchilik aholi turmushining tibbiysanitariya sharoiti qoniqarli emas. Davlat 
byudjetining 7% sogʻliqni saqlashga ajratiladi. Aholining juda oz qismi ijtimoiy sugʻurta 
qisobiga tibbiy yordamdan foydalanadi. Yuqumli kasalliklardan tanosil, isitma-bezgak, 
sil tarqalgan. Shifokorlarni 2 tibbiy oliy oʻquv yurti tayyorlaydi. 
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Dominika Respublikasida 7—11 yoshdagi bolalar uchun bepul va majburiy taʼlim joriy 
etilgan, biroq aholining yarmidan koʻprogʻi savodsiz. Katta yoshdagilar va qishloq 
aholisi orasida savodsizlar ayniqsa koʻp. Davlat maktablaridan tashqari xususiy va 
cherkov maktablari bor. Ularning hammasida taʼlim davlat dasturi asosida olib boriladi. 


Oʻrta maʼlumot olish uchun boshlangʻich maktabdan keyin 3 yillik 2-pogʻona maktabni 
ham bitirish kerak. 
Kechki davlat maktablari savdo, sanoat va qishloq xoʻjaligi xodimlarini tayyorlaydi. 
Dominika Respublikasida 3 ta universitet, jumladan, Amerikadagi eng qad. 
universitetlardan biri — Santo-Domingo universiteti (1538-yilda asos solingan) bor. 
Ilmiy muassasalarida asosan tarix, tilshunoslik, tibbiyot sohalarida tadqiqot olib boriladi. 
Bir necha xususiy ilmiy muassasalar: Dominikana akademiyasi, tarix akademiyasi, bir 
qator ilmiy muassasa, jamiyat va uyushmalar bor. Universitet kutubxonasi, Milliy va 
munitsipalitet kutubxonalari, milliy muzey (1927), milliy badiiy galereya (1943) mavjud. 
Matbuoti, radioeshittirish va telekoʻrsatuvi[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Dominika Respublikasida nashr etiladigan asosiy gazetlar: "Informason" ("Axborot", 
kundalik gazet, 1915-yildan). "Karibe" ("Karib gaz.", kundalik gazet, 1948-yildan), 
"Listin diario" ("Kundalik varaqa", kundalik gaz., 1889-yildan), "Nasional" ("Milliy 
gazeta", kundalik gaz., 1966-yildan), "Notisia" ("Xabarnoma", kundalik kechki gaz., 
1973-yildan), "Ultima ora" ("Soʻnggi soat", kundalik kechki gazeta, 1970-yildan). Aloqa 
bosh boshqarmasi mamlakatdagi radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. 
"Radio Televison Dominikana" hukumat radio va telekoʻrsatuv xiz-matidir. Bir necha 
tijorat radio va telekoʻrsatuv styalari bor. 
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Adabiyoti ispan tilida. 19-asrda birinchi milliy madhiya muallifi F. M. del Monte yangi 
adabiyotga asos soldi. Dominika Respublikasida birinchi milliy roman — M. de X. 
Galvanning "Enrikilo" tarixiy asaridir. Asr oxirigacha indeyslar turmushi adabiyotning 
asosiy mavzui boʻldi. Bu davrdagi adabiyot shiddatli siyosiy kurash sharoitida rivojlandi. 
1930-yilda Truxilo reaksion diktaturasining karor topishi bir guruh taraqqiyparvar 
adiblarni muhojirlikda yashashga majbur etdi. Ulardan A. F. Rekena "Zamin 
dushmanlari", "Olovli yoʻl" romanlarida mustabid tuzumni fosh etdi. R. Marrero Aristi, 
X. Bosh asarlari Dominika Respublikasi dehqonlari hayotiga bagʻishlandi. E. Inchaustegi 
Kabral, Pedro Mir, M. del Kabral va b. sho-irlarning asarlarida ijtimoiy norozilik goyalari 
aks etdi. 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Ispanlar bosqinidan avval (16-asrgacha) indeyslar sanʼati (naqshinkor va jimjimador 
kulollik, zarang idishlar, tosh va yogʻoch sanamlar) rivojlangan. Dastlabki shaharlar, 
jumladan Santo-Domingoga asos solingach, keyingi gotika va ilk Uygʻonish uslubida har 
xil ibodatxonalar, kasalxona, savdo korxonalari, jamoat va turar joy binolari barpo etildi. 
Santo-Domingodagi Torre del Omenaxe soqchi minorasi (1503—07), sobor (1512—41, 
meʼmori R. de Lyendo, L. de Moya), Kasa del Amirante saroyi (1510—14) va b. 
inshootlar hozirgacha saqlangan. Shu davrda maqbaralar qurilishi, rassomlik, 
haykaltaroshlik ham vujudga keldi. Keyinchalik meʼmorlik suyet rivojlandi. Hozir ham 
viloyat shaharlarida pastqam yogʻoch uylar, qishloq joylarda yogʻoch sinchli va tomiga 


shox-shabba yopilgan uychalar koʻp. 1930-yilgi dovulda vayron boʻlgan Santo-Domingo 
AQSH meʼmorligiga taqlidan temir-beton va oynadan kurila boshladi. 
Mustamlakachilik davrida arzigulik tasviriy asarlar yaratilmadi. Yangi davr sanʼati 20-
asrdan rivojlandi. Rassom va haykaltaroshlardan L. de Sangles, A. Grulon va A. R. 
Urdanetalar tarixiy mavzuda kartina, peyzaj, por-tretlar yaratdilar. Santo-Domingoda 
birinchi badiiy maktabga asos solingach (1908), yosh rassomlar yetishib chika boshladi. 
Zamonaviy rassomchilik Amerika va Yevropa modernistik oqimlari — kubizm (X. M. 
Kolson), abstraksionizm (P. Xyudiseli), syurrealizm (D. Suro) taʼsirida rivojlandi. S. 
Vos-i-Xil, A. Bonilya, X. O. Morellarning realistik asarlari yaratildi. Santo-Domingo 
milliy sanʼat makta-bi, San-Fransisko-de Makoris va San-Xuan nafis sanʼat maktabi, 
Santyago va La-Vega plastik sanʼat maktabi mavjud. 
Rasmiy nomi — Dominika Hamdo‘stligi. Poytaxti — Rozo. Hududi — 754 km2. Aholisi 
– 100 mingdan kishi (2012). Davlat tili — ingliz. Dini — katoliklar (80%), protestantlar 
(15%). Pul birligi — sharqiy karib dollari. 
Geografik joylashuvi va tabiati. Karib havzasida, Kichik Antil orollarining Dominika 
orolida joylashgan orol davlat. Maydoni tog‘liklardan iborat. Eng baland nuqtasi 
D’yabloten vulqoni (1447 m). Iqlimi — tropik. Tog‘ yonbag‘irlari tropik o‘rmonlar bilan 
qoplangan. Hayvonot dunyosi asosan qushlardan iborat. 
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — parlament respublikasi. Mamiakat 
10 ta prixoddan iborat. Bular: Sent-Ann, Sent-David, Sent- Jorj, Sent-Jon, Sent-Jozef, 
Sent-Lyuk, Sent-Mark, Sent-Patrik, Sent-Piter, Sent-Pol. Dominika 1978-yil 3-noyabrda 
Buyuk Britaniyadan mustaqilligini e’lon qilgan. Ijroiya hokimiyat — prezident va Bosh 
vazirga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organi bir palatali parlament — Vakillar Palatasi. 
Asosiy siyosiy partiyalari: Dominika Ozodligi partiyasi, Dominika Birlashgan 
Mehnatkashlari partiyasi, Dominika Leyboristlar partiyasi. 
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamiakat xalq xo‘jaligining asosini qishloq 
xo’jaligi tashkil etadi. Sanoat asosan mayda korxonalardan iborat. Qishloq xo‘jaligi banan, 
mango, kokos yong‘og‘i va sitrus mevalarni yetishtirib beradi. Asosiy savdo hamkorlari: 
Buyuk Britaniya, AQSH va Karib havzasi davlatlari. 
Santo Domingo Amerikaning eng qadimgi shahri. Bu Yangi Dunyoni zabt etish tarixi 
bilan uzviy bog'liqdir. Bu erda buyuk kashfiyotchi Kristofer Kolumb o'zining so'nggi 
panohini topdi - uning qoldiqlari Karib dengizi sohilidagi ulkan dengiz chiroqida 
joylashgan. Santo Domingoda Amerika zaminidagi birinchi asfaltlangan yo'llar, 
universitet va xristianlar sobori paydo bo'lgan deb ishoniladi. 
Odamlar bu erga mustamlakachilik madaniyati bilan tanishish uchun kelishadi - mahalliy 
me'morchilik Uyg'onish, arab, gotika va roman uslublarining xususiyatlarini saqlab 
qolgan. Bu erda Evropa, Afrika va tub amerikaliklarning urf-odatlari aralashgan joy. 
Yorqin, shovqinli, manzarali Santo Domingo mehmonlarini tropik go'zalliklardan 
bahramand bo'lishga, tarix sirlarini o'rganishga va Karib havzasida hayot kechirishga 
taklif qiladi. 
30% gacha bo'lgan bolalar uchun chegirmalar. Kitob berishga shoshiling! 
Ekskursiyalarni sotib olish. Moskvadan jo'nab ketish - hozirda chegirmaga ega bo'ling. 



Download 422.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling