Mineral o'g'itlar. Kimyoviy ahamiyati


Download 0.6 Mb.
bet2/6
Sana25.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1399302
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ne\'matov mineral o\'g\'itlar

Fosforli o'g'itlar.
Tarkibida fosfor boʻlgan mineral va organik moddalar; oʻsimliklarning fosfor bilan oziklanishini yaxshilash uchun ishlatiladi. Oʻsimliklar oʻzlashtirgan fosforning tuprokdagi jamgʻarmasini toʻldirishning birdanbir manbaidir.
Qishloq xoʻjaligida quyidagi fosforli oʻgʻitlar ishlatiladi:
1. Fosforit talqoni Ca3(PO4)2
Fosforning tabiiy birikmasi fosforitning boyitilgan kukuni. Fosforit talqoni suvda juda oz eriydi. Shuning uchun kislotali muhitdagi tuproqlarga solinadi. Bu oʻgʻit eng arzon fosforli mineral oʻgʻit boʻlganligi uchungina boʻz va torfli tuproqlarda oʻsadigan oʻsimliklarga solish uchun ishlatiladi.
2. Oddiy superfosfat Ca(H2PO4)2+CaSO4×2H2O
Appatit yoki fosforitga sulfat kislota taʻsir ettirish yoʻli bilan olinadi:
Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 = Ca(H2PO4)2 + CaSO4
Bu fosforli mineral oʻgʻit suvda eriydi, shuning uchun ham har qanday muhitdagi tuproqlarda oʻsadigan oʻsimliklar uchun qoʻllash mumkin.
3. Qoʻsh superfosfat Ca(H2PO4)2
Bu oʻgʻit konsentrlangan mineral oʻgʻit hisoblanadi. Suvda yaxshi eriydi. Qoʻsh superfosfatda 40 – 50 % P2O5 boʻladi.
Ca3(PO4)2 + 4H3PO4 = 3Ca(H2PO4)2
4. Pretsipitat CaHPO4×2H2O.
Pretsipitat ham konsentrlangan mineral oʻgʻit boʻlib, suvda oz eriydi.
Pretsipitatlarda 30 – 35 % P2O5 boʻladi.
Ca(OH)2 + 2H2O = CaHPO4 + 2H2O
CaCO3 + 2H2O = CaHPO4 + 2H2O + 2CO2
5. Ammofos Ca(H2PO4)2, (NH4)2HPO4 va NH4H2PO4 lar aralashmasi. Bu oʻgʻit kompleks oʻgʻitlarga kirib, tarkibida azot va fosfor tutadi. Suvda yaxshi eriydi. Fosforli mineral oʻgʻitlar ichida eng koʻp ishlatiladi. Fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi ozuqa elementi P2O5 koʻrinishida boʻladi.
6. Fosforbakterin – bakterial oʻgʻit.
Tarkibida fosfor organik birikmalarni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklga oʻtkazish qobiliyatiga ega boʻlgan mikroorganizmlar sporasi bor. Fosforbakterin yuqtirilgan urugʻlik bilan tuproqqa kirgan bakteriyalar oʻsimliklarning ildiz atrofida rivojlanadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling