Minerallarning erish haroratlari Reja
Download 40.55 Kb.
|
Minerallarning erish haroratlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.Sulfatlar sinfiga
- 7. Silikatlar sinfiga
- SOF TUG`MA ELEMENTLAR VA INTERMETALL BIRIKMALAR
5. Karbonatlar sinfiga kiruvchi minerallar tabiatda keng tarqalgan. Bularga kalsit –CaCO3 , magnezit – MgCO3, siderit – FeCO3 , smitsonit – ZnCO3, rodoxrozit – MnCO3, serussit – PbCO3, malaxit – Cu2 [CO3 ] (OH)2 , azurit – Cu3 [CO3 ]2 (OH)2 suvli karbonatlarga soda – NaCO3 10 H2 O kiradi.
6.Sulfatlar sinfiga oid minerallar juda ko`p va xilma xil birikmalar hosil qilsa-da, yer qobig`ida keng tarqalgani kam. Sulfatlar: barit – BaSO4, tselestin – SrSO4, anglezit –PbSO4, angidrit-CaSO4, gips – CaSO4 2H2O, mirabilit - Na SO4 10 H2 O va boshqalar. 7. Silikatlar sinfiga juda ko`p minerallar kiradi. Bizga ma`lum minerallarning 1G`3 qismini tashkil etadi. Bu guruhga kiruvchi minerallar barcha tog` jinslarining asosiy qismini tashkil etadi va jins hosil qiluvchi minerallar deb ataladi. Shuning uchun ham ular sinchkovlik bilan batafsil o`rganilgan. Rentgen yordami bilan o`tkazilgan tekshirishlar (kristallokimyoviy kuzatishlar) tufayli silikatlarning ichki tuzilishi ularning kimyoviy tarkibi bilan uzviy bog`liqdir, shu bilan birga minerallarning muhim fizik xususiyatlarini, hatto ma`lum darajada genezisini (hosil bo`lishini) aks ettira oladi. Silikatlarning tuzilishini rentgenoskopik yo`l bilan tekshirish natijasida ular quyidagi sinflarga bo`linadi: orolsimon, zanjirsimon, lentasimon, varaqsimon va karkassimon silikatlar.
Sof tug`ma elementlarning kristall strukturasi juda xilma-xil. Atomlari orasidagi bog`lanish o`ta kuchli. Ushbu guruhga kiradigan metallar elektrni va issiqlikni yaxshi o`tkazadi. Yana bir xususiyatlari ularni jilolaganda yuzasi kuchli yaltiraydi va yuqori darajada nur qaytarish xususiyatga ega bo`ladi. Bu guruhga kirgan platinoidlar va oltinlarning solishtirma og`irligi barcha ma`lum minerallar solishtirma og`irligidan juda katta. Bu guruhga kiruvchi metallarning yana bir xususiyati ularning pachaqlanuvchiligi va egiluvchanligidir.
Download 40.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling