Minerallarning kimyoviy tasnifi. (Sulfidlar, Oksidlar, Gidroksidlar, Sulfatlar, Korbonatlar va X k)
Download 64.28 Kb.
|
Minerallarning kimyoviy tasnifi
Olmosning rangi, shaffofligi turlicha: rangsiz, shaffof, oq, havorang, yashil, sarg`ish, jigarrang, qizg`ish, to`q kulrang, ba`zan qora. Olmosning ichki tuzilishi uning hosil bo`lish sharoiti haqida qo`shimcha ma`lumot beradi. Masalan, yuqori haroratda yuzaga kelgan olmos - oktaedr qiyofasida, rangsiz bo`ladi, haroratning asta-sekin pasayishi natijasida uning shakli rombododekaedrdan kub shakliga qarab o`zgaradi va rangi quyuqlashib qora bo`ladi. Olmosning qattiqligi 10. Mutloq qattiqligi kvars qattiqligidan ming marta, korund qattiqligidan 150 marta ortiq. Olmos mo`rt bo`lib, ulanish tekisligi (III) bo`yicha o`rtacha mukammal. Solishtirma og`irligi - 3,4-3,5, kuchsiz elektr o`tkazuvchan. Tabiatda olmosning o`ta sifatli, chiroyli xillari bilan birga yomon xillari uchraydi: 1)Bort shaklsiz, darzliklardan tashkil topgan, mayda qo`shimtalarga boy. 2)Ballas - shulasimon, sharsimon mayda zarrali turi. 3)Karbonado - zich kristalli, qora rangli ba`zan mayin, g`ovak donali agregatlardan iborat. 4-rasm. Olmos. Olmosning tub konlari genetik jihatdan alpinotipli-o`taasos jinslar-dunit, kimber-lit va peridotitli magmatik jinslar bilan uzviy bog`liq. Dunyodagi eng yirik konlari kimberlitli magmaning yer yuziga yaqinlashgandagi kuchli portlashi natijasida sodir bo`ladi (J.Afrika, Tanzaniya, Zoir, Angola, Botsvana va boshqalar). Bularda olmos, olivin, xromshpinelid, xromdiopsid, pirop, ilmenitlar bilan birga uchraydi va ular olmos uchun mansub mineral hisoblanib, olmos to`g`risida qo`shimcha habar beradi. E`tiborli tomoni kimberlitlardagi eklogit ksenolitlardagi olmosning uchrashi, olmos kristallariga qo`shilib ketgan minerallardan granat, xromga to`yingan piroksen (enstatit), olivinlar olmos konini izlashda darakchi hisoblanadi. Laboratoriya usulida olingan eksperimentlarning natijasiga binoan olmos konlari yuqori mantiyaning 100-200 km chuqurlikda yuqori bosim 5-9 KB, kuchli harorat 1470-1970oda kimberlitli va eklogitli magmalarning kristallanishidan hosil bo`ladi. Bulardan tashqari ayrim olmos donalari serpentinitlashgan garsburgitlarda va lersolitlarda (Rossiyaning Karyak tog`larida hamda Kamchatkadagi dunit-piroksen formatsiyalarida aniqlangan. Hozirgi vaqtda laboratoriya usulida sun`iy olmos olish bo`yicha yaxshi natijalarga erishilmoqda. 1953 yili shved mutaxassislari birinchi marta sun`iy olmosni laboratoriyada 3270oli haroratda va 10 KB bosimda olishga muvofiq bo`lishgan. Keyingi yillarda ko`p mamlakatlar sun`iy olmos olishni tezlashtirdi va oqibatda olmos olish uchun harorat 1470-1770o atrofidaligi aniqlandi. Sun`iy olmos olishda grafit ishlatilmasdan oddiy ko`mirdan foydalanishgan. Olmosning aksariyat qismi cho`kindi - sochma jinslardan ajratib olinadi - Zoir, Angola, Syerra Leoneda mamlakatlari misolida. Dunyo bo`yicha qazib olinadigan olmosning 75-95% sochma konlar hisobidan olinmoqda. Olmosning mutloq shaffof xili qimmatbaho - brilliantlar tayyorlashda ishlatiladi. Texnik maqsadlarda esa olmosning mayda xillari va sifati zaiflari ishlatib kelinmoqda. Tabiatda oltingugurtning birnecha polimorf modifikatsiyasi ma`lum. Bulardan biri rombik tuzilishga ega ?- oltingugurt sof holda uchraydi. Uni oddiy sharoitda 96,5odan yuqoriroq haroratda qizitilsa, unda u monoklinal singoniyali ?- oltingugurtga aylanadi, sovitilsa, avvalgi hollariga keladi. Oltingugurt - S. Ko`pincha toza holda bo`ladi, ammo ba`zan- gil, yoki organik moddalar, neft tomchilari, gaz va boshqalar bilan mexanik aralashma holda bo`ladi. Ayrimda oltingugurt tarkibida 5% selen bo`lishi mumkin. Rombik singoniyali, ayrimda rombodipiramidal shakllarda uchraydi. Oltingugurt yaxlit, tuproqsimon massalar holda topiladi. Buyraksimon, oqiq - tomma shakllarda bo`ladi. Rangi -to`q sariq, limon-sariq, asal-sariq, sariq, kulrang-sariq, qo`ng`ir va qora. Kristallari olmosdek, ba`zan yog`langandek yaltiraydi. Toza kristali nurni yaxshi o`tkazadi. Oltingugurtning qattiqligi - 1-2, ancha mo`rt, ulanish tekisligi mukammal, solishtirma og`irligi 2,05-2,08. U elektr va issiqlikni yomon o`tkazadi (yaxshi izolyator). Oltingugurtni boshqa o`ziga o`xshash minerallardan ajratish belgilari - rangi, kichik qattiqligi, mo`rtligi yaltirashi va boshqalar. Sof tug`ma oltingugurt yer po`stining ustki qismida joylashgan. Oltingugurt turli yo`llar bilan yuzaga keladi: 1) vulqon harakatida qator gazlar bilan oltingugurt havoga uchadi, ba`zilari vulqon mo`rilari, jins yoriqlarida yopishib qotadi. Hozirgi vaqtda vulqonli mamlakatlarda Rossiya (Kamchatka, Kuril orollari), Yaponiya, Italiyaning vulqonlar uchraydigan joylarida solfator manbalarida erigan holda chiqadi va soylar va jarliklarda oqimlar ko`rinishida qotadi; 2) ma`dan konlari oksidlanish zonalarining ostki qismida sulfidlarning, ayniqsa, piritning parchalanishidan paydo bo`ladi; 3) cho`kindi gips qatlamlarining parchalanishidan ham hosil bo`ladi. Oltingugurt sanoatning turli tarmoqlarida zarur element hisoblanadi. U turli kislotalar tayyorlashda rezina, bo`yoq, gugurt, mushaklar va ayniqsa qishloq xo`jaligi zarar kunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi. Download 64.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling