Sulfidlar.
Sfalerit (rux aldamchisi) ZnS – ko’pchilik xollarda kurtaksimon rivojlangan, yaxlit massali yaxshi shakllangan tetraedrik kristall shaklda uchraydi. Qattiqligi 3,5–4; zichligi 3,9-4,2 gG`sm3; odatda qo’ng’ir yoki mallarangda bo’ladi, ayrim xollarda qora kamdan–kam sariq, qizil, yashilsimon yoki rangsiz bo’lishi mumkin. Sariq yoki xar xil qo’ng’ir rangda jilovlanadi. Yaltiroqligi–olmosdek. Yoki shafaqsimon ulashish tekisligi juda mukammal o’zidan oltingugurt ajratib azot kislotasining kontsentratsiyasida eriydi. Asosan galenit bilan birga uchraydigan gidrotermal konlari mavjud. Rux olishdagi asosiy ruda hisoblinadi.
PIRIT FlS2 – ko’pchilik xollarda yaxlit massali, kirralari yaxlit rivojlangan kubik kristall xolida uchraydi. Qattiqligi 6-6,5, zichligi 4,9-5,2 gG`sm3, rangi samondek sariq, ayrim xollarda ola–bula va qo’ng’ir rangda taraladi, chegarasi qo’ng’ir qora; metaldek yaltiroq, ulanish tekisligi juda nomukammal. Sulfidlarning ichida yer yuzasida eng ko’p tarqalgan va xar xil sharoitda hosil bo’ladi. Sulfat kislotasi olishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |