Fosfatlar
Apatit Sa5{PO4}3, {F,Cl}.Geksogonal singoniyali. Rangsiz, oq, yashil, havo rang, sariq, qo’ng’ir rang, siyoxrang, yaltiroqligi shishadek sinish tekisligi yog’simon. Qattiqligi 5,0, zichligi 3,2 gg`sm3 ulanish tekisligi nomukammal, sinish tekisligi notekis. Gidrotermal konlarda va va chiqindi jinslarda kuzatiladi. QishloQ xo’jaligida gugurt ishlab chiqarishda, keramika sanoatida ishlatiladi.
Silikatlar.
A.YE. Fersmanning hisob kitobiga qaraganda silikatlar barcha ma'lum bo’lgan minerallarning 1G`3 qismini, yer qobig’i massasining 75 foizini tashkil qilar ekan.
Tsirkon. Zr(SiO4). Kristallari tetrogonal singoniyali, qattikligi 7-8, zichligi 4,7 gG`sm3. Rangsiz yoki sariq, pushtirang, qo’ng’irrang, qizil, yashil, siyoxrangda bo’lishi mumkin. Metallurgiyada qimmatbaxo o’tga chidamli material sifatida, farfor sanotida, emalli idishlar ishlab chiqarishda, yuviler sanoatida ishlatiladi. Ulanish tekisligi mukammal.
O’zlashtirish savollari
Minerallar qaysi xususiyatlariga ko’ra tasniflanadi?
Minerallar strukturasi deganda nima tushuniladi?
Minerallarga tarif berishda qaysi belgilariga asosiy e'tibor beriladi?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Islomov O.I. “Umumiy geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil.
2. Shoraxmedov SH.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” «O’qituvchi» 1989 yil.
3. Qurbonov A.S. “Geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil.
4. Bitextin. “Mineralogiya”
Do'stlaringiz bilan baham: |