IV. Laboratoriya ishlari bo'yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Laboratoriya ishlarida talabalar mineralogiya tahlillash bo'yicha amaliy ko'nikma va tajriba paydo qiladi, laboratoriya mashg'ulotlarida laboratoriya ishlarini bajarish bilan ham mustahkamlaydi hamda shu asnoda boyitadi. O'qituvchining mavzuga aloqador savolnomasina javob bergan talaba amaliy jihatdan laboratoriya mashg'ulotlarini o'zlashtirgan hisoblanadi va laboratoriya ishlarini bajarishga qo'yiladi. laboratoriya ishlarini o'qituvchi nazoratida bajaradi va hisobotni rasmiylashtirib fan o'qituvchisiga topshiradi.
Laboratoriya mashg'ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Kristall tomonlari burchaklarining doimiylik qonuni
Kristallangan fazalarning hosil bo‘lishi va o‘sishi
Minerallarning erishi va parchalanishi
Minerallarning tekshirish usullari
Minerallarning tipomorf belgilar
Gillarning qayta kristallanishi
Kristallangan fazalarning hosil bo‘lishi va o‘sishi
Mustaqil ishlar
Kurs bo'yicha mustaqil ish talabalarga avvaldan berib qo'yilgan mavzular bo'yicha kurs ishi, referat, amaliy masalalar va laboratoriya ishlari bo'yicha tariflama (opisanie), slaydlar tayyorlash, tablitsalar to'ldirish, qo'shimcha ma’lumotlar to'plash orqali amalga oshiriladi.
Mustaqil ish uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Silikat va elektron sanoatining mineral xom-ashyo bazasi
Kristallarning ulanishi. qushaloqliliklar. Turli singoniyalarda qushaloqlilik qonuniyatlari
Strukturaviy kristallografiyada rentgen-strukturaviy taxlilini qo'llanishi
Polimorfizm va izomorfizm. Izomorfizmning asosiy qoidalari.
Metall qotishmalari va silikatlarning kristallik shakllantirishidagi roli
Minerallarning agregatlari druzalari, sferolitlari, shakllari va boshqalar. Ikkilamchi qo'shaloqlilik
Tog' jinslarini silikat materiallar ishlab chiqarishda ishlatilishi
Kvarts, kaltsit, magnezit, bura, dolomit, kaolin, soda, potash, porfir, perlit, talk va boshqa shisha sohasida qo'llanadigan minerallarning paydo bo'lishi. Silikat buyumlarining mustaxkamligini oshirish
Keramika va shisha materiallari ishlab chiqarishda qo'llaniladigan muxim silikatlar
O'tkazgich, yarim o'tkazgich, dielektrik, o'ziga xos tuzilishi.
Anion radikallar SiO4, Si2O7, SimO3m, SiO3, Si4O11, Si6O17, Si2O5, AlmSi n-mO2n.
Texnikada ishlatiladigan muxim metallar va qotishmalar
Silikatlarda va metallarda izomorfizm. Izomorfizm bo'yicha tuzilish va xossalarni boshqarish
Kristallografik tushunchaning moxiyati. Simmetriya o'qi,tekisligi va markazi
Kristallarning sodda shakl - rombik prizma, trigonal piramida, tetragonal dipiramida, geksagonal prizma, geksazdr, oktazdr, rombododekedr va boshqalarning tuzilishi o'rganish.
Jins hosil qiluvchi minerallarning hossalari tavsifini tuzish
Eslatma: fan uchun ishchi o’quv dasturini tuzish jarayonida ushbu mavzular ro'yxatidan mustaqil ta'lim uchun ajratilgan soat hajmiga mos holda mavzular tanlab olinadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |