Mineralogiya


Mineral individlarining va agregatlarining morfologiyasi


Download 1.54 Mb.
bet8/78
Sana20.10.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1713089
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
Bog'liq
Mineralogiya

Mineral individlarining va agregatlarining morfologiyasi. Ba`zi mineral-lar agregatlarinig shakli shu minerallarning muhim alomatlaridir. Agregatlarning quyidagicha shakllari bo`ladi: donador-kristallik (1) - bir yoki bir necha minerallarning kristall donalari bir-biriga tartibsiz suratda yopishib borishidan hosil bo`ladi; konkretsiya (2) - sharsimon yoki to`g`ri bo`lmagan sferik tugunchalardan iborat bo`lib, sochiluvchan cho`kindi jinslaridan yuzaga keladi; dendritlar (3) - shoxlab ketgan daraxtga o`xshash shakl (sof kumush); oolitlar, no`xotsimon, ikrasimon (4) - diametri bir necha millimetrdan 2-3 sm gacha bo`lgan konsentrik puchoqsimon tuzilishdagi dumaloqlangan minerallar (aragonit); druzalar (5) - biror yuzadan o`sib chiqqan yirik kristallar to`dasi (tog` xrustali); stalaktit va stalagmitlar (6) - mineral mahsulotlarning oqiq-tomma shakllari, kolloidlar-gillar hisobiga yuzaga keladi (ohaktosh).
Ko`pgina minerallarni hosil qiladigan kristallarning shakli shu minerallarga xos va muhim alomatdir. Uning bu shakli o`sha moddaning kimyoviy tarkibiga hamda mineralning qanday sharoitda vujudga kelganiga tamomila bog`liq. Kristallarni chegaralovchi tekisliklari tomon deb, tomonlarning kesishgan chizig`i qirra deb, qirralarning kesishgan nuqtasi cho`qqi deb ataladi. Kristallarning to`g`ri shaklda bo`la olishi ularni tashkil qiluvchi zarralarning (atom, ion, molekulalarning) ma`lum qonuniyatga muvofiq joylashishiga bog`liqdir. Amorf moddalarda (nokristall moddalar) bu zarralar tartibsiz holatda joylashgan bo`ladi. Demak, ko`pchilik minerallar kristallanadi va geometrik shaklga ega bo`ladi.
Kristallar kub, oktaedr, rombododekaedr, turli prizmalar, piramidalar shaklida bo`lishi mumkin. Ba`zi kristallar ko`pyoqli juda murakkab, lekin ma`lum mineralga xos shaklda bo`ladi.
Kristallar faqat mikroskopda ko`rib bo`ladigan darajada juda mayda hamda benihoya katta bo`lishi mumkin.
Kristallar kamdan-kam hollardagina yakka tartibda uchraydi. Ular ko`pincha qo`shaloq kristallar ko`rinishda bo`ladi. Qo`shaloq kristallar-ortoklaz, albit, qalayi tosh, kinovar, gips va boshqalar ko`pincha to`g`ri o`sgan, tashqi ko`rinishidan yakka-yakka bo`lib ko`ringan kristallar haqiqatda qo`shaloqligini ba`zan uning tomonlaridagi o`ziga xos choklardan bilish mumkin. Kristall tomonlarida ba`zan turli chiziq va rasmlar bo`ladi. Bular kristallarning o`sishi yoki uning tabiiy sabablar ta`siri ostida erishi natijasida paydo bo`ladi.
Kristallar quyidagi singoniyalarda kristallanadi; triklin (trik.), monoklin (mon.), rombik (rom.), trigonal (trig.), tetragonal (tet.), geksagonal (gek.), kubik (kub.),


Ulanish yuzasi - bu minerallarning zarb ta`siridan ma`lum bir kristallografik yo`nalishi bo`yicha tekis yuza hosil qilib ajralishi xususiyatidir. Ulanish yuzasi o`ta mukammal (sludalar), mukammal (dala shpatlari, kalsit, piroksen va amfibollar), ulanish yuzasi nomukammal, ya`ni u juda xilma-xil yo`nalishlarda sinadi (apatit, olivin, berill).


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling