Ming ajoyibotlar mamlakati
Download 0.95 Mb.
|
Hindiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
- 5. O’quvchilarni baholash va uyga vazifa berish
Rajputlar hayoti
Rajputlar (“podsholar o‘g‘illari”) O‘rta Osiyodan kelgan ko‘chmanchi eftaliylar va mahalliy zodagon gujarotlarning avlodlari bo‘lishgan. Ularning aksari Rajputanda (hozirgi Rojaston) yashaganlar. Talaygina hind knyazlari ham o‘zlarining ularga mansubligini ta’kidlashgan. Bu hind ritsarlari dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlar mehnatini mensimaganlar. Ular faqat ov va harbiy ish bilan shug‘ullanganlar, bu ishlarni kichik yoshlaridan o‘zlashtirganlar. Ular yevropalik ritsarlar singari tanalarini po‘lat zirxlarga o‘ramasdan, faqat yengil sovut kiygan-lar. O‘tochar qurollarni qo‘rqoqlar quroli hisoblab, faqat qilich, nayza, xanjarlar bilan jang qilganlar. Dushman bilan yakka jang qilib, mardonavor kurashganlar. Rajputlar boshqa toifa va kastalardan o‘zlarini ustun qo‘yishgan. Ularda o‘z or-nomus qoidalari shakllanib, u hayotdan yuqori qo‘yilgan. Or-nomus qoidalari rajputni o‘z sardoriga sadoqatli, jasur, saxiy va axloqli bo‘lishini talab etgan. Rajputlar qo‘rqoqning jasadiga kalxat ham qaramaydi, deb hisoblashgan. Ularning ayollari ham jasurlik timsoli sanalganlar. G‘arbiy Yevropa ritsarlaridan farqli o‘laroq, rajputlarning aksari madaniyatli va ta’lim olgan bo‘lishgan. 4. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha to’ldirish uchun klaster shaklidagi jadvallar tarqatiladi. O’quvchilar 3 ta guruhga bo’lingan holda topshiriqni bajarishadi. 1-guruh kasta-varna tizimi haqida, 2-guruh Xarsha imperiyasi haqida, 3-guruh Yer egaligi munosabatlari haqida berilgan jadvalli topshiriqni bajaradilar. 5. O’quvchilarni baholash va uyga vazifa berish: O’quvchilarda yuzaga kelgan savollarga javob berib,baholar e’lon qilinadi. O’quvchilarga uyga vazifa beriladi. Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash , yangi mavzuni o’rganib kelish va mavzu yuzasidan qo’shimcha ma’lumotlar to’plash vazifa qilib beriladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling